Mavzu : Pedogogika kollejida olib boriladigan ma'naviy marifiy ish shakillari. Reja


Pedagogika kolleji faoliyatini strategik rejalashtirish va boshqarish (amaliy)


Download 33.69 Kb.
bet3/4
Sana22.12.2022
Hajmi33.69 Kb.
#1041471
1   2   3   4
Bog'liq
xx pedogogika kollejda

3. Pedagogika kolleji faoliyatini strategik rejalashtirish va boshqarish (amaliy)
Strategik koʻra bilish
Konyunkturaviy boshqaruv - maʼlum bir davrda taʼlim muassasasining iqtisodiy holatini tavsiflovchi belgilar majmuasi bilan bogʻliq boʻladi.
Pedagogika kolleji faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirib borishda, eng avvalo koʻzlangan maqsadlarga erishishda faoliyatning strategik rejasini tuzish va mazkur reja asosida muassasaning istiqbol maqsadi va imkoniyatlarini xodimlar manfaati bilan uygʻunlashtirishnn hamda kollejning faoliyatini zamonaviy oʻzgarishlarga moslashtirib borish, taʼlim innovatsiyalarini joriy etishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli boshqaruv usullarnni boshqaruv jarayoniga tadbiq etish zarur. Bu oʻz navbatida istiqbolni tadqiq qilish va maqsadlarga erishishda rivojlanishga taʼsir etuvchi omillarni oldindan tahlil qilishda zaruriy bilim, rivojlantiruvchi bunyodkor gʻoyalar va ularni amalga oshirish sanʼati zaruriyatini belgilaydi.
Pedagogika kollejlarida innovatsion boshqaruv jarayonida muassasaning istiqbol maqsadi va imkoniyatini pedagog xodimlarning manfaatlari bilan uygʻunlashtiruvchi uzoq muddatli bosh­qaruv usullari - strategik boshqaruvning amaliyotga qoʻllanishi taʼlim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqaruv jarayonini takomillashtirish hamda taʼlim muassasasi oldidagi vazifalarni zamonaviy talablar darajasida bajarishda maxsus, funksional, mujassamlashtirilgan va diverenfikatsiyalashgan strategiyalarni qoʻllash orqali taʼlim samaradorligini oshirish mumkin.
Maxsus strategiya - taʼlim muassasasida taʼlim jarayoni samaradorligining pasayib ketishini, bolalar rivojlanish darajasining davlat talablari darajasidan tushib ketmasligini, shuningdek, tajribali, bilimli, oʻz kasbining fidoyilari boʻlgan pedagoglarning taʼlim muassasasidan ketib qolishlarining oldini olish maqsadila uzoq muddatta tuziladi.
Funksional strategiya - taʼlim muassasasining taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, boʻlimlari, jamoaviy boshqaruv organlari va maʼmuriyat hamda jamoatchilik tashkilotlari oldidagi vazifalarni amalga oshirish usullarini oʻz ichiga olgan ishchi strategiya hisoblanadi.
Mujassamlashtirilgan strategiya - taʼlim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning barcha yoʻnalishlarinn qamrab olgan hamda taʼlim muassasasining yaxlit faoliyatini oʻzida jamlagan moʻljaldir.
Diversifikatsiyalashgan strategiya taʼlim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, iqtidorli bolalarni aniqlash va ularga taʼlim jarayonida tabaqalashtirilgan yondashuvlarni joriy etish asosida bolalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini koʻtarish, katta guruh bolalari oʻrtasida raqobatbardosh, har tomonlama yetuk bitiruvchilar sonini koʻpaytirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish yoʻllarini ifodalaydi.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar va taʼlim tizimidagi islohotlar jarayonida amalga oshirilayotgan yangiliklarga taʼlim muassasasi faoliyatini muvofiqlashtirib borishda taʼlim muassasasi rahbarlari joriy rejalar bilan cheklanib qolmay, oʻz muassasalari kelajagi va rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillarni (1-shakl) hisobga olgan holda “strategik” uzoq (besh, oʻn yil va undan koʻproq) muddatlarga moʻljallangan istiqbol rejalarini tuzishi hamda ular asosida faoliyat olib borishi zarur.
Taʼlim muassasalarini rivojlantirish hamda boshqaruv jarayonini takomillashtirishda muassasaning rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar, rahbarlik uslublari, funksiya va metodlari, rahbar oʻzining boshqaruv faoliyatida afzal bilgan va asoslangan barcha usullar strategik boshqaruvning taktika va strategiyalaridan tashkil topgan tizim sifatida qaraladi.
Strategiyani ishlab chiqish va amaliy qoʻllash. Strategiyani ishlab chiqish taʼlim muassasasi ichki va tashqi holatiga tashxis qoʻyishdan boshlanadi. Nega? Chunki toʻgʻri tashxissiz yoki umuman, busiz chuqur oʻylanmagan strategik harakat qabul qilinishi mumkin.
Taʼlim muassasasi strategiyasi, qoidaga koʻra, quyidagi mutanosibliklardan iborat boʻladi:
- puxta oʻylangan va maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlar;
- agar kutilmagan yoʻnalish yuzaga chiqsa va zarur boʻlsa, unga javoban xatti-harakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir boʻlsa va h.k.
Taʼlim muassasasi strategiyasi bir vaqtning oʻzida ham rejadagi va adaptiv (moslashuvchan) hisoblanadi.
Taʼlim muassasasi strategiyasini tez-tez "zargarona sozlash" yoki boshqarish odatdagi hol hisoblanadi. Bular tashqi va ichki oʻzgarishlar miqdori sezilarli darajada jamlanishi boʻyicha amalga oshiriladi. Shuning uchun strategiya uzoq muddat mobaynida kamdan-kam holdagina oʻzgarmay qoladi. Biroq strategiyani tubdan oʻzgartirish kamdan-kam yuz beradi, qoidaga koʻra bilish va vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi va strategiyani qabul qilish, bu rivojlanish yoʻnalishini ishlab chiqish jarayonining asosiy vazifasi. Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi.
Strategiyani joriy etish va amalga oshirish. Strategiyani joriy etish asosiy maʼmuriy vazifadir, u oʻz ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi:

  • strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qodir muassasa tuzish;

  • koʻzlangan maqsadga jadal erishishga yoʻnaltirilgan asoslashni xodimlar uchun ishlab chiqish;

  • mukofatlash tizimini qoʻyilgan maqsadlarga erishish natijalar bilan bogʻlash;

  • Taʼlim muassasasida strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat tugʻdiruvchi muhit va ishonchli vaziyatni yuzaga keltirish;

  • Taʼlim muassasasining har bir aʼzosiga kunma-kun oʻz vazifasini samarali bajarishiga imkon beradigan qoʻllab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish;

  • muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish yoki qayta tayyorlashni) tadbiq etish;

  • strategiyani olgʻa siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni muntazam yaxshilash uchun zarur boʻlgan ichki yetakchilik tizimini joriy etish.

Maʼmuriy vazifa nima qilinayapti va strategiyani samarali amalga oshirish uchun nimalarni qilish kerakligining mutanosibligiga erishishdan iboratdir.
Strategiya bilan tashkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash tizimi, strategiya bilan qoʻllab-quvvatlash ichki tizimi, shuningdek, strategiya bilan tashkiliy madaniyat (qadriyatlar va eʼtiqodlar shaklida namoyon boʻluvchi) oʻrtasida mutanosiblik qancha yuqori boʻlsa, strategiya shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Ishlarni baholash, yangi yoʻnalishlarni oʻrganish va toʻgʻrilovchi harakatlarni amalga oshirish. Boshqaruv strategiyasining yuqorida koʻrib oʻtilgan toʻrt vazifasini birdaniga va doimiyga hal etib boʻlmaydi. Uzoq muddatli maqsadlar oʻzgartirishni taqozo etishi mumkin: ular oshirilishi yoki pasaytirilishi ehtimoldan holi emas, bu toʻplangan tajriba va kelajakdagi istiqbol bilan bogʻliq. Taʼlim muassasasi strategiyasini amalga oshirish yoʻllarini qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq yoʻllarini izlash amalga oshiriladi.
Taʼlim muassasasi vazifasi, maqsadi va strategiyasi, shuningdek, strategiyani amalga oshirishga yondashuv hech qachon tugal boʻlmaydi. Ishlarni baholash va toʻgʻrilash harakatlarni amalga oshirish meʼyoriy hol hisoblanadi va strategik boshqaruv jarayonining uzluksiz davom etadigan zarur elementi boʻlib qoladi.
Oʻquv yili ish rejasini ishlab chiqishning tashkiliy pedagogik tomonlari
Kollej oʻquv yili ish rejasini tuzishda, eng avvalo, asosiy
maqsadlar va vazifalarni belgilab olish zarur. Buning uchun barcha
tegishli meʼyoriy va rahbarlik hujjatlarini tavsiyalarni atroflicha oʻrganib, tahlil qilish hamda zarur xulosalarni belgilash talab qilinadi. Bu hujjatlarning asosiylari kirish soʻzida eslatib oʻtiladi. Shundan soʻng ish rejasining har bir boʻlimlari boʻyicha joriy oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar, ularning tahlili sifati
hamda samarasi haqidagi maʼlumotlar oʻrganiladi. Bunda rejada koʻrsatilgan, lekin turli sabablar bilan bajarilmayqolgan ishlarga alohida eʼtibor qaratilib, ularni davom ettirish masalasi tegishli tartibda koʻrib chiqiladi va yangi rejaga qanday mazmun va shaklda kiritish hal qilinadi. Masalan, tugallangan oʻquv yilida taʼlim-tarbiya borasida olib borilgan ishlar uch qismdan iborat tahlili unda oxirgi 3 yilning qiyosiy tahlili: yaʼni fan olimpiadasi, bilimlar sinovi, koʻrik tanlovlar va boshqa koʻrsatkichlar)dan kelib chiqib, tuman, shahar va respublika miqyosida yuqori natijalarga erishilgan ijobiy ishlar, kamchiliklar va muammolar oʻz aksini topishilozim.Yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalarni
belgilashda oʻtgan oʻquv yilidagi kamchiliklar va muammolar hamda
oʻquv yili davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta farmonlari va qarorlari, Vazirlar Maxkamasining taʼlimga oid qarorlari, Maktabgacha taʼlim vazirligining buyruq va hayʼat qarorlarida belgilangan ishlar mazmunidan kelib chiqib, yangi oʻquvyilining besh va undan ortiq yoʻnalish boʻyicha vazifalari belgilanadi. Yaʼni:
I yoʻnalish: “Tashkiliy-pedagogik”;
II yoʻnalish: “Oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish” (yoki taʼlim mazmunini takomillashtirish, uning samaradorligini
oshirish);
III yoʻnalish: “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar”;
IV yoʻnalish: “Metodik ishlar, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash va oʻz ustida mustaqil ishlash”;
V yoʻnalish: “Moddiy-texnik bazani mustahkamlash”;
VI yoʻnalish: “Ilgʻor tajribalarni oʻrganish, ommalashtirish”.
Har bir tegishli yoʻnalishlarni hisobga olingan holda mavzular
boʻyicha vazifalar belgilanadi. Yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni hisobga olib, har bir yoʻnalish boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan jadvallardagi muammo shart-sharoitlar va direktiv hujjatlarning bajarilishi, shuningdek, dolzarb muammoli mavzudagi masalalar kiritiladi (shu bilan birga, yuqorida eslatilgan direktiv hujjatlar
asosida pedagogik kengash, rahbar huzuridagi kengash, metodika kengashi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va metodbirlashma ish rejalari ham tuziladi).


Download 33.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling