I-modul. Jahon adabiyotining qadimgi davri 1-mavzu: Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni (2 soat)


Jahon adabiyotining antik davri: Vavilon, Misr, Hind, Xitoy, Yunon, Rim va turkiy tillar adabiyoti


Download 23.32 Kb.
bet3/5
Sana11.11.2023
Hajmi23.32 Kb.
#1765797
1   2   3   4   5
Bog'liq
1ma\'ruza KIRISH

3.Jahon adabiyotining antik davri: Vavilon, Misr, Hind, Xitoy, Yunon, Rim va turkiy tillar adabiyoti.
Adabiyotning o’zini anglash ehtiyoji uning o’ziga egiz tug’ilgan, desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi. Negaki, badiiy ijod tabiati, adabiyotning mohiyati va vazifalari haqidagi o’y-mulohazalar bizgacha yetib kelgan eng ko’hna yozma manbalarda ham uchraydi. Shuni ham qayd etish lozimki, ko’hna yozma manbalar orasida ilmiy muomalada kengroq ommalashgani va chuqurroq o’rganilgani qadimgi yunon-rim yozma yodgorliklaridir. Shu bois ham qadimiyat haqida so’z ketganda ko’proq shu manbalarga tayaniladi. Holbuki, qadim Shumer yoki Misr, Xitoy yoki Hind madaniyati ahamiyati jihatidan aslo kam emas, biroq yuqoridagi sabablarga ko’ra ularni istifoda etish hozircha qiyinroq. Masalaning yana bir jihatini ham e’tiborda tutmoq zarur: aslida, agar folklorning yozma adabiyotdan qadimiyligini e’tiborga olsak, adabiyot haqidagi qarashlarning ildizlari xalq og’zaki ijodidan suv ichishi tayin. Biroq bu haqiqatni e’tirof etgan holda, xalq og’zaki ijodi namunalarining yozuvda muhrlanishi keyingi davrlarda amalga oshgani, bunga qadar ularning qadimiy matni saqlanmaganini hisobga olib, yana yozma manbalarga qaytishga majbur bo’lamiz.
Turkiy xalqlar og’zaki ijodi bilan miloddan avvalgi 2800-yilda yashagan Gilgamishxon va uning sharafiga sopol lavhalarda bitilgan dostonlar davrining ma’lum jihatdan o’xshashlik tomonlari bor. O’tgan asrning 40-yillarida ingliz arxeologi Leyard Ossuriya poytaxti Nineviya xarobalarini o’rgana boshladi. Tekshirish natijasida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal saroyi qoldiqlaridan mixxat belgilari bilan qoplangan 20 ming sopol kitobga ega bo’lgan kutubxona qo’lga kiritildi.
Ashshurbanipal Ossuriyaning eng ilmsevar, ma’rifatparvar shohlaridan biridir. Uning shohlik davri (miloddan avvalgi 669-630 yillar) jahonda kimmer hamda skiflar katta mavqyeni egallagan vaqtga to’g’ri keladi. Ashshurbanipal davlatni mustahkamlash uchun o’z mamlakati atrofidagi Misr, Bobil, Urartu, Lidiya kabi mamlakatlar bilan ittifoq tuzgan. Lekin Shimol tomondan kimmer va skif qavmlarining Kichik Osiyo tomon yurish qilishlari Ashshurbanipalni tashvishga sola boshlaydi. Ossuriya shohi Lidiya davlatidan ham xavfsirar edi. Kichik Osiyoning keng dalalarida hukmronligini o’tkazib, Egey va O’rta dengizga chiqishga urinayotgan kimmeriylar Lidiya davlatining kuchi zaiflashishiga sabab bo’ldi. Bu esa bir muncha vaqt Ashshurbanipal o’z mavqyeini saqlab turishiga yordam berdi.
Ashshurbanipal podsholigining so’nggi yillarida Kichik Osiyoga kimmeriylar orqasidan skiflar bostirib kelishdi. Ular dastlab Suriya va Falastin mamlakatlarini ishg’ol etishib, Ossuriya va Misr chegaralariga yetib keladilar. Sais davlatining hukmdori Psammetik skiflarga sovg’a berib, jon saqlaydi. Barcha jabrni Ossuriya davlati tortadi. 612- yilda Midiya podshosi Kayxisrav va Bobil hukmdori Nabupalasar kelishgan holda Ossuriyaga hujum qilishadi. Ular mamlakat poytaxti Nineviyani ishg’ol qilishib, shoh saroyiga o’t qo’yadilar. Ashshurbanipal asos solgan kutubxona vayron etilib, sopol kitoblar parchalanadi, lekin yong’indan zarar ko’rmaydi. Ingliz arxeologi Leyard ikki yarim ming yil yer ostida yotib chirimagan sopol kitoblarni qo’lga kiritmaganida, ehtimol, biz jahon madaniyatining nodir xazinasidan balki hali bahramand bo’lmas edik.
Midiyalik va bobillik johillar tomonidan yondirilgan kutubxona xazinasida qadimgi ajdodlarimiz yaratgan adabiy yodgorliklar borligini tan olish g’oyat faxrlanarlidir. Bu sopol kitoblar eramizdan oldingi 2000 yillarda so’zlashuvdan qolgan shumer (sumer) tilida bitilgan deb hisoblanadi. Amerikalik shumershunos S.N.Kramerning isbotlashicha, shumeriylar yaratgan adabiy syujetlar va ilmiy kashfiyotlarni boshqa xalqlar, jumladan, bobilliklar o’zlashtirganlar. Shumeriylar Messopatamiyada – Dajla va Frot (turkiylar buni O’kuz deb atashgan) daryosi oralig’ida yashashgan.
Ashshurbanipal kutubxonasidan topilgan sopol kitoblar orasidan ikki daryo oralig’i — Messopatamiyaning ulug’ tarixiy – afsonaviy qahramoni Gilgamish haqidagi she’rlar turkumi ham uchraydi. Bu she’rlarni keyinchalik akkadlar o’zlashtirib olishgan va o’z tillarida 12 qismdan iborat tugal doston yaratishgan. Shumer tilidagi sopol kitoblar topilgunga qadar bu doston akkadlarning adabiy merosi sifatida mashhur bo’lgan. Zotan, doston ijodkorlari shumerlardan yetib kelgan adabiy parchalarni ma’lum bir tizimga solishgan, qahramonlarning asl nomlarini o’z tillari va urf-odatlariga moslab o’zlashtirishgan, qo’shimcha voqyealar kiritishgan. Akkadlar dostoni «Gilgamish» deb atalgan. Qadimshunoslar bu asarning mukammaligini asos qilishib, ko’proq akkad shakllariga murojaat etishgan. Chunonchi, shumer va akkadshunos I.M.Dyakonov ham dostonni rus tiliga akkadchadan tarjima qilgan.
Shumer tilidagi sopol hujjatlar doston qahramoni tarixiy shaxs bo’lganligini ko’rsatadi. I.M.Dyakonov ma’lumot berishicha, miloddan avvalgi XXVII asr yozuvlarida Bilgames yoki Belgemes shaklidagi shumer xudolarining nomlari uchraydi. 2800-2700 yillarda esa Unug shahrining qoxini va qo’shin boshlig’i Gilgamish (yoki Bilgames) bo’lgan. Bu shaharning nomi qadimgi yahudiy tilida Erex, akkadlarda Uruk, yunonlarda Orxoy, hozirda esa Varka nomi bilan aytilgan. Arxeologlar Unug shahri tarixda bo’lgan va qalin devorlar bilan ko’tarilganligini isbotlashgan.
Jahon adabiyoti tarixiga Sofokl, asosan, Edip haqidagi rivoyatlar mavzuida yozilgan asarlari «Shoh Edip», «Edip Kolonda» va «Antigona» tragediyalari bilan kiradi.

Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling