14-mavzu: shaxsning hissiy-irodaviy sohasi reja. Emotsiya haqida tushuncha Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari
Download 33.75 Kb.
|
12.Shaxsning xissiy irodaviy soxasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo’yicha)
- 6. Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari
- Nazorat savollari
Jems Lange nazariyasi
Emotsiogen stimulni idrok qilinishi Organizmning nerv-muskul reaksiyasi Organizmlardan keladigan impulslarni qayta ishlash Subyektda emotsiyalarning paydo bo'lishi Kennona-Bard nazariyasi Emotsiogen stimulni idrok qilinishi MNS bir vaqtda yuzaga keladigan impulslar qayta ishlashi Subyektning emotsional holatlarining paydo bo'lishi Organizmni nerv-muskul reaksiyalarining paydo bo'lishi 5. Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo’yicha) S.Shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo’ladigan emotsional holat qabul qilinadigan rag’batlar va yuzaga keladigan jismoniy o’zgarishlar bilan birga insonning o’tmish tajribasi va uning vaziyatni subyektiv baholashi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida shakllanadi. Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V.Simonovning hissiyotlar axborot beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug’ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.V.Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = E (M-A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o’ziga xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A – ayni paytda insonda mavjud bo’lgan tegishli axborot. Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar mavjud bo’lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to’la imkoniyatga ega bo’lgan holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining subyektiv baholanishi yuqori bo’lsa, ijobiy hislar namoyon bo’ladi. Salbiy hislar esa subyekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi. Miya po’stlog’i emotsional holatlarni boshqarishda o’ta muhim o’rin tutadi. I.P.Pavlov tomonidan aynan, miya po’stlog’ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o’z nazorati ostida ushlab turishi, po’stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko’rsatishi, ularni boshqarishi ko’rsatib o’tilgan. Yuqorida bayon etilganlarning tasdig’i sifatida subyektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o’rtasida keskin farqlar kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po’stlog’i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko’z yoshlarga sabab bo’lishi mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o’zlarini qayg’uli, yig’lab turib esa, ba’zan xursandchilik sezadilar. Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega, chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so’zlar, fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o’qib chiqilgan hikoya, tomosha qilingan film mos bo’lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, axloqiy, estetik yuksak insoniy hissiyotlarning fiziologik asosi bo’lib sanaladi. Xulosa o’rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o’tish zarur, bular: 1) subyektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan va xayoldagi fikrlar yig’indisi, 4) o’ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan hissiyotli reaksiyalar: salbiy hissiyotda atrofdagi voqealarga nisbatan munosabatingiz ham salbiy bo’ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan harakatlarga moyillik. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga nisbatan yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o’rganishga qaratilgan tadqiqotlar hozirda ham o’tkazilib kelinmoqda. Hozirda to’plangan tajribaviy va nazariy material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir tomondan, hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, inson qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi subyektiv omillar hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida paydo bo’ladi, bu esa inson moslashishi va xulq-atvorining boshqarish mexanizmlari ifodasining xuddi o’zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari yig’indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual sifatni tashkil etadi. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo’lgan turli xil sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va sifati turlicha bo’lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin. Shaxsning xususiyatlariga ta’rif berish ko’p holatlarda ushbu odamning nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag’rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi va qayg’urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari predmeti, ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va bu bilan uning individualligini ochib beradi. S.L.Rubinshteynning yozishicha, shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa odamlarga munosabatlarining barcha o’ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va sezgilarning kamalak rangida namoyon bo’ladi va aks etadi. Emotsionallik tug’ma bo’ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi obyektlarni kiritish, shaxs sezgilarini ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog’liq. Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo’lgan izchillik mavjud. Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o’tish shaxsning har tomonlama rivojlanishi bilan bog’liq. Hissiyotlar odam energiyasini to’plovchi faoliyatga nisbatan kuchli rag’bat bo’lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda yo’naltirishdir. Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir ko’rsatish malakasiga ega bo’lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar ko’p hollarda yuqori emotsional zo’riqish vaziyatlarida, o’ta toliqqan holatlarda, frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko’ngilgidek yurishmaganida, hayotiy muhim rejalar barbod bo’lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish lozim. 6. Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi yoki mahsuli bo’lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir. O’zgarishlar o’z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining jadallashi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo bo’lishiga yoki yo’qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. His-tuyg’ular uchun eng xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli reflekslar xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari po’stida yuzaga keladi hamda shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz reflekslar esa: 1) yarim sharlarning po’stloqosti bo’shliqlari; 2) miya stvoliga tegishli ko’rish tepachalari (do’ngliklari); 3) nerv qo’zg’alishlarini miyaning yuqori bo’limlaridan vegetativ tizimiga o’tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi. Shaxsda his-tuyg’ularning kechishi hamisha miya po’sti bilan po’stloqosti markazlarining birlikdagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida ro’yobga chiqadi Shaxs ruhiy olamida, uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir bo’layotgan o’zgarishlar (xoh tabiiy, xoh subyektiv bo’lishidan qat’iy nazar) kechinmalar subyekti (inson) uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy holatlarning mazmuni shunchali purma’no bo’ladi. Buning ta’sirida yuzaga keladigan muvaqqat bog’lanishlar tizimining qayta qurilishi qo’zg’alish jarayonini hosil qiladi. Mazkur jarayon miya katta yarim sharlari po’stida tarqalib, so’ng po’stloqosti markazlarini egallab oladi. Katta yarim sharlar po’stidan pastda turuvchi miya bo’limlarida organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari (nafas olish, ovqat hazm qilish va hokazo) joylashgan. Shu sababdan po’stloqosti markazlarining qo’zg’alishi ba’zi ichki a’zolar faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Jumladan, nafas olish ritmikasining o’zgarishi (hayajonlanganda bo’g’ilib qolishni, og’ir va tartibsiz nafas olishni yuzaga keltiradi), yurak faoliyatining buzilishi (yurak urishini tezlashtiradi), organizmni qon bilan ta’minlash izdan chiqishi (uyalgandan qizarishni, qo’rqqandan oqarishni keltirib chiqaradi, ichki sekretsiya bezlari ishining nuqsonlari ko’z yoshining oqizadi, hayajonlanganda og’izini quritadi, qo’rqqanda “sovuq” ter chiqaradi va hokazo.) Ilmiy manbalarda talqin qilinishicha, miya katta yarim sharlarining po’sti mo’tadil sharoitida po’stloqosti markazlariga boshqaruv va tormozlov yo’sinida ta’sir ko’rsatadi hamda hissiyotining tashqarida ifodalanishiga yo’q qo’ymaydi. Miya po’sti kuchli darajada qo’zg’alsa, uning ta’sirida boshqaruvchanlik funksiyasi buziladi. Shaxs qattiq charchasa yoki kuchli mast bo’lsa, irradiatsiya oqibatida po’stloqosti markazlari ham qo’zg’aladi, natijada harakatni nazorat qilishi yo’qoladi. Miya faoliyatining elektrofiziologik tadqiqotlari emotsiyalarning paydo bo’lishida gipotalamolimbik (yunoncha - bosh miya bo’limi nomi) tizimi va retikulyar formatsiya (lotincha - to’rsimon, bog’lam ma’nosini anglatadi)ning roli ko’rsatib o’tilgan. Ma’lumotlarda ko’rsatilishicha, emotsional holatlarning fiziologik mohiyati katta yarim sharlar po’stining va po’stloqosti tizimi markazlarining funksiyasigina emas, balki ular: a) miya mexanizimlari faoliyatini faollashtiruvchi retikulyar formatsiyaning, b) miyaning, talamus (ko’rish do’ngliklari)ning, gipotalamusning (do’nglikosti qismining), v) yarim sharlar yangi po’stlog’i orasidagi limbik sistemaning funksiyalaridir. Emotsional holatlar uchun po’stloqosti tugunchalarining tarkibiga kiruvchi (miya katta yarim sharlarining oq moddasi bilan birlashuvi kulrang modda yig’indisi) markazlar ham muhim ahamiyatga ega. Agarda miya katta yarim sharlari po’stlog’i harakatlarini birlashtirib, sezgilarni va sa’y-harakatlarni nozik ifoda qilib tursa, miya formatsiyalari tashqi hamda ichki muhitda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga organizmning javob reaksiyalarini boshqaradi. Ma’lumotlarga qaraganda, miya katta yarim sharlari po’stlog’i shikastlansa, tashqi olamdan hamda ichki organlardan keladigan qo’zg’ovchilarning nozik tahlil qilinishi zaiflansa ham emotsional holatlar saqlanib qolaveradi. Masalan, hayvonlar limbik tizimga, do’ngosti (gipotalamus) qismiga, ko’rish tepaliklariga yo’nalgan elektr qo’zg’atuvchilarga, retikulyar formatsiyasining qo’zg’alishlariga xursandlik yoki diqqinafaslik, darg’azablik yoki qo’rqoqlik, lazzatlanish yoki azoblanish, rohatlanish yoki ko’ngilxijillik sifatida javob reaksiyasi hosil bo’ladi. Psixofiziolog olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, miyaning muayyan joylaridan elektrod yordamida biotoklarni yozib olishning ko’rsatishicha, sut emizuvchilarning gipotalamuslarida ham “rohatlanish”, ham “azoblanish” markazlari mavjud ekan. Tajribada “rohatlanish” markazi qo’zg’atilganda yoqimli hislar uyg’ongan, elektr toki bilan “azoblanish” markazi qo’zg’atilganda esa hayvonlar qaltirab, o’zini har tomonga tashlagan. Keyinchalik sut emizuvchilar azoblantiruvchi emotsiyadan qochishga harakat qilganlar. Yuqorida ta’kidlanganidek, ijobiy va salbiy his-tuyg’ularning shunga o’xshash markazlari bosh miyaning boshqa bo’limlarida joylashganligiga qaramay, shartli ravishdagi rohatlanish va azoblanish markazlari ham mavjuddir. Emotsiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko’rsatadilar. Tajribada qo’sh (juft) markazlaridan birida elektrod bilan hosil qilingan qo’zg’alish ehtiyojdan kelib chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emotsiyadan faqat bittasini vujudga keltirgan, xolos. Ba’zida yondosh joylashgan markazlarda qo’zg’alish tarqalgan bo’lsa, u holda ambivalent yoki ikkiyoqlama reaksiya ro’yobga chiqadi. Shartli ravishda nomlangan markazlar (rohatlanish, azoblanish) bir-biriga yaqin joylashishiga qaramasdan, har xil tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, “azoblanish” markazlari miyaning turli bo’limlariga joylashsa-da, lekin ular yagona tizim bilan boshqariladi. Salbiy emotsiyalardan farqli o’laroq ijobiy his-tuyg’ular va “rohatlanish” markazlari bir-birlari bilan jips aloqaga ega emas. Ta’kidlab o’tilgan mulohazalar emotsiyalar juft hamda qarama-qarshi xususiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun har qaysi emotsiya qarama-qarshi turkumiga ega deb qat’iy ishonch bilan aytish mumkin, jumladan, sevgi-nafrat, yoqimli-yoqimsiz, xotirjamlik-bezovtalanish mas’uliyatlik-loqaydlik va boshqalar. I.P.Pavlov, Ch.Sherrington, P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, Y.N.Sokolov, T.V.Simonov, D.Lindsley, R.U.Liper, B.I.Dodonov, U.Jems va boshqalarning tadqiqotlarida ko’rsatilishicha, tahlil qilingan markazlarning qo’zg’atilishi shartli reflekslari hosil qilinishini mustahkamlovchi omil hisoblanadi. Buning natijasida elektr qo’zg’ovchi yordami bilan miya katta yarim sharlarining po’stida bilish jarayonlari va xatti-harakatlar stereotiplarining negizini tashkil qiluvchi muvaqqat bog’lanishlar hosil qilinadi. Shartli reflekslarning so’nishi, tormozlanishi, po’stloqning tanlash (selektiv) tizimi miya stvolining uzunasi bo’yicha tepalik osti va po’stloqosti nerv tugunlaridagi “markazlar”ning faoliyatiga bog’liqdir. I.P.Pavlov o’sha davrdayoq, “dinamik stereotip”ni hosil qilgandan keyin oliy nerv faoliyatida uni buzilish salbiy hissiyotlar kechishi uchun negiz bo’ladi, dinamik stereotipni oldindan tayyorlab, so’ng uni o’zgarishi ijobiy his-tuyg’ularni paydo qiladi, deb qat’iy ishontirgan edi. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, miyaning tepalikosti qismida (gipotalamusda)gi markazlar rohatlanish yoki azoblanish vaziyatlari ko’p marta takrorlansa ham hech o’zgarmasligi mumkin, lekin miya katta yarim sharlari po’stloqosti nerv tugunchalari bo’ylab yoyilgan markazlar qo’zg’atilishi natijasida emotsional reaksiyalar kuchsizlanishi, hatto so’nishi ham kuzatiladi. Bu voqelik shu bilan izohlanadi-ki, aqliy faoliyat va axloqiy kechinmalar emotsional tusi o’zining o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Binobarin, organizmning birlamchi ehtiyojlari yuzasidan signal beruvchi emotsional reaksiyalar takroran qanoatlantirgandan keyin ham so’nmaydi. Shuningdek, organik jarohat tufayli og’riq kamaymaydi, muayyan reaksiyalar o’zgarmaguncha jismoniy mashqdan maroqlanish shaxs ko’ngliga tegmaydi. Buning uchun albatta, salbiy, ijobiy, aralash (ambivalent) signallar insonning hayoti va faoliyatida o’z ahamiyatini yo’qotishi kerak. Turli markazlarni qo’zg’atganda yuzaga keladigan rohatlanish yoki azoblanish emotsiyalarining sifatiga, darajasiga va barqarorligiga asoslangan holda har bir sharoitda hissiy ifodalangan shartli reflektor aloqalar bir marta mustahkamlanganda hosil bo’lishini, boshqa vaziyatda mustahkamlanish uchun ko’p urinishga qaramay aloqani tiklash mushkul ekanligini izohlash mumkin. Bu o’rinda shaxsning barqaror emotsional yo’nalganligi, mayllar mustahkamligi ruhiy hodisasini, uning turmush tarzini, hayotiy ideallarni tushuntirish mumkin. Masalan, mayxo’r (alkogol) yoki narkoman uchun rohatlanish bilan bog’liq xatti-harakat birlamchi bo’lganligi tufayli turli ijtimoiy voqealar (oiladagi judolik, ishxonadagi ko’ngilsizlik, tabiiy ofat va boshqalar) uni bu yo’ldan to’xtatib qololmaydi, lekin muvaqqat holat vujudga kelishi mumkin (aytaylik bir necha daqiqa o’zini tiyib turish), biroq tezda tabiiy ehtiyojga mutelik qilib, “tarki odat - amri mahol” yo’sinda ish tutaveradi. Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insonni keng emotsional sohasini rang-barangligi, ko’pqirraligi haqida hissiy ton (yunoncha, zo’riqish, urg’u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha, qo’zg’atish, hayajonlash demakdir), affektlar (lotincha, ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha, zo’riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar muayyan tasavvur bir imkoniyatga ega. Hissiy ton (tus). Hissiyot aksariyat hollarda faqat emotsional tus sifatida ruhiy jarayonning o’ziga xos sifat (sifatiy) jihati tariqasida vujudga keladi. Hissiyot bu o’rinda o’ziga o’zi emas, balki bilishga intilayotgan, o’zgartirayotgan, egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xislati hamda xususiyati ma’nosida gavdalanadi. Mazkur narsalarga nisbatan inson shaxsining subyektiv munosabatlari to’g’risida mulohaza yuritilayotganini odam hamisha ham payqay olmaydi. Masalan, yoqimli muloqotdosh, kulgili hangoma, badbo’y hid, behayo kino, ishtiyoqli mashg’ulot, iboli qiz, yaramas xulq, xushchaqchaq yigit, xotirjamlantiruvchi xabar, zahmatli mehnat va boshqalar. Emotsional ton yoki hissiy tus (masalan, affektiv ton) ba’zi hollarda barcha shaxslarda tug’ma, nasliy xususiyat kasb etishi mumkin. Jumladan, og’riq hissi va boshqa xususiyatli kuchli qo’zg’atuvchilar bir davrda aks etgan yoqimsiz (noxush) hissiy ton bilan ajralib turadi. Masalan, (lotincha, simob, egallovchi degan ma’no anglatadi), ya’ni simob bilan boshqa organik moddalar birikmasidan tarqalgan hidlar har qaysi ruhan sog’lom insonlar uchun yoqimsiz, jirkanch taassurot uyg’otadi. Shuningdek, ba’zi ranglar birikmasi (omixtasi), shilimshiq pardalarning qo’zg’alishi, qamishlarning ishqalanishi, egovning ovozi ham xuddi shunday iz qoldiradi. Shu bilan birga idrok obrazlari va tasavvurlarining aksariyat hissiy tonlari (tuslari) oldingi emotsional jarayonlaridan saqlanib qolgan izlar, turmush tajribaning saboqlari ((aks sadolari) insonlarda o’xshashligi tufayli “tug’ma” deb baholanishi mumkin. Hissiy ton shaxsning ehtiyojlarini atrofdagi narsalar va vaziyatlar qoniqtirishi yoki qoniqtirmasligi, faoliyatning esa muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kechishini yaqqol namoyish etishiga xizmat qiladi. Shaxsning psixologik xislatlariga binoan hissiy ton (tus) o’ziga xos (yunoncha, o’ziga xos, qorishmoq, qorishuv ma’nosini bildiradi) xususiyatini kasb etadi, bunday ta’bli odam boshqalar uchun befarq tuyulgan narsalarga ham jirkanch munosabatini namoyish qiladi, masalan, duxobaga tegishni, baliq, yog’, gul hidlarini yoqtirmaydi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, ko’rish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgilarga hamda idroklarga taalluqli hissiy ton muhim amaliy ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangi (tusi) taassurotidan vujudga kelgan yoqimli va yoqimsiz hissiy ton mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Kimyoviy o’g’itlar, sabzovotlar yoqimsiz hidi, ishlab chiqarishdagi shovqinlar, tovushlar hissiy ton jihatidan mehnat unumdorligini pasaytiradi. Xotirjamlik, yoqimsiz musiqa, iliq shaxslararo munosabatlar, muomala maromi, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi. Nazorat savollari: 1. Hissiyot deb nimaga aytiladi? 2. Emotsional hislar va uning turlarini aytib bering? 3. Affekt nima va qanday qilib uning oldini olish mumkin? 4. Hissiyotning psixologik nazariyalari sanab bering? 5. Hissiyot tushunchasining mazmunini izohlang? 6. His-tuyg’ularning vazifalari nimalarda ko’rinadi? 7. Hissiy holatlarning fiziologik asoslarini nima tashkil qiladi? 8. Inson emotsiyalari va hayvonlardagi emotsiyalar o’rtasidagi farqni izohlang? Download 33.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling