Тетрадь на спирали
Download 0.71 Mb.
|
9-Мавзу inv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar.
9-Mavzu: Investitsiya faoliyatida kapital qurilish.REJA:
1.Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar.Kapital qurilish – bu yangi qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta qurollantirish va amaldagi ob’yektlarni modernizatsiya qilish yo’li bilan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlarini barpo etish jarayonidir.Uning yordamida jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlar yangilanadi. Kapital qurilish asosiy fondlarni barpo etishning barcha bosqichlarini (ob’yektni loyihalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha bo’lgan jarayonni) qamrab oladi.Asosiy fondlar – ishlab chiqarishga uzoq xizmat qiladigan, o‘z natural buyum shaklini uzoq vaqt o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalaridir. Odatda asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat ko‘rsatadigan mol-mulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda asosiy fondlar o‘rniga asosiy kapital tushunchasi qo‘llaniladi). Asosiy fondlar o‘z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan o‘tkazadi.Qurilish mahsuloti bo‘lib binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlar, jumladan, ko’p qirrali, konstruktsiyasi murakkab bo’lgan ob’yektlar hisoblanadi. Kapital qurilishni amalga oshirishning moliyaviy manbasi kapital qo‘yilmalardir.Kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o’stirish uchun sarf-lanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir.Kapital qo'yilmalar – bu asosiy vositalarni sotib olish, yaratish, yaxshilash va (yoki) tiklash uchun tashkilotning xarajatlaridir.Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling