14-mavzu: shaxsning hissiy-irodaviy sohasi reja. Emotsiya haqida tushuncha Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari


Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar


Download 33.75 Kb.
bet3/5
Sana19.01.2023
Hajmi33.75 Kb.
#1100807
1   2   3   4   5
Bog'liq
12.Shaxsning xissiy irodaviy soxasi

3. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar
Hissiyot subyektiv ichki kechinmalarda ifodalansa ham uni aniqlash mumkin, chunki dildagi qayg’u alamlar, afsuslanish, achinish, quvonish, o’zidan nolish, ko’z va yuz harakatlaridagi bezovtalanish, hadiksirash, hayajonlanish tashqi tana a’zolarida, nutq faoliyatida, sustlik, loqaydlik hukmronlik qilganida bevosita ifodalanadi. His-tuyg’ular ixtiyorsiz ravishda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular qat’iy ravishda determinatsiyalashgan (sababiy bog’langan) psixofiziologik xususiyatga egaligi tufayli u yoki bu tashqi qo’zg’atuvchi ta’siriga nisbatan munosabat bildirish (javob reaksiyasi) tarzida hosil bo’ladi. Vaziyat, shart-sharoitlar hissiyotning mexanizmi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Shuni ham aniqlashtirish lozimki, vaziyat ham, sharoit ham tabiiy (biologik), subyektiv (shaxslararo munosabat) ko’rinishlarda vujudga kelganligi sababli hissiyotning mohiyati, sifati va shakliga bevosita o’z ta’sirini o’tkazadi. Qattiq sovuq, favquloddagi chang-to’zon, xonada tok bo’lmasligi, qo’pol muomala, loqayd munosabat, avtoritar xulq-atvor va boshqalar vaziyatga, sharoitga yaqqol misol bo’la oladi.
Hissiyotning determinizm (sababiy bog’lanish) printsipiga asoslanganligidan qat’iy nazar shaxs o’zining faoliyatida, xulqida, muomalasida hissiyotini, emotsional holatlarini idora qilishga, ba’zi hollarda o’zini tutib turishga, voqelikka yoki hodisalarga nisbatan oldingi bahosini o’zgartirishga, ichki murakkab kechinmalarini ongli ravishda boshqarishga intiladi. Shaxsda vujudga keluvchi subyektiv holatlar, his-tuyg’ular o’zining yuzaga kelishi, namoyon bo’lishi, mohiyati jihatidan hamisha obyektiv voqelikning timsoli, inson miyasiga singdirilgan, qayta ishlangan ko’rinishidir. Obyektiv borliq yuzaga keltiradigan subyektiv his-tuyg’ular, kechinmalar moddiy tana a’zolaridagina aks etish bilan cheklanmasdan, balki muayyan o’zgarishlar shaxsning faoliyatida, nutqida, mulohazasida, xulqida bevosita ifodalanadi. Shaxs hissiyot obyektiga nisbatan qanday shaxsiy munosabatda bo’lishi favquloddagi holatda “Men”lik ifodalanishi his-tuyg’ularning sifati deyiladi. Masalan, shaxsning muhabbati, rahm-shafqati, hayajonlanishi, qahr-g’azabi, bezovtalanishi, ruhan ezilish kabi sifatlarning muayyan tasnifi (klassifikatsiyasi) mavjuddir. Sifatlar ikki xil yo’sinda vujudga kelishi mumkin, jumladan, shaxsning o’z ehtiyojini qondirishga va unga qarshilik (to’sqinlik) qilishga aloqador narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari son-sanoqsiz bo’lishi mumkin. Hissiyotning sifatlari shaxsning narsa va hodisalarga nisbatan emotsional munosabatining o’ziga xos va zaruriy alomatlari bo’lib hisoblanadi. Psixologiyada shaxsning hayotiy va tabiat omillariga nisbatan emotsional munosabatlari ijobiy va salbiy turkumlarga ajratiladi. Ijobiy sifatlar narsa va hodisalarga nisbatan ehtiyoj maqsadga muvofiq ravishda qondirilsa, u holda rohatlanish, quvonch hislari ifodasi yuzaga keladi. Ehtiyojlarni qondirishda to’siqlar, xalaqit beruvchi omillar namoyon bo’lsa, u taqdirda noxush kechinmalari, norozilik hislari tug’iladi. Ijobiy va salbiy sifatlar bevosita yo’sindagi emas, balki bilvosita yo’l bilan ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, hayot quvonchlarini eslash dadillikni uyg’otsa, muvaffaqiyatsizlikni xayolga keltirish hadiksirashni hosil qiladi.
Shaxs individual ehtiyojlaridan tashqari, ijtimoiy ehtiyojni qondirish bilan bog’liq motivlar ta’siri tufayli ham ijobiy yoki salbiy hissiyot sifatlarini aks ettirishi kuzatiladi. Masalan, talabaning tanlovda qatnashishi quvonch hislarini yuzaga keltirsa, ikkinchi turdagi muvaffaqiyatsizlik xafagarchilik tuyg’usini namoyon etadi. Shaxsning maqolasi (gazeta, jurnalda) bosilib chiqsa faxrlanadi, kimningdir tomonidan u tanqid qilinsa ruhan eziladi. Ota-ona farzandini maqtasa quvonadi, koyisa esa xafa bo’ladi va hokazo.
Hissiyotning ijobiy va salbiy sifatlaridan tashqari, uning ikkiyoqlamalik (yunoncha, ikkiyoqlama vazifa, lotincha “kuch” degan ma’no anglatib keladi) va noaniqlikdan iborat asosiy xislatlari mavjuddir. Bu ruhiy holatlarda shaxsda ikkilanish hollari, noaniq tushunish munosabatlari aks etadi, lekin rohatlanish bilan qanoatlanmaslik hislarini bir-biriga qo’shish mumkin emas. Ambivalent (ikkiyoqlama) hissiyotda rohatlanish bilan azoblanish tuyg’ulari o’zaro qo’shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan, balki uyg’unlashgan, aralashgan holda ularning kechishi muhim xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Masalan, rashq hissida muhabbat bilan nafrat bir-biri bilan uzviy bog’lanib ketadi. Xo’randa qorni ochligi uchun sho’r ovqatni yeb biologik ehtiyojni qondirib, bir tomondan rohatlanishi, ikkinchi tomondan esa noxush hisni kechirishi mumkin. Tashnalikdan iliq suvni ichib ham rohatlanishi, ham noxushlikka berilishi kuzatiladi. Kiyimi yupun shaxsga qalinroq to’n berilsa, bir tomondan quvonadi, ikkinchi tomondan esa uyaladi. Oshiqlarda sevish va o’zidan nafratlanish holati kechadi yoki hijron shirin qayg’u, lekin yoqimli iztirob tarzidagi kechinmalar ikkiyoqlama hissiyotga yorqin misoldir.
Shaxsning emotsional dunyosi uzluksiz tarzdagi ziddiyatlar, nizolar va ularning hal qilinishi, oldining olinishini aks ettirishdan iborat jarayonlar majmuasidir. Asosan ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama hissiyotni keltirib chiqaradigan omillar quyidagilardan iboratdir: 1) shaxs bilan muhit o’rtasidagi (tabiiy muhit, ijtimoiy muhit orasidagi) har xil mazmun hamda shakldagi munosabatlar; 2) tana a’zolari, ichki organizm tarkiblari muhitidagi munosabatlarning nisbiy muvozanati o’zgarib turishi; 3) favquloddagi vaziyatlar tufayli yuzaga keladigan har xil kechinmalar va boshqalar.
His-tuyg’ularning yana bitta (to’rtinchi) sifati shaxsning hissiyot obyektlariga nisbatan emotsional munosabatlarining qisqa muddatli aks etishini ta’minlovchi tashqi ta’sirining noaniqligi ifodalanishidir. Shuningdek, obyektlarning taassurotlari uzoq muddatli xususiyatga ega bo’lsa, bunday emotsional holatlar munosabatlarning sifati bo’lishi mumkin; Shaxs o’zining turmush tajribasiga noma’lum, yap-yangi narsalarga duch kelsa, bu voqelik uni to’lqinlantirishi, hayratlantirishi, unda havas va qiziqish uyg’otishi mumkin. Bu hissiy voqelik (hodisa) yangi taassurotni anglashning hissiy jabhasi bo’lib hisoblanadi. Tabiiy va ijtimoiy muhitning anglab olish chigal hodisasi ehtiyoj bilan bog’lanishdan hamda muayyan barqaror munosabat yuzaga keltirishdan oldin hissiy holatning predmetiga aylanadi. Shuning uchun ma’lum kechinmalarning negizida tanho “bu nima refleksi”ni tushunish ehtiyoji yotadi. Bilish faoliyati bilan uyg’unlasha borgan anglash hissi beqarorligi, qisqa muddatliligi bilan tafovutlanadi hamda obyektga nisbatan yengilroq salbiy yoki ijobiy munosabat sifatiga aylanadi.
Hissiyotning mazmuni turli-tuman bo’lib, u shaxsning hayoti va taraqqiyoti imkoniyatlari bilan bog’liq obyektlarga, hatto bevosita rohatlanish (azoblanish) hislarini yuzaga keltiruvchi narsalarga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi. Demak, shaxsning hissiyotlari turlicha moddiy va madaniy ehtiyojlariga asoslanadi, ularni qondirishga yordam beradigan omil ijobiy emotsiyani yuzaga keltiradi, so’ng barqaror hissiyot singari mustahkamlanadi. Inson ehtiyojini qondirishga xalaqit beradigan narsa salbiy emotsional holatni vujudga keltiradi hamda hissiyot tariqasida mujassamlashadi.

Download 33.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling