O'zbek oilasida bolada tarbiyalanadigan sifatlar Tarbiya bu shaxsning


Download 35 Kb.
Sana06.07.2020
Hajmi35 Kb.
#123141
Bog'liq
REFERAT


O'zbek oilasida bolada tarbiyalanadigan sifatlar

Tarbiya – bu shaxsning

ijtimoiy ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning

ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov; «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil

fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini

anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan

insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim

to‘g‘risida»gi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs

tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. Tasavvur qiling: ilmi zo‘r, katta ixtirolarga

qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassis - ma’naviyatisiz,

tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lsa nima bo‘lishi mumkin? U o‘z manfa’atlarini o‘ylaydi,

Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi, chunki u -xudbin. Unda mehrg

oqibat, fidoiylik, vatanparvarlik, milliy g‘urur yo‘q. U muxtojlarga yordam

bermaydi. Chunki unda tarbiya shakllanmagan. Insonning tabiatini ўzgartiradigan,

uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki

boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab

chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson

shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan

tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson

shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti

davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy

manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan

birinchisi odam tugilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi

odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning

ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy

omillarning ta’siridir.

Shunday qilib, insonning psixik taraqkiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib

Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, faqat shu

ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bogliqdir. Bu faktor nasliy

yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy

yo‘l bilan ayrim antomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan: tanasining

tuzilishi, sochi va quzlarining rangig ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari

tug‘ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esadan chiqarmaslik

kerakkig odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari

bilan bogliq bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan beriladi. Nihoyat, nodir hollarda

ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo‘l bilan

berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ro‘yobga

chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit bo‘lishi kerak.

Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste’dodli olimlar, muhandis￾ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste’dodli artistlar,

rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‘l bilan berilgan barcha

imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun harkanday sharoit maydonga

kelganligini dalili bo‘la oladi. Insoniyatni komil inson qilib, ularni baxtli etgan,

yuksaklikka yetaklagan bu - yaxshi tarbiyadir. Tarbiyaning bosh maqsadi –

yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, xalqning boy milliy-ma’ na viy,

tarixiy an’analariga, urf-odatlariga іamda unutilmas qadriyatlariga asoslanib

tashkiliy ijtimoiy – psixologik shakldagi vositalarni ishlab chiqish va uni

amalda joriy etish borasida soha mutahasisslsridan yanada mas’uliyat talab

etadi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon

davomida shakllanadi, uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari,

jamoat tashkilotlari, atrof muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot,

tabiat va boshqalar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy

ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali

shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlash katta ahamiyatga ega.

Tarbiya kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan boshlandi va rivojlanib

bordi. Bola tug’ilishi bilanoq ota-onasining parvarishi orqali atrof-muhit bilan

tanishadi. Insonning shakllan ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan ya’ni

topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik va boshqa illatlardan himoya qilish

esa nihoyatda murakkab jarayon. O‘zbek halqining yosh avlodni hayotga

tayyorlashda qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odati

va an’analari, tarbiya g’oyalari va hayotiy tajribasi yillar davomida

mukammallashib keldi . Hali tarbiya muassasalari bo‘lmagan davrdayoq,

qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovorlik, axloq-odob, nafosat,

do‘stlik, mehr – shafqatlilik, insonparvarlik xislatlarini shakllantirish va

o‘stirish sohasidagi aql – idroki va usullari o‘sha davrdagi hayotiy tajribaning

mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog’liq holda shakllandi va rivojlandi. Bola,

asosan, oila muhitida tarbiyalanib, inson sifatida shakllanadi. Tarbiya esa

hayotning eng muhim tergagi, ya’ni tayanchi hisoblanadi. Har bir bolani shunday

tarbiyalash lozimki, u, avvalo, yaxshi o‘qishi va so‘ngra esa, yozishni

o‘rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko‘tarilsin. Ma’lumki, sharqning buyuk

allomalari ta’lim va tarbiya masalalariga alohida e’tibor berishgan. Abu Ali

Ibn Sino ham mazkur ustuvor masalalarga doir bir qancha asarlar, o‘zidan boy

ilmiy meros qoldirgan. Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish oila jamiyatning

asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o‘chog‘i sifatida shaxsning shakllanishida

muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funksiyasini

ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar,

sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o‘zaro hamjihatlik

inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o‘zi

murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari uning

barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni

tadqiq qilishda quyidagicha yo‘l tutishni lozim topdik: Hozirgi zamon oilalarida

inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish.Oilada

shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik

mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish. Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy

psixologik muhit, u bilan jamiyatning o‘zaro uyg‘unligi, sub’ektlarning maqsad va

maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy

muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi, avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so‘zsiz inqirozlarni oldini olishga

puxta zamin hozirlaydi. Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning

barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish chora￾tadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi.

Oilada bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish

uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat

sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga

layoqati borligi namoyon bo‘ladi. fiziologik va psixologiya fanining

ko‘rsatilishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil

qobiliyatni ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial

imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi.

Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatda

bo‘lib, uning uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o‘z

layoqatiga mos sharoitda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta

ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo‘lmasa yo‘q bo‘lib, ketishi

mumkin.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosi insoniyat oldida

turgan eng muhim muammollardan biridir. U o‘zida jismonan sog‘lom,

aqlan barkamol yangi avlodni voyaga yetkazishni, kishilarning mehnat

qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini to‘g‘ri tashkil etishni,

oqilona hayot kechirishi mujassamlashtiradi.Shuning uchun sog‘lom

turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-gigienik,

ma’naviy jihatlarni har tomonlama o‘rganish, vujudga kelgan haqiqiy

ahvolni hisobga olib tadqiq etish davr talabidir. O‘zbekiston aholisining

hayot tarzini oiladan tashqarida tasavvur qila olmaymiz, shuning uchun

sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bevosita oilaga, oilaviy hayot tarziga,

«oila-tabiat-jamiyat-inson» tizimiga bog‘liqdir.Zero, sog‘lom turmush tarzi

va oilaning farovonligi iqtisodiyo va ma’naviy omillar bilan belgilanganda

edi, u vaqtda aholining moddiy farovonligi oshgan sayin, sog‘liqni saqlash,

uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘la hal etilganda sog‘lom turmush

tarzining barqarorligini belgilovchi barcha o‘z-o‘zidan hal bo‘lgan.




Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling