Tur – evolyutsion jarayonning asosiy bosqichi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana07.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1244241
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9 семинар. Турларни пайдо булиши

Tur tarkibi

Ilgari ta’riflab o`tilganidek, ko`pchilik turlar politipik, ya’ni har xil
darajadagi formalarga va gruppalarga tabaqalashgan. Bunday
tabaqalanishning sabablari har xil. Ular turlar ichidagi polimorfizm, 
bioximiyaviy, fiziologik, jinsiy, yosh, fasl, ekologik, geografik, genotipik, 
modifikatsion farqlar asosida tabaqalashadi.

Turlar ichidagi xilma-xil farqni aniq tasavvur etish uchun ularni quyidagi
guruhlarga bo`lish mumkin:

1.Hozirgi vaqtda vujudga kelgan, lekin haligacha tabiiy tanlanish ta’siriga
uchra-magan farqlar (mutatsiyalar, morfozlar, modifikatsiyalar).

2.Tarixiy jarayonda tabiiy tanlanish ta’siri tufayli vujudga kelgan hamda
adaptiv ahamiyatga ega farqlar.

3.Adaptiv bo`lmagan yoki muayyan sharoitda o`zining adaptiv ahamiyatini
yo`qotgan ya’ni pleyotropiya, korrelyatsiya, genetik, avtomatik jarayonlar
bilan bog`liq holda paydo bo`lgan farqlar. Turlar ichidagi birinchi
gruppa farqlar bevosita boshlang`ich evolyutsiya jarayoni bilan belgilanadi. 
Ular ikkinchi gruppa farqlarni vujudga keltirishda zamin hisoblanishini
qayd etish kerak. Tirik tabiatdagi bunday uzluksiz jarayonlar turlar
ichidagi tabaqalanishga olib keladi. Turlar ichidagi struktura birliklarini
ajratish va aniq ta’riflash nihoyatda qiyin. Chunki har xil turlarda
tabaqalanish har xil darajada namoyon bo`ladi. 



Morfologik va morfologik-geografik tadqiqotlarning ekologik, genetik, sitogenetik, 
fiziologik, bioximiyaviy tadqiqotlar bilan to`ldirilishi natijasida turlarni kompleks
jihatdan o`rganish imkoniyati tug`ildi. Oqibatda ularning struktura birligi haqidagi
masala ma’lum darajada oydinlashdi. Zavadskiy ko`proq o`simlik turlarini
o`rganish sohasidagi ma’lumotlarni xulosalab, tur ichida quyidagi birlik sistemalari
borligini ta’kidladi:

Yarim tur — deyarli yosh tur holatiga etgan geografik va ekologik irqlar.

Kenja tur — shakllangan geografik va ekologik irqlar. Dastlab kenja tur tushunchasi
XVIII asrdan boshlab qo`llanilib, u tur xili tushunchasining o`rnida ishlatildi, kenja
tur ma’lum arealda tarqalgan, fenotipik jihatdan o`xshash bo`lgan, muayyan
turning boshqa populyatsiyalaridan taksonomik jihatdan farq qilgan
organizmlar populyatsiyasidan iborat. Albatta, kenja turning bu ta’rifi bir oz nisbiy
hisoblanadi.
Lekin o`zgaruvchan turlarni boshqa geografik, ekologik populyatsiyalardan farq
qilishda u ma’lum qulaylikka ega.

Ekotip — mahalliy ekologik irq bo`lib, uning belgilar hayot sharoiti bilan
ifodalanadi (masalan, har xil botqoq, sho`r tuproq, shimol va janub yonbag`irlar
ekotipi va hokazo). Bu tushuncha asosan botaniklar tomonidan qo`llaniladi. 

4.Mahalliy populyatsiya — ma’lum territoriyani ishg`ol qilgan, o`z-o`zidan ko`paya
oladigan, nisbatan alohidalashgan organizmlar majmuasi. Bu turning asosiy birligi
ozmi-ko`pmi alohidalashgan struktura elementi hisoblanadi. O`simliklar va
hayvonlar mahalliy sharoitga moslanish bilan tanlana boradi. O`simliklar va yuksak
hayvonlarda asosiy farqlar ularning muhitga bog`liqlik darajasi va fiziologik
adaptatsiyalarining fenotipik tomondan namoyon bo`lishi bilan ifodalanadi. 
O`simlik turlari va o`troq hayot kechiruvchi ko`pgina umurtqasiz hayvonlarning
ayrim turlari butunlay muhitga bog`liq bo`lib, muhit ta’siri ularning fenotipida o`z
ifodasini topadi.



5.Ekoelement — populyatsiya ichidagi forma bo`lib, u xilma-xillik hosil
qilmaydigan yagona genetik kompleksdan tashkil topadi. Shunga ko`ra, u 
populyatsiyadan ajralib, mustaqil yashaydigan ekotip hosil qiladi.

6.Morfo-biologik gruppa — populyatsiya ichidagi organizmlar guruhi. 
Ular bir xil va har xil genetik asosga va ma’lum morfologik-fiziologik
xossalarga ega bo`lib, tashqi muhitda har xil ta’sirlanadi.

7. Biotip — populyatsiya genetik strukturasining dastlabki element birligi
bo`lib, ma’lum genotip bilan ifodalangan fenotiplar yig`indisidan iborat. 
Biotip tarkibiga kiruvchi organizmlar genotipik tomondan juda o`xshash
bo`ladi. Ular o`ziga o`xshash organizmlar guruhidan bir yoki bir necha
mutatsiya bilan farq qiladi.

Yuqorida keltirilgan tur ichidagi birliklar sistemasi yagona hisoblanmaydi. 
Lekin ular tur strukturasini to`la ifoda qiladi. Bu sistema turning 
boshlang`ich struktura elementi mahalliy populyatsiyadir, degan
mulohazaga asoslanadi. Hozirgi vaqtda barch olimlar e’tirof etadigan tur
ichidagi birliklar sistemasi mavjud emas. Bu hodisa tur ichida farqlar turli
birliklarning murakkab o`zaro bog`liqligi birining — ikkinchisiga o`tish
xilma-xilligi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, turning tarixiy
rivojlanishida uni strukturasi doim o`zgarib boradi. Tur strukturasini
o`rganish tur paydo bo`lish qonuniyatlarini bilish evolyutsiya jarayoni
dastlab qaysi yo`nalishda borishini, tur qanday imkoniyatlarga ega
ekanligini tushuntirishda muhim ahamiyatga ega.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling