21/5 guruh talabasi “O‘zbek oilasida bolada tarbiyalanadigan sifatlar” mavzusidagi mustaqil ish
Download 151.46 Kb.
|
O‘zbek oilasida bolada tarbiyalanadigan sifatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: Allayorova S.
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 21/5 guruh talabasi “O‘zbek oilasida bolada tarbiyalanadigan sifatlar” mavzusidagi mustaqil ish TAQDIMOTI Bajardi: Tuxtamurotov Sh Tekshirdi: Allayorova S. Tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov; «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim to‘g‘risida»gi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. Tasavvur qiling: ilmi zo‘r, katta ixtirolarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassis - ma’naviyatisiz, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lsa nima bo‘lishi mumkin? U o‘z manfa’atlarini o‘ylaydi, Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi, chunki u -xudbin. Unda mehrg oqibat, fidoiylik, vatanparvarlik, milliy g‘urur yo‘q. U muxtojlarga yordam bermaydi. Chunki unda tarbiya shakllanmagan. Insonning tabiatini o‘zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tugilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir. Odamga nasliy yo‘l bilan ayrim antomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va quzlarining rangig ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug‘ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esadan chiqarmaslik kerakkig odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bogliq bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan beriladi. Nihoyat, nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo‘l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ro‘yobga chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste’dodli olimlar, muhandis ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste’dodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‘l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun har kanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo‘la oladi. Insoniyatni komil inson qilib, ularni baxtli etgan, yuksaklikka yetaklagan bu - yaxshi tarbiyadir. Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, xalqning boy milliy-ma’naviy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga іamda unutilmas qadriyatlariga asoslanib tashkiliy ijtimoiy – psixologik shakldagi vositalarni ishlab chiqish va uni amalda joriy etish borasida soha mutahasisslsridan yanada mas’uliyat talab etadi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi, uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va boshqalar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Tarbiya kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan boshlandi va rivojlanib bordi. Bola tug’ilishi bilanoq ota-onasining parvarishi orqali atrof-muhit bilan tanishadi. Insonning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan ya’ni topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik va boshqa illatlardan himoya qilish esa nihoyatda murakkab jarayon. O‘zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odati va an’analari, tarbiya g’oyalari va hayotiy tajribasi yillar davomida mukammallashib keldi. Hali tarbiya muassasalari bo‘lmagan davrdayoq, qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovorlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr – shafqatlilik, insonparvarlik xislatlarini shakllantirish va o‘stirish sohasidagi aql – idroki va usullari o‘sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog’liq holda shakllandi va rivojlandi. Bola, asosan, oila muhitida tarbiyalanib, inson sifatida shakllanadi. Tarbiya esa hayotning eng muhim tergagi, ya’ni tayanchi hisoblanadi. Har bir bolani shunday tarbiyalash lozimki, u, avvalo, yaxshi o‘qishi va so‘ngra esa, yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko‘tarilsin. Ma’lumki, sharqning buyuk allomalari ta’lim va tarbiya masalalariga alohida e’tibor berishgan. Abu Ali Ibn Sino ham mazkur ustuvor masalalarga doir bir qancha asarlar, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirgan. Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o‘chog‘i sifatida shaxsning shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funksiyasini ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar, sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o‘zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o‘zi murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni tadqiq qilishda quyidagicha yo‘l tutishni lozim topdik: Hozirgi zamon oilalarida inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish. Oilada shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish. Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy psixologik muhit, u bilan jamiyatning o‘zaro uyg‘unligi, sub’ektlarning maqsad va maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi, avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so‘zsiz inqirozlarni oldini olishga puxta zamin hozirlaydi. Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish choratadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Oilada bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo‘ladi. fiziologik va psixologiya fanining ko‘rsatilishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatni ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi. Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Agar bola o‘z layoqatiga mos sharoitda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo‘lmasa yo‘q bo‘lib, ketishi mumkin. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosi insoniyat oldida turgan eng muhim muammollardan biridir. U o‘zida jismonan sog‘lom, aqlan barkamol yangi avlodni voyaga yetkazishni, kishilarning mehnat qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini to‘g‘ri tashkil etishni, oqilona hayot kechirishi mujassamlashtiradi.Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-gigienik, ma’naviy jihatlarni har tomonlama o‘rganish, vujudga kelgan haqiqiy ahvolni hisobga olib tadqiq etish davr talabidir. O‘zbekiston aholisining hayot tarzini oiladan tashqarida tasavvur qila olmaymiz, shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bevosita oilaga, oilaviy hayot tarziga, «oila-tabiat-jamiyat-inson» tizimiga bog‘liqdir. Zero, sog‘lom turmush tarzi va oilaning farovonligi iqtisodiyo va ma’naviy omillar bilan belgilanganda edi, u vaqtda aholining moddiy farovonligi oshgan sayin, sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘la hal etilganda sog‘lom turmush tarzining barqarorligini belgilovchi barcha o‘z-o‘zidan hal bo‘lgan. Download 151.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling