Mavzu: Biznes tarafdan ta’minlangan ichki va tashqi moliyaviy ma’lumotlarning manbasi va maqsadi.(2soat) reja


Download 17.77 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2023
Hajmi17.77 Kb.
#1468042
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu ma\'ruza (1)

Aniq ma’lumotlar – foydaanuvchilar barcha qatlami va biznes uchun ahamiyatga ega hamda aniq va ishonchi manbalar ma’lumotlaridir. Ushbu toifadagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobi, moliyaviy, soliq va statistik hisobotlar va rasmiy organlar tomonidan tarqatiladigan ma’lumotlar hisoblanadi. Ushbu turdagi ma’lumotlar biznes bo‘yicha to‘g‘ri qabul qilish, yo‘nalishini belgilashga xizmat qiladi.
Axborotlar foydalanuvchilar, jumladan biznes uchun ahamiyatli va foydali bo‘lishi ularning sifati va aniqligiga bog‘liqdir. Shu sababli axborotlar sifatiga aniqlik, to‘liqlik, qiymatlilik, tushunarlilik, ta’alluqlilik, moslanuvchanlik, o‘z vaqtidalik va oson (qulaylik) kabi talablar mavjud. Ushbu talablar mazmunini quyidagicha izolash mumkin.

  • Aniqlik (accurate)- axborotning maqsadga erishish uchun qabul qilinadigan qaror asosligini ta’minlaydigan darajada to‘liq va holatga to‘g‘ri baho berilganlik darajasi.

  • To‘liqlik (Complete) – holat (voqea)ni har taraflama ifoda etgan axborot to‘liq hisoblanadi. To‘liq ma’lumot ishonchli bo‘ladi.

  • Qiymatli (Cost) - axborot uni olishdan ko‘ra ko‘proq foyda keltirishi zarur.

  • Tushunarli (Understandable) - axborot foydalanuvchilar uchun qulay va tushunarli bo‘lishi kerak.

  • Ta’alluqli (Relevant) - taqdim etilgan axborot masalaning asosiy jihatini qamrab olishi zarur.

  • Moslanuvchan (Adaptable) – axborot foydalanuvchining istak va talabiga mos bo‘lishi kerak.

  • O‘z vaqtidalik (Timely) - axborot qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan vaqtda etkazib berilishi zarur.

  • Oson-qulay (Easy) – axborotni olish, undan foydalanish qulay va oson bo‘lishi kerak.

Kishilik jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib borishi boshqaruv tizimi bilan birga uning mexanizmlarini ham takomillashib borishini talab etadi. XXI asr dunyo hamjamiyati tomonidan axborot texnologiyalar asri sifatida e’tirof etilmoqda. Axborot texnoologiyalar (AT) hozirda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Hozirda dunyoda katta hajmdagi ma’lumotlarni jamlaydigan, saqlaydigan va qayta ishlaydigan maxsus serverlar ishlab turibdi. Ushbu serverlar bazalarida mavjud ma’lumotlarni qayta ishlashni qo‘lda bajarish imkoniyati yo‘q, shuning uchun ularga zarur ishlov berish va saqlash operatsiyalarini bajarish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalaniladi. Axborot tizimlari tashkilotning ishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida axborotni boshqarish va taqdim etishni nazarda tutadi. Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish yoki taqdim etish bilan bog‘liq har qanday uskunani tavsiflaydi. Qisqacha aytganda, bu axborot tizimlari ishlaydigan apparatlar infratuzilmasi, ya’ni ish stoli, noutbuklar, serverlar va qattiq disklar kabi qurilmalardir. Davlat, jamiyat va iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalari har qanday boshqaruv bug‘ini o‘z faoliyatini yuritishni tashkil etish va o‘z funktsional vazifalarini bajarishlari uchun axborotlarga ehtiyoj sezadi. Qayd etilganidek axborotlar ichki va tashqi manbalardan olinishi mumkin. Shu tufayli boshqaruvu tuzilmasi va axborotlar tizimida o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi. Boshqaruv tizimi strategik, taktik va tezkor turlarga bo‘linadi. Ushbu boshqaruv tizimlarining har biri o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqib axborotlarni shakllantiradi hamda ular asosida boshqaruv qarorlari qabul qiladi. Boshqaruv tizimlari uchun taqdim etiladigan axborotlar ham boshqaruv ierarxiyasiga mos ravishda strategik, taktik va tezkor axborotlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismlari bo‘lgan moliyaviy, soliq va boshqaruv hisoblari ma’lumotlari asosida tuziladigan hisobotlardan olinadigan ma’lumotlar barcha manbalardan olinadigan axborotlar ichida aniqlik, haqqoniylik va ishonchiligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari
1. Biznes sub’yektlari va jamiyatda axborotning o‘rni?
2. Axborotlar va ularni tasniflash?
3. Axborotlar, ularga bo‘lgan talablar mazmun-mohiyati va talablar?
4. Ma’lumotlar turlari va ularning mazmun-mohiyati?
5. Boshqaruv tizimi va uning turlari?
Download 17.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling