Tur – evolyutsion jarayonning asosiy bosqichi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana07.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1244241
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9 семинар. Турларни пайдо булиши

Qushlar
orasidagi
uya uchun
kurash.



Tur ichidagi munosabatlar xarakteri bo`yicha o`zaro kurash, 
raqobat, hamkorlik, yordam formasida ro`y beradi. Individual 
va gruppa o`rtasidagi kurash, raqobat, o`zaro yordam va
hamkorlik ko`pincha biri-ikkinchisiga o`tib turadi va bir
hodisaning har xil ko`rinishi sifatida namoyon bo`ladi (2, 3-
rasmlar).Organizmlar o`rtasidagi munosabatlarning ijobiy va
salbiy tomoni bor. Buni dengiz mushuklarining poligam
oilalarida ko`rish mumkin. Bu holatda poligamlik turga
mansub organizmlarning optimal sonini belgilash bo`yicha
moslanish hisoblanadi. Biroq bu moslanishning salbiy
tomonlari ham bor. Yangi tug`ilgan dengiz mushuklarida
erkak va urg`ochi formalarning o`zaro nisbati 1:1 ga teng
bo`lib, voyaga etgan organizmlarda esa 30—50 ta urg`ochiga
bitta erkagi to`g`ri keladi. Olti yoshgacha erkak va urg`ochi
formalar bir xil nisbatda nobud bo`ladi. Yetti yoshdan so`ng, 
ya’ni erkaklari to`la boshliq bo`lish uchun o`zaro kurash
boshlaganidan keyin o`lish birmuncha ko`payadi va erkaklari
to`da soniniig ⅓ ga to`g`ri keladi (4-rasm). Jinsiy tanlanish
tufayli eng kuchli erkak individlar saqlana boradi. Bu esa jinsiy
dimorfizmning keskin ifodalanishiga olib keladi.



Keyingi hodisa yirtqich qushlar va boshqa hayvonlarda ham tez-tez
kuzatilgan. Kannibalizm tur ichidagi ochiq antagonistik
munosabatlarga misol bo`lsa ham, lekin ba’zi hollarda (oziq
yetishmaganda yoki jinsiy tomondan voyaga etgan ko`pchilik
organizmlarning o`lish imkoniyati ro`y berganda) oziqlanishning bu
usuli turning yashab qolishiga qaratilgan bo`ladi.

Tabiatda kannibalizmning ajoyib holatlari uchraydi. Amerika
salamandralarida erkak organizm naslini himoya qilish bo`yicha
yaxshi ifodalangan instinktga ega. Shuning uchun ular urg`ochilari
qo`ygan tuxumni inkubatsiya davrida hech qayoqqa qo`zg`almay
qo`riqlaydi. Ayni bir vaqtda ular och qolgan taqdirda o`zi
qo`riqlayotgan tuxumning bir qismini yeb qo`yadi, binobarin, bu
moslanishda bir-biriga qarama-qarshi ikki hodisa — kannibalizm va
nasl uchun qayg`urish o`z ifodasini topadi. 

Tur ichidagi munosabatlarning qarama-qarshiligini tajribada ham 
kuzatish mumkin. Drozofila lichinkalari ma’lum zichlikda joylashsa, 
oziq muhitini egallash uchun o`zaro raqobatda bo`ladi, Lekin oziq
ustini yumshatish orqali, chamasi, ular o`z dushmani bo`lgan
zamburug` va bakteriyalarning rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va shu
bilan bir-biriga ko`maklashadi.



Tur va populyatsiya ichidagi organizmlar soni turga xos moslanish
hisoblanadi. Turga mansub organizmlarning uzoq vaqtgacha son 
jihatdan orta borishi tur gullab-yashnayotganligining, aksincha, ular
sonining kamayib borishi turning moslanishi susayayotganligining
yoki tur nobud bo`layotganligining ko`rsatkichi hisoblanadi. Bir
turga mansub organizmlarning son jihatdan ko`payishi va uning
evolyutsiya uchun ahamiyati haqida xar xil fikrlar bor. Darvin va
uning safdoshlari organizmlarning son jihatdan ortib ketishi
evolyutsiya uchun katta ahamiyatga ega bo`lsa ham, biroq u tabiiy
tanlanishning yagona omili emas, deb hisoblaydilar.

4-rasm. Dengiz
mushuklarida tur
ichidagi asosiy
munosabatlar (u dam 
olayotgan vaqt).



Aksincha, A. Uolles, K. Timiryazevlar esa organizmlarning
haddan tashqari ko`payib ketishiga tabiatda tanlanishning
zarur omili, deb qayd qildilar. Uchinchi gruppa olimlar (I. I. 
Mechnikov) tabiatda organizmlar haddan tashqari ko`payishi
mumkin, lekin bu evolyutsiyani to`xtatib qo`yadi, degan edilar.

Ko`pgina mualliflar (N.G.Chernishevskiy, L.S. Berg) esa
organizmlarning haddan tashqari ko`payib ketishi salbiy
ahamiyatga ega, chunki bu organizmlarni ko`plab nobud qiladi, 
deb e’tirof etdilar. Ayrim olimlar asarida organizmlarning
haddan tashqari ko`payib ketish hollari, o`simliklar
rivojlanishining ma’lum bosqichida hayvonot olamining esa
tuban bosqichida ro`y beradi, biroq evolyutsiyaning asosiy
yo`nalishi uning ishtirokisiz vujudga keladi, deb ta’kidladi. 
Lekin bu hodisa ba’zi olimlar (J. Lamark, T. Lisenko) 
tomonidan inkor etildi. Shmalgauzen fikricha, bu hodisa
muayyan turga mansub organizmlar soni dinamikasining
xususiy hodisasi bo`lib, tor doirada ixtisoslashishga, 
serpushtlikning qisqarishiga, progressiv evolyutsiya
imkoniyatining kamayishiga, sur’atining esa pasayishiga olib
keladi.


Etiboringiz
uchun rahmat!

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling