Laboratoriya ishi Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan оlimpiada masalalarini yechish metodikasi


Download 285.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.11.2020
Hajmi285.43 Kb.
#144744
Bog'liq
11-12-Laboratoriya ishi


11-12-Laboratoriya ishi 

Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 

оlimpiada masalalarini yechish metodikasi 

 

Ishdan maqsad: 

Informatika va axborot texnologiyalari 

fanlaridan оlimpiada masalalarini yechish metodikasini 

o’rganish 

 

Nazariy qism: 

Ma’lumki  yurtimizda  har  yili  fan  olimpiadalari  o‘tkaziladi. 

O‘quvchilar  ichida  DTS  talablarini  osonlik  bilan  o‘zlashtiradigan, 

informatikadan  ko‘proq  bilimga  ega  bo‘lishni  istaydigan  iqtidorli 

yoshlar doim topiladi. Yillar davomida iqtidorli bolalar bilan ishlash, 

ularni  informatikadan  olimpiadalarga  tayyorlash  tajribasi  to‘planib, 

taraqiy  etib  kelmoqda.  Muhimi  o‘quvchilarni  o‘qish  va  olimpiadaga 

tayyorlanish  jarayoniga  jiddiy  qarashga  o‘rgatish.  Informatikadan 

o‘quvchilarni olimpiadaga tayyorlashni 6-sinfdan boshlash maqsadga 

muvofiq.  Lekin  tajriba  shuni  ko‘rsatadiki,  ko‘pincha  o‘quvchilar 

olimpiadaga 8-sinfdan qiziqa boshlaydi. Ulardan ham aqliy mehnatdan 

zavq oladigan, masalalarni uyechishni yoqtiradiganlari qoladi.  

Informatikadan fan olimpiadasi ikki turda: nazariy (test topshiriqlari) 

va amaliy (dastur  

tuzish) turlarda o‘tkaziladi.  

  

O‘quvchilarni informatikadan olimpiadaning amaliy turiga 

tayyorlanish 

  

Amaliy turda o‘quvchilar asosan paskal dasturlash tilida dastur tuzishi 



kerak.  Dastur  tuzishga  o‘quvchilarni  o‘rgatish  shartli  ravishda  uch 

etapda  amalga  oshiriladi.  Birinchi  etap,  eng  qiyin  hisoblanadi  va 

tahminan  bir  yil  davom  etadi.  Bu  etapda  elementar  algoritmlar  va 

“Turbopaskal” dasturlash tili o‘rgatiladi. Birinchi etap uch bosqichni 



o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda o‘quvchilarga masala sharti, uni 

yechish algoritmi va dastur matni beriladi. Ikkinchi bosqichda masala 

sharti va uni yechish algoritmi beriladi. Qolgan ishlarni o‘quvchining 

o‘zi bajarishi kerak. Uchinchi bosqichda faqat masala shrtlari beriladi. 

Asta sekin algoritmlar banki to‘planib boradi, olimpiada masalalarini 

yechish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.  

Ikkinchi etapda turli olimpiada va musobaqalarda qatnashiladi. Albatta 

bu  etapda  “diplom”  haqida  o‘ylashga  hali  erta.  O‘quvchi  uchun  bu 

etapda  olimpiada  masalalarini  yechish  metodikasi  tushunish  va 

o‘zlashtirish,  oz’  vaqtini  to‘g‘ri  taqsimlash,  testlar  tizimini  to‘g‘ri 

tuzish (dastur ishini tekshirish uchun) muhimdir.  

Uchinchi  etapda  o‘quvchilar  bilim  doirasini  kengaytiradi,  murakkab 

algoritmlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va murakkab masalalarni yechadi. 

Shuni aytish lozimki, uchchala etapni ham muvaffaqiyatli o‘tish uchun 

chuqur matematik tayyorgarlik zarur bo‘ladi.  

Albatta  o‘qituvchiga  ham  o‘quvchilarga  og‘ir  yuk  tushadi.  Odatda 

nazariy  material  ma’ruza  shaklida  beriladi.  Unda  informatika  va 

matematika  bo‘limlaridan  bilimlar  beriladi.  Amaliy  mashg‘ulotlarda 

maruzada  berilgan  mavzular  bo‘yicha  konkret  amaliy  topshiriqlar 

aniqlanadi, masalalar yechiladi.  

Amaliy  mashg‘ulotlarda  o‘rganilgan  mavzuga  oid  masalalarning 

yechish usullari tahlil qilinadi. Masalan, doskaga masalardan birining 

blok-sxemasi  yoki  dasturning  e’tiborga  molik  fragmenti  yozib 

qo‘yiladi.  Amaliy  mashg‘ulotlarning  asosiy  qismi  dasturlarni  tahlil 

qilishga ketadi. Bu o‘qituvchining o‘quvchi bilan individual ishlashga 

qaratilgan o‘ziga hos ijodiy jarayon.  

Dastur  tuzish  va  uni  to‘g‘irlash  (otladka)  dasturlashning  juda  ko‘p 

nozik tomonlarini bilishni talab etadigan ijodiy jarayon.  

Har bir dasturni quyidagicha baholash mumkin:  

   


• 

dasturning  ishlashini  barcha  xususiy  hollarni  hisobga  olgan  testlar 

yordamida tekshirish;   


• 

o‘quvchini  dasturdagi  hatoni  topa  olish  qobiliyati;  •  o‘quvchini 

algoritmdagi hatoni topa olish qobiliyati;  

• 

dastur  matniga  alohida  e’tibor  qaratiladi:  dasturda  zarur  izohlar 



bo‘lishi  kerak,  identifikatorlar  mnemonik  bo‘lishi,  dastur  matni 

strukturalangan bo‘lishi kerak;  

Yillar o‘tishi bilan avlodlar almashinuvining sxemasi ishlab chiqilgan 

bo‘lishi lozim.  

Olimpiadaga  turli  yoshdagi  o‘quvchilar  tayyorlanadi.  Kattalari 

kichiklarga bilim va tajribasini qoldiradilar.  

Respublikamizda 1994 yilda “yosh informatilar” yozgi maktabi tashkil 

qilinib,  hozirgacha  ishlab  kelmoqda.  U  yerda  olimpiada  viloyat 

bosqichining  g‘oliblari  ishtirok  etib,  ular  kelgusi  olimiadalarga 

tayyorlanadilar. Lekin hamma viloyatlardan ham “kerakli” o‘quvchilar 

yuborilmaydi. Yozgi maktabga qatnashgan 28 nafar o‘quvchidan (har 

bir  viloyatdan  ikkitadan  o‘quvchi)  3-4  tasi  o‘rtacha  qiyinlikdagi 

masalalarni arng yechadi. Ularni qaytadan dastur tuzishni o‘rgatishga 

to‘g‘ri  keladi.  Bunday  bo‘lmasligi  uchun  bolalarni  maktabda 

olimpiadaga tayyorlashga katta e’tibor qaratish lozim.  

Olimpiadada  muvaffaqiyatli  ishtirok  etish  uchun  tayyorlanish 

jarayonida  o‘quvchilar  matematikaning  algebra,  sonlar  nazariyasi,  

analitik  geometriya,  diskret  matematika,  algoritmlar  nazariyasi 

bo‘limlarini puxta egallashi lozim.  

Bir  necha  yildan  beri  respublikamiz  o‘quvchilari  “Butunrossiya 

dasturchilar  ochiq  chempionati”  da  ishtirok  etib  kelmoqda.  Unda 

o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlaydilar. Har bir jamoada 3 ta ishtirokchi. 

Olimpiadaning  bunday  turida  har  bir  jamoa  5  soat  ichida  berilgan 

masalalardan  iloji  boricha  ko‘prog‘ini  yechishi  kerak.  Bunday 

olimpiadalarda  o‘quvchilar  jamoada  ishlashni,  vazifalarni  o‘zaro 

taqsimlashni,  maqsadga  erishish  uchun  oxirgacha  harakat  qilishni 

o‘rganadilar.  

Informatikadan  olimpiadaga  tayyorlanish  jarayoniga  Internetdan 

foydalanishni  ham  unutmaslik  kerak.  Hozirgi  kunda  internet 

tarmog‘ida  yakka  va  jamoa  olimpiadalariga  tayyorlash  bo‘yicha  bir 

qancha  loyihalar  mavjud.  Masalan,  har  o‘quv  yilining  sentyabirdan 


apreligacha davom etadigan Sankt Peterburg aniq mexanika va optika 

instituti  loyixasi.  Bu  loyihani 

http://neerc.ifmo.ru/school

 

saytidan 



topish  mumkin.  Quyida  informatikadan  olimpiadaning  amaliy  turiga 

tayyorlanish bo‘yicha tahminiy reja keltirilgan:  



Informatik musobaqa 

Yuqorida  aytib  o‘tilgan  sinfdan  tashqari  ishlarda  (10  mirmtlik, 

viktorina, ertalik va h.k.), asosan, butun sinf o‘quvchilari ishtirok etsa, 

Informatik  musobaqalarda  (konkurs,  olimpiada)  ko‘pchilik  ishtirok 

etib,  g‘oliblar  musobaqasi  bilan yakunlanadi, ya'ni  bu  musobaqa  bir 

necha kun (ko‘pincha 3 yoki 4) davom etadi. 1-turda istagan hamma 

o‘quvchilar  qatnashishi  mumkin.  Unda  muvaffaqiyatli  qatnashgan 

o‘quvchilar  II-turda  qatnashadilar.  II-turdan  muvaflaqiyatli  o‘tgan 

o‘quvchilar III-turda qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar va h.k. I turni 

sinfdagi  barcha  o‘quvchilar  ishtirokidagi  og‘zaki  qiziqarli  savollar 

orqali  viktorina  shaklida  o‘tkazish  mumkin.  Shunda  g‘olib  chiqqan 

o‘quvchilar  bilan  II-tur  musobaqalar  o‘tkaziladi.  Shundan  keyin 

parallel sinflar o‘quvchilari III-turda kuch sinashadi. Natijada sinf yoki 

maktab bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilar aniqlanadi.   

  

Informatik ro‘znoma 

Informatik   ro‘znomalar   o‘quvchilarda   katta   qiziqish   uyg‘otadi. 

Informatik ro‘znoma odatda Informatika to‘garagi organi hisoblanadi, 

shu sababli ro‘znoma to‘garak a'zolarining kuchi bilan o‘qituvchining 

bevosita  rahbarligida  tayyorlalanadi.  O‘qituvchi,  ro‘znomani 

tayyorlashda  mumkin  qadar  o‘quvchilarning        shaxsiy 

tashabbuskorligini  oshirishga  erishishi  kerak.  Devoriy  ro‘znomalar 

quyidagi bo‘limlardan tashkil topishi mumkin:  

• 

Informatika tarixidan bir shingil;  



• 

Sinf o‘quvchiiarining Informatik hayoti;  

• 

O‘quvchilarga o‘qish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar;  



• 

Masalalar (qiziqarli, maatiqiy, konkurs);  

• 

Informatik o‘yinlar;  



• 

Yumor;  


• 

O‘tgan  sonlardagi  konkurs  masalalarining  yechimi  va  javobini 

redkollegiyaga topshirgan o‘quvchilar haqida ma'lumot.  

  

Ro‘znomada  Informatika  faniga  hissa  qo‘shgan  buyuk  allomalar 



haqida  qisqa,  lekin  maroqli  hikoyalar  berilishi  kerak.  Biror  alloma 

haqida hikoya qilinadigan bo‘Isa, uning rasmi va rasmning tagida bu 

olim  haqidagi,  uning  ishlari  to‘g‘risidagi  ma’lumot  yoki  olim 

hayotidagi qiziq voqealar to‘g‘risidagi kichikroq hikoya beriladi. Olim 

aytgan  fikrlarni  yoki  u  haqidagi  boshqa  olimlar  aytgan  so‘zlarni 

ko‘chirib yozish ham foydali.  

  

Ro‘zaomada  beriladigan  masalalarning  shartlari  qisqa,  tez  esda 



qoladigan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.  

 

Topshiruvchi: Jumaniyozova Zebiniso 



Qabul qiluvchi: Muminov Sohibjon 

 

 



Download 285.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling