Mavzu: Biznes tarafdan ta’minlangan ichki va tashqi moliyaviy ma’lumotlarning manbasi va maqsadi.(2soat) reja


Download 17.77 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi17.77 Kb.
#1468042
  1   2   3
Bog'liq
10-mavzu ma\'ruza (1)


Mavzu:Biznes tarafdan ta’minlangan ichki va tashqi moliyaviy ma’lumotlarning manbasi va maqsadi.(2soat)
REJA:

  1. Biznes sub’yektlari va jamiyatda axborotning o‘rni

  2. Axborotlar va ularni tasniflash turlari

  3. Axborotlar, ularga bo‘lgan talablar mazmun-mohiyati

  4. Ma’lumotlar turlari va ularning mazmun-mohiyati

5. Boshqaruv tizimi va uning turlari
Tayanch so’zlar:moliyaviy hisob,soliq hisobi,boshqaruv hisobi
Biznes sub’yektlari o‘z faoliyatini tashkil etish va uni samarali yuritish maqsadida turli ma’lumolardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Jamiyat a’zosi sifatida barchamiz ham turli ma’lumotlarga ehtiyoj sezamiz. Ushbu ma’lumotlarga bo‘lgan o‘z ehtiyojlarimizni turli manbalardan mavjud ma’lumot etkazish shakllari orqali olib, ehtiyojimizni qondiramiz. Shu o‘rinda doim duch kelayotgan ma’lumot va axborot atamalari mazmuniga to‘xtalsak.
Ma’lumot bu – voqea, hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi qayd etilgan, lekin qaror qabul qilish uchun qayta ishlanmagan raqamlar, harflar va simvollardir. Masalan biznes sub’ekti o‘z faoliyatini tashkil etish uchun 10 tonna mahsulot olib kelgani to‘g‘risida menedjer, rahbar yoki mulkdorga berilgan xabar ma’lumot hisoblanadi.
Axborot bu - voqea, hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi qaror qabul qilish uchun qayta ishlangan ma’lumot. Masalan, o‘z faoliyatini tashkil etish maqsadida biznes sub’ekti tomonidan 10 tonna mahsulot kirim jurnaliga navi, narxi va miqdorlari bo‘yicha 1 ombor mudiri javobgarligiga kirim qilingan. Menedjer, rahbar yoki mulkdorga jami 10 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun “A” ta’minotchidan xom-ashyo olib kelingan va 1 ombor mudiri javogarligiga kirim qilingani, xom-ashyoning 5 tonnasi 1 nav bo‘lib narxi 10000 so‘mdan, 3 tonnasi 2 nav narxi 8000 ming so‘mdan va 2 tonnasi 3 nav narxi 6000 ming so‘mdan xarid qilinganligi to‘g‘risidagi xabar bu axborot hisoblanadi. Biznesning ma’lumotlari olinadigan manbasiga ko‘ra ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. Ichki ma’lumotlar korxona tomonidan tayyorlangan va unig faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar bo‘lsa, tashqi ma’lumotlar korxonadan tashqari manbalar ommaviy axborot vositalari, ochiq manbalar va reyteng-tahlil sub’ektlardan olingan ma’lumotlar hisoblanadi. Ma’lumotlarni mazmuniga ko‘ra moliyaviy, statistik va tezkor ma’lumotlarga bo‘lish mumkin.Axborotlar qabul qilish, taqdim etish va ijtimoiy ahamiyatiga kabi belgilari bo‘yicha bir qator turlarga bo‘linadi (7-jadval).

Download 17.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling