Mavzu : Pedogogika kollejida olib boriladigan ma'naviy marifiy ish shakillari. Reja


Download 33.69 Kb.
bet1/4
Sana22.12.2022
Hajmi33.69 Kb.
#1041471
  1   2   3   4
Bog'liq
xx pedogogika kollejda


Mavzu : Pedogogika kollejida olib boriladigan ma'naviy - marifiy ish shakillari.
Reja :

  1. Pedagogika kolleji faoliyatini rejalashtirishni oʻrganishning asosiy vazifalari.

  2. Pedagogika kollejining yillik va istiqbol rejasi (nazariy).

  3. Pedagogika kolleji faoliyatini strategik rejalashtirish va boshqarish (amaliy).




  1. Pedagogika kolleji faoliyatini strategik rejalashtirish va boshqarish (nazariy)

Taʼlim tizimini rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va rejalashtirishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan eng samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni, boshqaruv yoʻnalishida bilim, koʻnikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi. Bu oʻz navbatida strategik boshqaruvning zaruriyatini belgilab beradi.
Strategiya [strategos] grekcha soʻz bulib, oʻzbek tilida “general sanʼati” degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida ham mazkur atama urush olib borish sanʼati, ijtimoiy-siyosiy koʻrashga rahbarlik qilish sanʼati va ilmi maʼnolarida talqin etilgan. Strategiya soʻzi bugungi kunda biron-bir faoliyatga rahbarlik qilish, korxona yoki muassasalar faoliyatini boshqarishda istiqbolni oldindan aniqlash, faoliyatni oldindan rejalashtirish, bajariladigan vazifalarning yoʻnalishini aniqlash, shuningdek, maqsadga erishishda natijalarni oldindan aniqlash va nazorat qilish yoʻnalishlarida keng qoʻllanilmoqda. Mazkur soʻzdan strategik reja, strategik rejalashtirish, boshqaruv strategiyasi, strategik boshqaruv kabi tushunchalar kelib chikkan boʻlib, bu tushunchalarning har biri oʻzining mazmun-mohiyatiga koʻra taʼlim muassasalarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Strategik reja - bu muassasada taʼlim tizimini rivojlantirish, taʼlim-tarbiya jarayonida koʻzlangan maqsadlarga erishish – kollej taʼlim tizimi yoʻnalishida uzoq (besh, oʻn yil va undan koʻproq muddatlarii oʻz ichiga oladi) muddatlarga moʻljallangan vazifalarni oʻz ichiga olgan dastur (istiqbol reja) boʻlib, u taʼlim muassasasining hamda rahbar-xodimlarning yillik va joriy rejalari uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Strategik rejalashtirish. Taʼlim muassasasining maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirish zarur boʻlgan vazifalarni belgilash, mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun boshqaruv funksiyalari, metodlari hamda maqsadlarini aniqlash va amalga oshirish yuzasidan strategik rejalar ishlab chiqish jarayoni boʻlib, bunda maqsad va vazifalarning ilmiy asoslanganligi, belgilangan muddatlarning aniqligi va obyektivligi, ijrochilarning bilimi va kasb mahorati, tashqi muhit taʼsiri, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, muassasa imkoniyatlari, shuningdek, boshqaruv strategiyasi, yaʼni strategiyani amalga oshirishni boshqarish yoʻnalishlari oʻrganilib tahlil qilinadi.
Boshqaruv strategiyasi - Koʻzlangan maqsadlarga erishishda taʼlim muassasasi faoliyatini takomillashtirish pedagog xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, strategik reja asosida faoliyatni tashkil etish va boshqarish yoʻnalishida asosan boshqaruvning ikki xil guruhini nazarda tutadi: strategik boshqaruv, konyunkturaviy boshqaruv. Amaliy faoliyatda u yoki bu boshqaruv yoʻnalishining ustunligi tashkiliy tizimning yangilik darajasi koʻrsatkichlari bilan belgilanadi.
Strategik boshqaruv - bu taʼlim muassasasining strategik maqsadi yoʻnalishida muassasa imkoniyatlarini pedagog xodimlarning umumiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatga tuzilgan dastur, reja va loyihalar asosida boshqarishdir. Strategik boshqaruv odatda mazkur tizimni boshqaruv madaniyatinnng yuqori darajasini belgilovchi keng innovatsion dasturlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Yaxshi strategiya va strategiyani aʼlo darajada amalga oshirish yaxshi boshqaruvning eng ishonchli belgisi hisoblanadi.
Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bogʻliq masalani hal etishga asoslanadi:
1. Taʼlim muassasasi bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni strategik koʻra bilishni, harakatlarning uzoq muddatli yoʻnalishini va aniq vazifani shakllantirish
2. Strategik koʻra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa aylantirish
3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish
4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tatbiq etish va amalga oshirish
5. Ish natijalarini baholash, yangi yoʻnalishlarni oʻrganish va rivojlanishning uzoq muddatli yoʻnalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, oʻzgaruvchan sharoitlar, yangi gʻoyalar va imkoniyatlarga nisbatan toʻgʻrilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish.
Muassasaning stratetik koʻra bilishi va zimmasidagi vazifasini shakllantirish. Bu vazifani bajarishda quyi tashkilotlarning rahbarlari quyidagi savolga javob berishi lozim: biz nima qilmoqchimiz va nimaga erishamiz? Zimmadagi vazifa bayon qilinganda muassasa faoliyatining tavsifi aniqlashadi va kelajakda nima qilishi kerakligi belgilanadi. Oʻz xodimlarida "maqsad tuygʻusi"ni yuzaga keltirish uchun, rahbar ularni tashkilotning strategik moʻljali va zimmadagi vazifa toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
Yaxshi oʻylangan strategik moʻljal tashkilotlarni istiqbolga tayyorlaydi, rivojlanishning uzoq muddatli yoʻnalishini belgilashga yordam beradi.
Maqsadlarni belgilash. Zimmadagi vazifa va rivojlanishning yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi rahbariyatning bayonini oʻzgartirish natijasi boʻlib tashkilot ishining aniq maqsad va vazifalari hisoblanadi. Ular tigʻiz, ammo erishsa boʻladigan boʻlishi lozim. Mitchell Leybovis (Pep Boys-Manny, Moe and Jack kompaniyasining direktor-farmoyishchisi) shunday degan edi: "Agar siz, oʻrtacha natijaga erishmoqchi boʻlsangiz, unda oʻz oldingizga oʻrtacha maqsadlarni qoʻying".
Maqsadlar – taʼlim muassasasi ish sifati va taraqqiyotini koʻrsatuvchi uning faoliyatini rejalashtiruvchi moʻljal hisoblanadi.
Rahbariyat tomonidan belgilanadigan maqsadlar qisqa va uzoq muddatliga ajratiladi. Qisqa muddatli maqsadlar rahbariyat yaqin vaqt ichida ega boʻlishi lozim boʻlganlarni belgilasa, uzoq muddatliligi ancha uzoq vaqt mobaynidagisini belgilaydi. Qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni uygʻunlashtirish kerak boʻlgan hollarda keyingisi ustuvor hisoblanadi.
Maqsadlarni belgilashda barcha rahbarlar ishtirok etishi lozim. Muassasa barcha xodimlari oldiga aniq vazifalar qoʻyiladi, bularni hal etish umumiy maqsadga erishilishiga muayyan hissa boʻlib qoʻshiladi. Mazkur holda tizimli yondashishdan foydalaniladi: xodimlar vazifasi muassasa umumiy maqsadlarning uzviy qismi hisoblanadi. Agar barcha darajadagi rahbar tegishli maqsad va vazifalarning bajarishi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olsa, bunda tashkilotda ishchanlik muhiti qaror topadi, bu ishda yuqori natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Maqsadga erishish strategiyasini ishlab chiqish. Strategiyani ishlab chiqishda asosiy boshqaruv muammosi, yaʼni tashkilot axloqini hisobga olgan holda samarali natijalarga va uning istiqboliga qanday erishish belgilanadi. Strategiya natijalarga erishish vositasi hisoblanadi. Bunday harakat tarziga tashkilot, maqsad vavazifalarga erishish uchun rahbarlar amal qilishi shart.
Taʼlim muassasasi strategiyasi asosiy boshqaruv vazifasini hal etishga yoʻnaltirilgan oʻzaro bogʻliq harakatlar va ishga yondashuvlar majmuidan iboratdir.

Download 33.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling