Tur – evolyutsion jarayonning asosiy bosqichi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
9 семинар. Турларни пайдо булиши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Morfologik mezon
- Turning morfologik mezoni • Fiziologik-bioximiyaviy mezon.
Tur mezonlari
• Tur organik olamning nihoyatda murakkab va ko`p qirrali ko`rinishlaridan biridir. Shunga ko`ra, uni o`rganishda faqat ayrim belgi-xossalariga asoslanmay, balki unga kompleks yondashish kerak. Shu nuqtai nazardan olganda, tur mezonlari diqqatga sazovordir. Turni aniqlashda qo`llaniladigan quyidagi mezonlar mavjud. • Morfologik mezon Djon Rey va K. Linney davridan boshlab qo`llanib kelinayotgan bo`lib, tekshirilayotgan tur uchun xos bo`lgan belgilarni aniqlash maqsadida uni morfologik-anatomik tomondan analiz qilishni ko`zda tutadi. Masalan, O`zbekistonda tarqalgan g`o`zaning ikki turiga mansub formalar bir qancha morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Xususan, G. xirzutum turiga mansub formalar bargining rangi, shakli, ko`saklarining shakli, vazni, chanoqlar soni, gultojibarglarining rangi, shakli, hajmi va boshqa bir qancha belgi-xossalari bilan G. barbadenze turiga mansub formalardan farq qiladi. Xuddi shunday hodisani eski Dunyo g`o`zalari G. arboreum va G. xerbaceumda ham ko`rish mumkin. • Chittaklar avlodida ham har bir tur o`zining xarakterli belgilari bilan bir- biridan ajralib turadi, Masalan, tojdor chittakning boshida toji bo`lib, tepa qismi olachipor rangda. Boshqa chittak turlari, xususan, katta chittak, qo`ng`ir boshli chittaklar boshining tepa qismi qora rangda bo`lib, toji bo`lmaydi. Keyingi ikki turga mansub organizmlar kattaligi, qorin qismining rangi bilan ham bir-biridan yaqqol farq qiladi. Katta chittak yirik, qorin qismida sariq dog`i bor. Qo`ng`ir boshli chittak esa kichikroq, qorin kismida sariq rangi bo`lmaydi. • Turning morfologik mezoni • Fiziologik-bioximiyaviy mezon. Tabiatda har xil turlarga mansub organizmlar jinsiy tomondan o`zaro mustaqillashgan, alohidalashgan bo`ladi. Buning ikki xil sababi bor. Birinchi sabab shuki, har bir hayvon turining jinsiy yetuk formalari qo`shilishidan oldin o`ziga xos hulq-atvorga ega bo`ladi. Urchish davrida paydo bo`ladigan maxsus ranglarni namoyish qilish, hid chiqarish, tovush signallari (parrandalarning sayrashi, chigirtkalarning chirillashi va hokazolar), qo`shilish oldidan bo`ladigan turli harakatlar (parrandalar, mollyuskalar va boshqa hayvonlarning urchish raqslari) shular toifasiga kiradi. • Hayvonlar o`rtasida bir-biriga yaqin bo`lgan turlar qo`shilish organlarining o`zaro farq qilishi ham ularning chatishishida to`sqinlik qiluvchi omildir. Gulli o`simliklarda turlararo chatishishga, odatda, bir turning changi ikkinchi tur gulining tumshuqchasida unmasligi to`sqinlik qiladi. Ba’zi hollarda chang urug`chi tumshuqchasida usa boshlasa ham, lekin chang naychalari sekin o`sib, murtak xaltachasiga yetib bormaydi va oqibatda urug`lanish sodir bo`lmaydi. Tabiatda har xil turlarga mansub organizmlar alohidalanish mexanizmining ikkinchi katta guruhi urug`lanishidan keyin vujudga kelgan alohidalanish bilan bog`liqdir. Urug`lanishdan keyin zigotalarning (turlararo duragaylashda) qisman yoki tamomila pushtsizligi hamda hayotchanligining pasayishi shular toifasidandir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling