Antik davr Yunon va rim adabiyoti” Gomer, Sofokl


Download 0.63 Mb.
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1101182
  1   2   3
Bog'liq
Antik davr Yunon va rim adabiyoti

"Antik davr Yunon va rim adabiyoti”

Ismoilova Musharraf MT 1905Group

Sofokl hayoti va ijodi

  • SOFOKL (Sophokles) (taxm. mil. av. 496—406) — yunon dramaturgi, shoir, siyosiy va harbiy arbob. Antik manbalarga koʻra, 123 drama yozgan, shulardan 7 tasi («Ayaks», 442-y. dan oldinroq; «Antigona», taxm 441; «Traxinalik ayollar», yozilgan vakti nomaʼlum; «Shoh Edip» va «Elektra», 43015-y. lar orasida; «Filoktet», 409; «Edip Kolonda», 401) va ayrim dramalaridan parchalar, baʼzi lirik sheʼrlari yetib kelgan. Sofokl oʻtmishdoshi Esxil va izdoshi Yevripiddan farkli oʻlaroq, voqelikni qanday boʻlsa, shunday qabul qilib, Yunonistonning gullagan davridagi demokratiya asoslariga shubha bilan qaramagan. Sofokl antik davr tragediyalari uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan shaxsning maʼnaviy shakllanishi muammosini yechishda dunyoning Parvardigor tomonidan idora etilishini nazardan qochirmagan.

Shoh EdiP

  • „Shoh Edip: Tragediya“ — yunon dramaturgi Sofokl qalamiga mansub „Shoh Edip“ tragediyasining Asqad Muxtor oʻgirgan oʻzbekcha tarjimasi. Bu tarjima asarning oʻzbek tilidagi ilk va yagona tarjimasidir. Muxtor asarni 1958-yilda Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida chop etilgan ruscha tarjimasidan oʻzbekchaga oʻgirgan. Oʻzbekcha tarjima 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan

„Shoh Edip“ tragediyasida qadimgi yunon mifologiyasidan keng foydalanilgan. Sofoklning ijodiy choʻqqisi hisoblangan bu asar oʻtgan 2500 yil mobaynida jahon teatri sahnasidan tushmay keladi. Muxtor tragediyani oʻzbekchaga erkin tarjima qilgan: oʻzbek kitobxoni uchun tushunish qiyin boʻlgan joy, elat nomlari hamda atamalar oʻzgartirilgan yoki tushib qoldirilgan.

  • „Shoh Edip“ tragediyasida qadimgi yunon mifologiyasidan keng foydalanilgan. Sofoklning ijodiy choʻqqisi hisoblangan bu asar oʻtgan 2500 yil mobaynida jahon teatri sahnasidan tushmay keladi. Muxtor tragediyani oʻzbekchaga erkin tarjima qilgan: oʻzbek kitobxoni uchun tushunish qiyin boʻlgan joy, elat nomlari hamda atamalar oʻzgartirilgan yoki tushib qoldirilgan.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling