Bir jinsli magnit maydonda tokli ramkaning aylanma harakati Magnit maydon va magnit maydon tushunchasini fanga kiritgan olim


Download 384.34 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi384.34 Kb.
#102405
Bog'liq
fizika 28.04.2020

Bir jinsli magnit maydonda tokli ramkaning aylanma harakati

Magnit maydon va magnit maydon tushunchasini fanga kiritgan olim.

  • Magnit maydon — harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga taʼsir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845 yilda fanga kiritgan. U elektr oʻzaro taʼsirlar ham, magnit oʻzaro taʼsirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). Oʻzgaruvchi Magnit maydon oʻzgaruvchi elektr maydon bilan uzviy bogʻlangan. Magnit maydon harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli oʻtkazgichlar va magnitlangan jismlar atrofida hosil boʻladi (rayemga q.). Elektr toki hosil qiladigan Magnit maydon Bio— Savar — Laplas qonuniga, Magnit maydon ning elektr tokiga taʼsiri esa Amper qonunita asosan aniqlanadi.

Magnit maydon kosmik obyektlarda..

  • Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida, kosmik obʼyektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi Magnit maydon, asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega boʻlishligiga, harakatlanuvchi elektr zaryadiga Magnit maydon koʻrsatadigan taʼsirga bogʻliq. Bular esa moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi.
  • Agar magnit maydontokli ramka kiritilsa,uning biror burchakka burilishini ko’rishimiz mumkin.Xo’sh, ramka nima uchun aylanadi? Taqsimon magnit orasiga to’g’ri o’tkazgich o’rniga egiluvchan simdan yasalgan ramka kiritamiz.(a rasm).O’tkazgich uchlarini tok manbaiga ulangan metall “kosacha”ga aylana oladigan qilib kiydirib qo’yamiz.Yasalgan ramkani “b”rasmda ko’rsatilgandek,magnit asosi tekisligida joylashtiramiz.Tok manbai ulanganda ramka (“b” holat) aylana boshlaydi va dastlabki holatidan 90 gradus burchakka buriladi(“d”holat)

Download 384.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling