I-modul. Jahon adabiyotining qadimgi davri 1-mavzu: Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni (2 soat)


“Jahon adabiyoti” fanining geografik miqyosi, davrlashtirilishi


Download 23.32 Kb.
bet2/5
Sana11.11.2023
Hajmi23.32 Kb.
#1765797
1   2   3   4   5
Bog'liq
1ma\'ruza KIRISH

2. “Jahon adabiyoti” fanining geografik miqyosi, davrlashtirilishi.

«Jahon adabiyoti tarixi» fani umumadabiyotni o‘rganishni ma’lum bir tizimga solish uchun, avvalo, uni hududlarga asoslangan holda bo‘lib chiqadi. Bunday hududiy bo‘linish quyidagichadir:



  1. Sharq adabiyoti: Hind-xitoy xalqlari adabiyoti, yapon adabiyoti, Avstraliya, Zelandiya va Okeaniya xalqlari adabiyoti, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari adabiyoti, Kavkaz xalqlari adabiyoti.

  2. G‘arb adabiyoti: Yevropa xalqlari adabiyoti, Skandinaviya xalqlari adabiyoti.

  3. Afrika xalqlari adabiyoti.

  4. Arab xalqlari adabiyoti.

  5. Amerika xalqlari adabiyoti.

Ushbu hududiy bo’linishlar o’sha xalqlarning o’rnashgan joyi, etnik yaqinligi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy taraqqiyot bosqichlaridagi rivojning yaqinligi bilan belgilanadi. Bu bo’linishlar o’z navbatida yana kichik-kichik qismlarga bo’linib boradiki, bu masala keyingi mavzularda hal qilib boriladi. Masalan, O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlari adabiyoti: o’zbek adabiyoti, qirg’iz adabiyoti, qozoq adabiyoti, tojik adabiyoti, qoraqalpoq adabiyotidan iborat. Hududiy bo’linishning ilmiy afzalligi shundaki, har bir o’quvchi jahon xalqlari adabiyotini o’rganar ekan, turli-tuman adabiyotni bir-biri bilan adashtirib yubormaydi, ularni bir-biriga qiyoslay oladi. Har bir katta hududiy adabiyotning o’ziga xos tomonlarini o’zlashtira oladi.
Ushbu soha o’ta keng, o’rganilishi kerak bo’lgan adabiyotlar ko’pligi sababli jahon adabiyotini taraqqiyot bosqichlariga ham bo’lib chiqishga to’g’ri keladi. Chunki tarixiy jarayonlar, tuzumlar adabiyotga ham kuchli ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi, albatta.
Jahon adabiyotining tarixiy taraqqiyoti eng avvalo quyidagi katta davrlardan iborat:

  1. Antik adabiyot. Bu davr adabiyoti eramizdan avvalgi yillardan to yangi eraning boshlarigacha bo‘lgan badiiy asarlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, qadimgi yunon adabiyoti.

  2. Yangi davr adabiyoti. Bu davr adabiyoti esa, eramizning birinchi asridan boshlab, to XIII-XV asrlargacha bo‘lgan adabiy hayotni qamrab oladi.

  3. O‘rta asrlar adabiyoti. Bu davr adabiyoti XVI asrdan XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrda yaratilgan jahon adabiyoti namunalarini o’z ichiga oladi.

  4. Zamonaviy davr adabiyoti. Bu adabiyot XX asr boshlaridan to shu kungacha bo’lgan jahon xalqlari adabiyotining eng yaxshi namunalarini o’zida jamlagan.

Ushbu katta davrlar ham o’z navbatida yana yangi bosqichlardan iborat bo’lib, unda ikki xil manzarani ko’ramiz: umumjahon adabiyotiga xos taraqqiyot bosqichlari, alohida olingan millat adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.
Antik davr adabiyotining hududi eramizdan avvalgi ming yilliklardan boshlanib to era boshiga qadar davom etgan. Antik davr adabiyotining yuksak taraqqiyoti qadim yunon adabiyoti va san’ati bilan bog’liq. Chunki davlatning qaror topishi, turli urushlar tufayli uning kengayib va boyib borishi yunon ijtimoiy ongiga kuchli ta’sir qildi. Natijada adabiyot, haykaltaroshlik, rassomlik, musiqa, teatr kabi san’at turlari boshqa joydagiga nisbatan bu yerda kuchli taraqqiy topdi.
Yangi davr adabiyoti eramizning birinchi yuz yilliklaridan boshlanib, to XV asrga qadar davom etgan. Bu davrda endi Sharq adabiyotida katta bir ko’tarilish – uyg’onish davrini ko’ramiz. Eng noyob asarlar «Avesto», «Qutadg’u bilig», «Devonu lug’otit turk», «Hibbat-ul haqoyiq», Navoiy ijodi ana shu davr mevasidir. Bu asarlar o‘z navbatida jahon adabiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatadi: unga tasavvuf falsafasini olib kirdi, «inson adabiyotning eng chuqur o’rganishi kerak bo’lgan perdmetidir» degan qoidani ham ana shu adabiyot olib kirdi.
O’rta asrlar adabiyoti asosan XVII-XIX asrlar bilan (shartli ravishda) belgilanib, bu davr yevropa adabiyotining o’ta tez yuksalishi bilan belgilanadi. Chunki XVI asrlardan boshlab yevropada avval sanoat, keyinroq esa texnika tezkorlik bilan rivojlandi. Yevropa mamlakatlari dengiz yo’li bilan juda ko’p joylarni mustamlakaga aylantirdilar. Natijada iqtisodiy daromad ijtimoiy ong taraqqiyotiga ta’sir qildi. Aynan shu davrdan boshlab Amerika adabiyoti davriga kelib endi adabiyotlar taraqqiyot bosqichlari ma’lum bir tartibda, deyarli bir xil rivojga tushdi. Chunki jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy, texnikaviy hamkorliklar madaniyatni, xususan, adabiyotni ham bir chiziqqa olib keladi.


Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling