I-modul. Jahon adabiyotining qadimgi davri 1-mavzu: Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni (2 soat)


Download 23.32 Kb.
bet1/5
Sana11.11.2023
Hajmi23.32 Kb.
#1765797
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1ma\'ruza KIRISH


I-MODUL. JAHON ADABIYOTINING QADIMGI DAVRI
1-mavzu: Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni (2 soat).

Reja:


  1. “Jahon adabiyoti” fanining ob’ekti, fanning maqsad va vazifalari.

geografik miqyosi, davrlashtirilishi.

  1. “Jahon adabiyoti” fanining geografik miqyosi, davrlashtirilishi.

  2. Jahon adabiyotining qadimgi davri: Shumer,Vavilon, Misr, Hind, Xitoy, Yunon, Rim va turkiy tillar adabiyoti.



Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar.

“Jahon adabiyoti” fanining boshlanishi, obyekti, geografiyasi, davrlashtirilishi. Fanning maqsad va vazifalari. Jahon adabiyotining antik davri. Shumer, Misr, Hind, Xitoy, Yunon, Rim va turkiy xalqlar adabiyoti. Ularning o‘zaro mushtarak va farqli jihatlari. Jahon adabiyoti manbalariga tipologik, genetik, tarixiy madaniy yondashuv.



Ma‘ruza bayoni
1.“Jahon adabiyoti” fanining obyekti, fanning maqsad va vazifalari.

Jahon adabiyoti tarixi fanini o‘rganishdan asosiy maqsad – yer yuzidagi katta-kichik xalq, millat, elatlardan yetishib chiqib, yuksak mahorat bilan asar yaratgan adabiyot kishilarining ijodini tahlil qilish, yutuqlarini belgilab berish, ma’lum bir hududdagi adabiyotlar o‘rtasidagi mushtaraklikni aniqlab, jahon adabiyotida ro‘y berayotgan umumiy va xususiy o‘zgarishlarni qayd qilishdir. Ayni vaqtda ana shu o’zgarishlar asosida umumadabiyotning qonun-qoidalarini keltirib chiqarishga, uning taraqqiyot tendensiyalarini belgilab olishga ham yordam berishdir.


Biz ushbu fanni o’rganish jarayonida jahondagi turli xalqlarning adabiyoti, san’ati bilan tanishamiz, ulardan yetishib chiqqan yozuvchi, shoir va dramaturglar asarlarini tahlil qilish bilan jahon sivilizatsiyasining tarixi va taraqqiyot bosqichlari bilan ham tanishamiz.
Ushbu fanning vazifasi ham ana shular bilan belgilanadi va biz fanni o’zlashtirish jarayonida Yevroosiyo, Afrika, Amerika va boshqa hududlar adabiyotining eng sara namunalarini o’qib tahlil qilib boramiz.



Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling