Toshkent-2023 Reja
Download 23.01 Kb.
|
mutahasislik 12.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar royxati
REFERAT
Bajardi: Nuriddinova Munavvar
Inson va kasb psixologiyasi haqida umumiy tushuncha Insoniyat paydo bo‘libdiki, u har doim o‘zini boqishga, ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda. Inson o‘z ehtiyojlarini eng awalo oziq - ovqat, boshpana, kiyim - kechaklarga bo‘lgan ehtiyojlami qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniylashib borgan sari o‘z ehtiyojlariga kerak bo‘lgan mahsulotlami ishlab chiqara boshlagan. Bular eng awalo shu sohadagi kasb egalarini paydo bo‘lishiga va jamiyatni shu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilishlami paydo qilgan. Jamiyat rivojlana borgan sari yangi kasblar paydo bo‘lgan va rivojlanib borgan. Insonlar esa yaxshi va baxtli yashashga intilganlar. Buning uchun kasb tanlaganlar, tajriba oshirganlar va bilimlami to‘plaganlar. Kasb - inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi ixtisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan: chilangar kasbida - remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chilangar kabi yo‘nalishlar mavjud. Demak, har bir kasbga xos bo‘lgan yo‘nalishlar mavjud bo‘ladi. Bu esa inson faoliyatini kengayib borayotganligini, har bir sohani o‘ziga xos tor jabhalari borligini tasdiqlaydi. Hayotiyjarayonlar kasblami doimiy emasligini ko‘rsatadi. Kasblami ayrimlari paydo bo‘ladi ayrimlari yo‘q bo‘lib ketar ekan. Bu kasblami ayrimlari texnika va texnologiya sohalarini taraqqiyoti bilan bog‘liq holda takomillashib boradi, yangi ko‘rinishga ega bo‘lgan kasblami paydo qiladi, eskilarini yanada takomillashtiradi. Misol uchun hozirgi zamon to‘quvchisining ishini ilgari zamondagi to‘quvchi mehnati bilan taqqoslab boimaydi. Hozirda to‘quvchi stanoklami avtomatlashganligi tufayli bir qancha to‘quv stanoklarini bir vaqtda boshqaradi. Albatta bu jarayonlarni taqqoslab bo‘lmaydi, ulardagi mehnat sharoiti, stanoklami boshqarishga va to‘qishga bog‘liq bo‘lgan yangi bilimlar tizimi va shu kabilar ulaming farqini ko‘rsatib turadi. Kasblami o‘zgarib borishiga ijtimioiy - iqtisodiy tuzum ham o‘z ta’sirini o‘tkazib boradi. Deylik, hozirda boshqaruvchi - master yoki inspektorlar mavjud bo‘lib ular boshqa sohalardan tubdan farqlanib turadi. Bunga misol qilib shifokorlik kasbini olishimiz va uni jamiyatdagi rolini ko‘rsatib berish mumkin. Jamiyatdagi “erkin tadbirkorlik” jarayoni shifokorni endi nafaqat davolovchi, balki tadbirkorlik ishi bilan shug‘ullanuvchi qilib qo‘ydi. Endi tadbirkor shifokor o ‘z ustida ishlash, davolashning yangi va samarador tomonlari ustida bosh qotirishga, o‘z kapitalini o ‘stirib borishga intilishi kerak bo‘ladi. Bu jarayon hamma kasblarga ham taalluqlidir. Jamiyatda yashayotgan har bir insonga qulaylik yaratish, uning ehtiyojlarini qondirish, yaxshi yashashi uchun sharoitlar yaratish bor kasblami takomillashtirishga va yangi kasblami paydo bo‘lishiga olib keladi. Insoniyat hayot faoliyati uchun zamr bo‘lgan ehtiyojlami qondirish davomida yangi kasblar ham paydo bo‘lib bormoqda. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming) 0 ‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud. Kasbga xos bo‘lganjarayonlar, ulami egallash, tanlash inson psixologiyasi bilan bog‘liq. Kasb psixologiyasi aynan shunday murakkab jarayonlami o‘rganish orqali yoshlami o‘zlari qiziqqan kasbga yo‘nalish bemvchi murakkab fan hisoblanadi. Har bir kasbning o‘ziga xos bo‘lgan tomonlari, insonlami o‘ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo‘lib, inson bu jarayonlami kuzatib borib shu kasbni egallashga intiladi. Bu jarayonlarda inson o‘zini ruhiyati bilan shu kasbga xos bo‘lgan psixologik tomonlami ham shakllantirib boradi. Jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlami ham kasb tanlashda o‘ylantirib qo‘ymoqda. Jamiyatda ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, ulami fan yangiliklari, texnika va texnologik yangiliklar asosida shakllanib borishi yoshlarda ko‘plab yangi mutaxassisliklar bilan tanishishlarini talab qilmoqda va bu ulami kasb tanlashlarini qiyin, murakkab ahvolga solib qo‘ymoqda. Bundan tashqari jamiyatni olg‘a rivojlanib borishi yoshlami olayotgan kasblarini raqobatbardoshligini, kerakligini va yashashlari uchun imkoniyatlar yaratib bera olishlariga ishontira bilishini ham talab qilib bormoqda. Insoniyat paydo bo‘libdiki u har doim o‘zini boqishga, ehtiyojlarini qondirishga harakat qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda. Inson o‘z ehtiyojlarini eng avvalo oziq – ovqat, boshpana, kiyim – kechaklarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan. Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo bo‘lgan maxsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Bular eng avvalo shu sohadagi kasb egalarini paydo bo‘lishiga va jamiyatni shu maxsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilishlarni paydo qilgan. Jamiyat rivojlana borgan sari yangi kasblar paydo bo‘lgan va rivojlanib borgan. Insonlar esa yaxshi yashashga intilganlar. Buning uchun kasb tanlaganlar, tajriba oshirganlar va bilimlarni to‘plaganlar. Kasb — (lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanad. Kasb — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, vrachlik kasbida xirurg , oftalmolog , dermatolog va boshqa). Kasb, odatda, shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Muayyan kasbni tanlash sabablari Ko'rinib turibdiki, professional ta'rifga faqat manfaatlar ta'sir qiladi. Nima uchun inson u yoki bu kasbni tanlaydi? Aslida, tanlash uchun ko'plab omillar mavjud: • nufuz, moda 60-yillarda hamma kosmonavt, 90-yillarda esa huquqshunos va iqtisodchi boʻlishni xohlardi. Endi poydevorda IT-mutaxassislari, top-menejerlar, yuqori lavozimli amaldorlar turibdi. Ammo siz faqat ushbu mezonlarga amal qilmasligingiz kerak: moda o'zgarmoqda, obro'-e'tibor ketmoqda va ehtimol bu o'rta maktabni tugatmasdan oldin sodir bo'ladi. • moliyaviy farovonlik Eng ko'p maosh oladigan kasblar qatoriga okean layneri kapitani, uchuvchi, topmenejer, IT-mutaxassis, marketolog va boshqalar kiradi. "Oltin koni"ni tanlashda esda tutingki, kasbning o'zi ko'p pul olib kelmaydi. . Yuqori maoshga ega bo'lish uchun siz yaxshi mutaxassis bo'lishingiz kerak va bu qo'shimcha bilim va tajribani talab qiladi. • Do'stlar va tanishlar maslahati Ba'zida yoshlar "kompaniya uchun" hayot yo'lini tanlashadi. 11-sinfdan keyin eng yaxshi do'st veterinarga boradi - nega unga ergashmaysiz? Bu birgalikda qiziqarliroq. Ba'zan u ishlaydi, lekin ko'pincha bunday toshma harakat professional umidsizlikka olib keladi. • Ota-onalarning fikri Ko'rinib turibdiki, kim o'z farzandini ona va dadadan yaxshiroq biladi? Shunga qaramay, otasining yo'lidan bosh tortgan va yashirincha adabiyot institutiga o'qishga kirganidan keyin ko'plab buyuk adiblar paydo bo'ldi. Ko'pincha otaonalar o'z maslahatlarida o'g'li yoki qizining qobiliyatidan emas, balki obro'- e'tibor yoki o'zlarining bajarilmagan istaklaridan kelib chiqadilar. Shubhasiz, ularning fikrini tinglashga arziydi, ammo har bir maslahatni ehtiyotkorlik bilan baholash kerak. Agar shubhangiz bo'lsa, o'zingiz hurmat qiladigan boshqa kattalarni, masalan, o'qituvchini tinglang. Chet elliklar sizning taqdiringiz va keraksiz behuda narsalaringiz haqida tashvishlanmaydilar, shuning uchun ular yanada muvozanatli maslahatlar beradilar. • O'z xohishi Siz sezgi ovozini tinglashingiz kerak. Qiyinchilik shundaki, uni har doim ham bir lahzalik injiqlikdan ajratib bo'lmaydi. Vaqt sinovidan o'tgan tushga ishonishingiz mumkin, lekin agar u yaqinda yonib ketgan bo'lsa, u bilan bir muddat yashab, diqqat bilan ko'rib chiqing. Kasb – inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi ixtisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan: chilangar kasbida – remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chilangar kabi yo‘nalishlar mavjud. Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming) O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud. Shuni aytish joyizki jamiyat rivojlangan sari kasblar ham ko‘payib boradi. SHu bilan birga kasb bu jamiyatdagi qabul qilingan huquqiy – normativ qonunlarga amal qilishi zarur bo‘ladi. Kasb – hunarli bo‘lsh inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o‘z asarlarida aytib o‘tganlar. Deylik Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling bo‘lsa xunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql –boshsiz tan, suratsiz badandekdir… Ey farzand, ogoh bo‘lki, xunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf’ yetkurmas.” Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni tanlab olishlari va o‘z hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazishlari uchun intiladilar. Ularga bu kasblarni tanlashlarida kasb psixologiyasining o‘rni va ahamiyati juda katta. “ Men kelajakda kim bo‘laman?”, “Yaxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim kerak?”, “Mendagi iqtidor shunga etadimi?”, “Kelajagimdan qoniqamanmikan?” degan ko‘lab savollar yoshlarni o‘ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular ko‘plab kuzatadilar, hayotdan ma’lum bir malakalar olishga intiladilar. Kattalarni maslahatlarini o‘ylaydilar va ikkilanib yuradilar. Kasb psixologiyasi esa ularni to‘g‘ri yo‘lga solishga harakat qiladi. Jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlarni ham kasb tanlashda o‘ylantirib qo‘ymoqda. Ko‘plab yangi kasblar paydo bo‘lmoqda, ularni fan yangiliklari, texnika va texnologik yangiliklar asosida ko‘plab mutaxassisliklar bilan tanishishlari kasb tanlashda qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. Bundan tashqari jamiyatni olg‘a rivojlanib borishi yoshlarni olayotgan kasblarini raqobatbardoshligini, kerakligini va yashashlari uchun imkoniyatlar yaratib bera olishlariga ishontira bilishini ham talab qilib bormoqda. Hayotiy jarayonlar, yashashga beriladigan imkoniyatlar, kasbga bo‘lgan intilishlar tabiiy ravishda amaliy psixologiyaning bir bo‘lagi bo‘lgan kasb psixologiyasiga bo‘lgan talabni zaruriy qilib qo‘ydi va bu fanni paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirda O‘zbekistonda bu fan endi rivojlanishi kerak bo‘lgan va yoshlarni tarbiyalashda, ularga kasb tanlashlariga yordam beruvchi asosiy mutaxassislik fani bo‘lib bormoqda. Kasb psixologiyasini mohiyati bu insonni kasbga xos xatti – harakatini va kasb tarixi bilan bog‘liq tomonlarni ko‘rsatib berish, shuningdek yoshlarni, kasb tanlovchilarni o‘zi qiziqqan kasbni tanlashlarida yo‘nalishlar berish, keyinchalik kasbdan ketishlariga yordam berish kabilar hisoblanadi.Hayotiy jarayonlar, yashashga beriladigan imkoniyatlar, kasbga bo‘lgan intilishlar tabiiy ravishda amaliy psixologiyaning bir bo‘lagi boigan kasb psixologiyasiga bo‘lgan talabni zaruriy qilib qo‘ydi va bu fanni paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirda 0 ‘zbekistonda bu fan endi rivojlanishi kerak bo‘lgan va yoshlami tarbiyalashda, ularga kasb tanlashlariga yordam beruvchi asosiy mutaxassislik fani boiib bormoqda. Kasb psixologiyasini mohiyati bu insonni kasbga xos xatti - harakatini va kasb tarixi bilan bog‘liq tomonlami ko‘rsatib berish, shuningdek yoshlami, kasb tanlovchilami o‘zlari qiziqqan kasbni tanlashlarida yo‘l - yo‘riqlar berish, maslahatlar bilan o‘z layoqatlarini, imkoniyatlarini sinab olishlariga, shuningdek keyinchalik kasbdan ketishlariga, ya’ni nafaqaga chiqishlarida ham yordam berish kabi tomonlarini o‘rganib borish hisoblanadi. Shaxs bo‘lib borayotgan bolada psixologik xususiyatlar yuzaga chiqib, uni borliqqa bo‘lgan qiziqishini orttirib boradi. Ayrim bolalar yosh davrlaridanoq o‘simliklarga, ulaming tuzilishiga qiziqadilar, ayrimlari harakatdagi hasharotlarga, hayvonlarga qiziqadilar. Qo‘ng‘izni ko‘rgan bola uni harakatlanishini kuzatib uni nima harakatlantirmoqda degan savol bilan tekshirib ko‘radi. Uni bo‘laklarga ajratadi. Bunday bolalardan tarbiyalab borish orqali ko‘plab yaxshi vrachlar, injenerlar, konstruktorlar yoki qassoblar chiqadi. Keyinchalik bunday shaxslar o‘zida shu kasbga xos bo‘lgan xususiyatlami rivojlantirib boradilar. Bu ulaming qiziqishlaridan kelib chiqadi. Shu sohaga xos bilimlar ulami kasbiy imkoniyatlarini orttirib boradi. Shaxs sifatida bolada shu sohani bilishga ehtiyojlar rivojlanadi. Tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilimlar to‘plab boradi. Bu maktabda, oliygohda, atrofdagilarning avtib berishlari va o‘zining mustaqil o‘rganishlari bilan shakllanib boradi. Maktabda bolalarga kasb bilan bog‘liq bo‘lgan tanishtirish darslarini ham tashkil etish zamr bo‘ladi. Bunda bolalar ko‘pchilik kasblar haqida bilib oladilar va kasb tanlashlari uchun imkoniyatlar kengayadi. Insonda ma’lum kasbga, uni egallashga havas, mayl, orzu, ishtiyoq, xafsala bo‘lmasa u hech qanday kasbni egallay olmaydi. Insondagi shu jarayonlar odamning o‘z kelajagini to‘g‘ri anglashga, tushunishga olib keladi. Unda istak, xohish paydo bo‘ladi. Bular bolada ma’lum bir maqsadni shakllanishiga va bu yo‘lda iroda kuchini sarf qilishga olib keladi. Irodali inson o‘z maqsadi sari intiladi va orzu havaslariga erishadi. Bunda bolada paydo bo‘luvchi havas atrofdagi insonlami kuzatish orqali, ularga aytilgan maqtov so‘zlarini tinglash va uning mahoratiga qoyil qolish, odamlami uning mahoratini maqtashlari, bu insonni bilimdonligi, qo‘lidan ko‘plab ishlar kelishini kuzatishi unda shu insonga o‘xshashga havasni uyg‘otadi. Unda orzu, armon, tilak, ishtiyoq va xafsala paydo bo‘ladi. Bu jarayonlar bolada uyg‘onayotgan ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lib uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishning hissiyotlari, irodalari bilan bog‘liq jarayondir. Katta bo‘lib borayotgan bolada havas paydo bo‘Iadi. Kasbga nisbatan olganda bolani shu kasbga qiziqishi, intilishi, mayli, xohish, istak va orzusi bo‘lib ko‘zga tashlanadi. Bu yo‘lda bola o‘ziga tilak tilab shu kasbni egallashga bo‘lgan intilishi sodir bo‘ladi. Agarda bola o‘z tilaklarini xafsala bilan amalga oshirmasa, harakat qilmasa bu armon va orzu bo‘lib qoladi. Shuning uchun u zo‘r ishtiyoq bilan harakat qilishi va armonlarini amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Ko'rinib turibdiki, bu jarayonlar insonga xos bo‘lgan psixologik jarayonlami tashkil etib, insonning maqsadini vujudga kelishining asosi hisoblanadi. Albatta bu jarayonda insondan iroda kuchi ham talab qilinadi. Ishtiyoq bu - zo‘r istak, xohish hisoblanadi. Yoshlami kasb tanlashlari yo‘lidagi bunday jarayonlami o‘rgangan psixolog olimlar ulami quyidagicha ta’riflaydilar. Insonni anglash darajasiga ko‘ra kasb tanlashda quyidagi tomonlar ta’riflanadi. Kasb psixologiyasi fanining obyekti va predmeti Psixologiyaga umumiy tarzda baho bersak - bu inson faoliyatini obyektiv reallik sifatida aks ettirish Qonunlari haqidagi fandir. Fandagi va amaliyotdagi differensial - integratsion jarayonlar psixologiyaning ko‘plab yo‘nalishlarini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bulaming har biri o‘zining mummolarini yeehadi, ulaming alohida vazifalari, metodlari va tushuntirib beruvchi tamoillari mavjud. Eng asosiysi fanning mustaqil yo‘nalishlari paydo bo‘lib ulaming o‘ziga xos predmeti mavjudligidir. Ко‘plab psixologiyaga tegishli bo‘ lgan yo‘nalishlardan biri bo‘ lgan kasb psixologiyasi o‘z o‘zidan paydo bo‘lmadi. Balki u insoniyatni o‘z ehtiyojlarini qondirish, yaxshi yashash uchun boigan intilishlari bilan bog‘liq holda shakllanib bordi va o‘z mehnatini yengillashtirish, ko‘proq hayot kechirish uchun imkoniyatlar izlanishining natijasi sifatida rivojlandi. Kasb psixologiyasi insonni mehnat qilishga, o‘z rizqini o‘zi topgan holda kelajagini qurish maqsadida shakllanib borgan uzoq tarixga ega bo‘lgan soha hisobanadi. Albatta u insoniyatning keyingi tarixiy taraqqiyotida mustaqil soha sifatida shakllandi. Lekin ota - bobolarimiz yoshlami tarbiyalashda kasbning o‘mi haqida juda ko‘plab fikrlar aytib o'tganlar. Muqaddas “Avesto”da ham kasbni egallash to‘g‘risida fikrlar aytilgan. Bu qadimiy qo‘lyozmada yoshlar albatta kasbni egallashlari va boshqa odamlarga o‘z og‘irliklarini tashlamasliklari kerakligi ko‘rsatilgan. Bularda kasbga va insonga xos bo‘lgan psixologiya o‘z aksini topgandir. Jamiyat yashashi uchun inson mehnat qilishi va o‘z ulushini jamiyatga qo‘shib borishi zarur bo‘ladi. Jamiyatga va uning Qonunlariga to‘g‘ri kelmaydigan daromad manbai bo‘lgan kasblar jazolanishi kerakligi ham tarixda yozib qoldirilgan va bu hozirda 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topgandir. To‘g‘ri va halol topilgan manba insonni yaxshilikka olib keladi va u tarbiyalayotgan kelajak avlod ham o‘zining halol mehnati bilan jamiyat yashashiga hissa qo‘shadi deb ko‘rsatiladi. Kasb psixologiyasi insoniyat mehnatini tashkil qilish bilan birga paydo bo‘lib to hozirgi zamonlarga etib keldi. Qadimgi zamonlardayoq insonni kasb tanlashi va uni ustasi bo‘lib yetishish masalasi dolzarb hisoblangan. Bu yerda inson va kasb o‘rtasidagi munosabat, kasbni yaxshilab egallash va insonlarga foydali bo‘lish masalasi juda dolzarb hisoblangan. Shu tariqa kasb psixologiyasining predmeti, ya’ni o‘rganish asoslari yuzaga chiqqan. Kasb psixologiyasining predmeti - bu shaxsni kasbni egallashi bilan bog‘liq bo‘lgan o£ziga xos tomonlari, Qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganish hisoblanadi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, kasb psixologiyasi - bu amaliy psixologiyaning alohida y o ‘nalishi bo ‘lib, shaxsni kasb tanlashining Qonuniyatlarini shakllanishini, kasb tanlashini, bu kasbni egallashini, kasb mutaxassisini shakllanishi, baholanishini va shu kasbni egasi bo ‘lishini, shuningdek kasbiy destrukturani o ‘rganuvchi fan hisoblanadi. Kasb psixologiyasini predmeti- bu shaxsni kasb tanlashi, o ‘z kasbini yaxshi bilishga intilishi, insonni kasb tanlashiga sabab bo ‘luvchi motivlarni va о ‘zini yaxshi yashashi uchun intilishi kabi masalalarni о ‘rganish orqali namoyon bo'ladi. Insonni kasbni egallashi bilan bog ‘liq bo ‘lgan Qonunlarni, bu Qonunlarni ishlash mexanizmini, kasbga xos b o ‘lgan shaxsni tarbiyalash, uning o ‘zi tanlagan kasbga bo ‘lgan munosabati kabi masalalarni о ‘rganish kasb psixologiyasining predmetiga kiradi. Kasb psixologiyasining obyekti - bu shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, bu ta’sirning natijalarini o‘rganish hisoblanadi. Inson o‘z hayoti davomida kasb tanlar ekan, bu ikki jarayon o'rtasida o‘zaro ta’sir sodir bo‘ladi. Bu o‘zaro ta’sirdan insonda qoniqish yoki qoniqmaslik jarayoni paydo bo‘ladi. Qoniqish insonni o‘z hayotini yaxshi qurishiga, undan o‘ziga xos foyda ko‘rishga olib keladi. Qoniqmaslik esa insonni o‘z kasbini o‘zgartirishga va tanlagan kasbidan qoniqmaslikka olib keladi. Kasb psixologiyasining obyekti bo‘lib shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hisoblanadi. Kasb psixologiyasi shaxsni kasb egallab borishini o‘rganadi. Kasb psixologiyasini o‘rganishning markazida shaxsni kasbiy rivojlanib borishi va kasbni tanlab olishi yotadi. Bu yerda shaxs kasbiy shakllanishning subyekti sifatida qaraladi. Kasbni o‘rganish davomida mutaxassisni kasbiy xulqiga va har xil ijtimoiy madaniyat va ijtimoiy iqtisodiy sharoidlardagi xatti - harakatiga e’tibor beriladi. Kasbni egallashdagi individual xususiyatlarga va shaxsni tizimiga uning ta’siri ham o‘rganiladi. Asosiy diqqat shaxsning bilimlariga asoslangan kasb yutuqlariga, motivatsion va psixologik omillariga qaratiladi. Inson va uning kasbi, kasbiy roli va kasbning dunyo tizimidagi munosabati kabilar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi hozirgi zamon kishisi uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini, insonni kasb egasi bo‘lib borishdagi individual qirralarini, bolalik davridagi kasbga bo‘lgan munosabatlami о‘sib borishini, kasbiy qadriyat va mehnat motivlarini, kasbiy mehnatdan qoniqishini, shuningdek kasbni inson biografiyasiga ta’sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining obyekti bo‘lgan shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro munosabat shaxsga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlar va individual - psixologik jaray onlarga va kasbga xos bo‘lgan xususiyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuni aytish joizki, kasbga xos bo‘lgan psixologik va kasbni o‘ziga xos tomonlari ham mavjuddir. Deylik, tikuvchilik kasbi va uning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari, psixologik tomonlari mavjud. Bu kasb egasi materiallami yaxshi bilishi, uni sifati va tikilish usullari, estetik va dizayn bilan bog‘liq nozik tomonlarini har doim sezib turadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. S.X.Jalilova,F.I.Haydarov, N.I.Xalilova Kasb psixologiyasi (O’quv qo’llanma)Toshkent-2010 2. Климов E. A. Как выбрать профессию. М.: Провещение, 1990. 3. Кудрявцев Т. В. Психология профессионального обучения и воспитания. М.,1997. Download 23.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling