Тетрадь на спирали


Kapital qo'yilmalar mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investi-tsiya shakllaridan biri hisoblanadi. Savol??? “Kapital qo’yilma” va “investitsiya” o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?


Download 0.71 Mb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1129773
1   2   3
Bog'liq
9-Мавзу inv

Kapital qo'yilmalar mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investi-tsiya shakllaridan biri hisoblanadi. Savol??? “Kapital qo’yilma” va “investitsiya” o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?


“Kapital qo’yilma" va "investitsiya" tushunchalari ma’no jihatidan bir xil hisoblanadi. “Kapital qo’yilma" atamasi direktiv iqtisodiyotda ishlatilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa “investitsiya” atamasi iqtisodiy kategoriya sifatida namoyon bo’ladi.

Kapital qo’yilmalar ahamiyati:


1.
    • kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va korxonalarning asosiy fondlarini yangilash, ijtimoiy ishlab chiqarishni qayta qurish va xalq xo‘jaligi tarmoqlarini mutanosib rivojlantirish uchun asos bolib xizmat qiladi;

2.
    • tarmoq uchun zarur xom-ashyo bazasini yaratishga, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirishga va mahsulot sifatini yaxshilashga, yangi mahsulot bozorlarini o‘zlashtirishga ko‘maklashadi;

3.
    • korxonalarning rentabelligini va bozor qiymatini oshiradi;

4.
    • ishsizlik muammosini tartibga soladi;

5.

2. Kapital qo’yilma shakllari.

Kapital qo’yilma shakllari:


Yangi qurilish.
Qayta qurish.
Texnik qayta jihozlash.
Modernizatsiya.
Mavjud korxonani kengaytirish.
Yangi qurilish
Yangi maydonlarda mahsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida korhona, bino, inshoot va qurilmalarni barpo etishdir.
Qayta qurish
Faoliyat yuritayotgan korhonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mehanizasiiyalashtirish va avtomatlash-tirish, tehnologik bo’g’inlar va yordamchi hizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirishni anglatadi. Qayta qurishda eski tsehlar o’rniga yangi tsehlarni qurishga ruhsat beriladi.
Texnik qayta jihozlash
Tehnik qayta jihozlash alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi tehnika tehnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mehanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunalami yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yahshilash yo’li bilan, korhonaning tehnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasidir.
U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quwatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yahshilashga yo’naltiriladi.
Modernizatsiya
Ob‘yektni yangilash, uni yangi talab va me'yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko'rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina-lar, uskunalar, texnologik jarayonlar (masalan, kompyuterlarni moderniza-tsiya qilish) modernizatsiya qilinadi.
Mavjud korxonani kengaytirish
Faoliyat yuritayotgan korhonani kengaytirish qo’shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo’shimcha, yordamchi va hizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi tsehlarini kengaytirish yoki qurilishini anglatadi.
U asosan, faoliyat yuritayotgan korhona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling