14-mavzu: shaxsning hissiy-irodaviy sohasi reja. Emotsiya haqida tushuncha Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari
Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari
Download 33.75 Kb.
|
12.Shaxsning xissiy irodaviy soxasi
2. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari
Ta’kidlab o’tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o’zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo’yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala subyekti o’zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyatli hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xoh foydali, xoh zararli bo’lishdan qat’iy nazar) omillar, qo’zg’ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo’rqish va boshqalar) bilan bog’liq sodda hissiy holatlar “emotsiya” deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudotlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o’zgarishi murakkab bo’lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o’zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko’rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o’tish joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat subyekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg’ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko’tarilishiga kafolat negizidir. Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson shaxsining ijtimoiy-hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida shakllangan, muayyan ijtimoiy muhitda (jamiyatda) istiqomat qiluvchi kishilar tomonidan o’zlashtirilgan g’oyalar, me’yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg’ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir. Hissiyotda shaxs psixikasining o’ziga xos jabhalari, inson faoliyatining ayrim jihatlari sifatida harakatdagi, tevarak-atrofdagi voqelikni odam bosh miyasida turli-tuman shaklda ichdan aks ettiriladi. Shuning uchun hissiyot borliqda sodir bo’layotgan narsa va hodisalar yuzasidan shaxs uchun ahamiyatli, qadr-qiymatli alomatlari tuyg’usidan darak beruvchi signallar sistemasi tarzida talqin qilinadi. Yaqqol voqelikda sezgi a’zolariga ta’sir etuvchi har xil qo’zg’ovchilaridan ba’zi birlari alohidalanadi, o’zaro mos tushganlari esa birlashadi, favqulodda namoyon bo’la boshlagan his-tuyg’ular bilan ular aralashib ketadi. Buning natijasida muayyan qo’zg’ovchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik yoki bezovtalik signaliga aylanadi, hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasini shakllantiruvchi shartli reflekslar tizimini barqarorlashtiruvchi omil tariqasida aks etadi. Hissiyotning bunday tarzda signal funksiyasining bajarishi uning impressiv (lotincha so’zidan olingan bo’lib, taassurot degan ma’no anglatadi) jihati deb nomlanishda o’ziga xosligi shundaki, hissiyot tasavvur qilinayotgan obrazlarga, fikran rejalashtirilayotgan maqsadlarga mayl, faollik, intilish uyg’otadi, shaxsning faoliyati va xatti-harakatlarining muvaqqat yoki uzluksiz motiviga aylanadi. Ushbu fiziologik jarayonning mohiyatini tushuntirishda I.P.Pavlov mana bunday yondashadi: tirik mavjudodlarning tabiiy muhitga moslashuvida qat’iylashadigan yoki zaiflashadigan dinamik stereotiplar tufayli hissiy va emotsional kechinmalarning ijobiy yoki salbiy ko’rinishi vujudga keladi. I.P.Pavlovning talqinicha, dinamik stereotip - bu tashqi taassurotlarning ma’lum tarkibda takrorlanishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar ta’siridagi nerv bog’lanishlarining barqaror tizimidir. Tirik mavjudot hayoti va faoliyatida qiyinchiliklarga, qarshiliklarga uchrasa, dinamik stereotip “zaiflashuvi” yuzaga keladi, buning oqibatida salbiy emotsional holatlar, kechinmalar hosil bo’ladi. His-tuyg’ular va emotsional holatlar kechishining turli shakllari, ko’rinishlari nafaqat signal funksiyasini bajaradi, balki ular shaxsning faoliyati, xulq-atvori ustidan boshqaruvchanlik funksiyasini amalga oshiradi. Yuksak hislar bu ma’noda ustuvor rol o’ynaydi (vijdon hissi, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg’usi, empatik, ya’ni hamdardlik kechinmalari va boshqalar). Hatto emotsional holatlar, hodisalar, harakatlar shaxsning tana a’zolari o’zgarishida o’z ifodasini topadi va ichki hissiy kechinmalarning tashqi alomatlarini aks ettiruvchi muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Ovoz ohangi, sur’ati, tembri, chastotasi o’zgarishi, mimika, imo-ishora, pantomimika, organizmning qizarishi, oqarishi, nafas olish va qon bosimidagi beqaror holatlar ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy, ongli ravishda kechishidan qat’iy nazar emotsiyaning ekspressiv (lotincha degan so’zdan olingan bo’lib, ifodalash degan ma’noni bildiradi) jabhasi deyiladi. Shaxs hissiyotning subyekti hisoblanib, mazkur holatning namoyondasi, uni aks ettiruvchi tariqasida olamni anglash, bilish jarayonida o’zining shaxsiy faoliyatini (xulq-atvorini) maqsadga muvofiq amalga oshirish uchun hissiy kechinmalarni o’zgartirish qudratiga ega. His-tuyg’ular shaxsdan ajralgan holda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular hissiyot subyekti bilan birga hukm suradi, binobarin, hissiy kechinmalar aniq insonga taalluqli bo’ladi, xolos. Insonda emotsional taassurot qoldiradigan, yuz tuzilishida tabassum yoki qayg’u, goho ajablanish uyg’otadigan narsa va hodisalar hissiyotning obyekti bo’lib hisoblanadi. Shaxsdagi emotsional o’zgarishlar uning hayoti va faoliyatida, shaxslararo munosabatida, insonlar bilan muomalaga kirishishda, ayrim hollarda biron-bir voqelik to’g’risida xayol surganda, armon tuyg’usi odamga xotirjamlik bermaganida yuzaga keladi. Download 33.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling