Tur – evolyutsion jarayonning asosiy bosqichi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
9 семинар. Турларни пайдо булиши
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: 1. Tur tushunchasining ta’rifi. 2. Tur mezonlari. 3. Agam va klonal formalarda tur
- Tur tushunchasining ta’rifi
TUR – EVOLYUTSION JARAYONNING ASOSIY BOSQICHI Tayanch tushunchalar va bilimlar: • Tur ta’rifi, tur mezonlari. agam va klonal formalarda tur tushunchasi. Tur tarkibi, tur ichidagi munosabatlar REJA: 1. Tur tushunchasining ta’rifi. 2. Tur mezonlari. 3. Agam va klonal formalarda tur tushunchasining o`ziga xosligi. 4. Tur tarkibi. 5. Tur ichidagi munosabatlar. Tur tushunchasining ta’rifi • Tabiatda o`simliklar bilan hayvonlar turi nihoyatda ko`p bo`lishiga qaramay, hozircha tirik organizmlarning juda oz turlari har tomonlama o`rganilgan. Shu sababli, har bir turning o`ziga xos tomonlarini qamrab olgan tur ta’rifi hanuzgacha yaratilmagan. To`g`ri, biologiya fani tarixida turga juda ko`p ta’riflar berilgan. Biroq ko`pchilik hollarda bu ta’riflar turning ayrim belgilari yoki mezonlariga asoslangan xolos. Turni ta’riflashda ikki xil: tipologik va sof nazariy evolyutsion konsepsiyalar mavjud. Turning tipologik konsepsiyasida asosiy maqsad bir turni boshqa turdan ajratish hisoblanadi. Evolyutsion nuqtai nazardan turga ta’rif berishda, tur hayotning mavjud asosiy formasi ekanligi va unda ma’lum darajada evolyutsiya jarayoni ro`y berishi diqqat-markazida turadi. Turga berilgan bu ikki xil ta’rifdagi o`zaro qarama-qarshilik shundan iboratki, turni bilish uchun qo`llanilgan tipologik konsepsiyada uniig turg`un belgi-xossalari, ya’ni statikligi e’tiborga olinadi. Turga berilgan ta’rifning evolyutsion konsepsiyasida esa uning dinamik xarakteristikasi diqqat markazida bo`ladi. Sistematiklar tomonidan turga berilgan ta’riflar ichida umumiy va ayrim organizmlar guruhi (masalan, mikroorganizmlar, suvo`tlar, zamburug`lar, hasharotlar va hokazolar) ga xos xususiy ta’riflar bor. Lekin bu ta’riflarning hammasida ham har xil turlarni bir yoki ko`p belgilariga qarab farq qilishga asoslaniladi. Berilgan ta’riflarda turning umumiy va xususiy belgilari ko`pincha aralashtirib yuboriladi. Mayrning haqqoniy mulohazasiga ko`ra, «...birorta sistematik o`zidagi materialdan barcha sistematik hamkasblar uchun maqbul bo`lgan umumlashgan xulosaga kela olmaydi». • Hozirgi vaqtda tur ichidagi birliklar populyatsiyalar hamda ular guruhlarining murakkab integratsiyasidan iborat sistema sifatida e’tirof etiladi. Turni bunday keng politipik ma’noda ta’riflash uni xarakterlash uchun yagona tipik nusxa yetarli, deb hisoblagan tipologik konsepsiyadan tubdan farq qiladi. Politipik turlar haqidagi tasavvurlar vujudga kelishi tufayli turga morfologik farqiga qarab emas, balki populyatsiyalar orasidagi jinsiy bog`lanishlarga qarab ta’rif berila boshladi. Bu ta’rifda «biologik tur» tubandagi xossalarni o`zida mujassamlashtirgan bo`lishi kerak: • 1. Biologik tur jinsiy yo`l bilan ko`payadigan formalarda mavjud. • 2. Tur o`zaro qarindosh bo`lgan bitta yoki bir nechta populyatsiyadan tashkil topgan. • Populyatsiyaga mansub organizmlar o`rtasidagi munosabat ko`payish jihatdan bir- biriga bog`liq. • Bir turga mansub populyatsiyalarning boshqa turga mansub populyatsiyalardan jinsiy tomondan alohidalanishi biologik turning asosiy mezoni bo`lib xizmat qiladi. • Biologik turning bu ta’rifida bir qancha jiddiy kamchiliklar bor. Ular tubandagilardan iborat: • * Jinssiz yo`l bilan ko`payuvchi organizmlarda turlar mavjudligi yuqoridagi ta’riflarda inobatga olinmaydi. • * O`z populyatsiyasidagi boshqa organizmlar bilan chatishmaydigan mutant formalar tur darajasiga ko`tarilishi hisobga olinmagan. • * Mustaqil evolyutsiya jarayonida o`ziga xos morfologik-fiziologik belgilarga ega bo`lgan va ancha ilgari mustaqillashib olgan geografik va ekologik irqlar tur deb tan olinmaydi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling