Bir kovshli ekskovatorning ishlash jarayoni strukturasi va uning ishlash vaqtidagi ish unumini aniqlash


Download 194.66 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi194.66 Kb.
#1164565
Bog'liq
Bir kovshli ekskovatorning ishlash (1)


  1. Bir kovshli ekskovatorning ishlash
    jarayoni strukturasi va uning ishlash vaqtidagi ish unumini aniqlash




Ishning maqsadi: To‘g‘ri kovshli ekskovatorning ish unumini aniqlash.
Umumiy ma’lumot

Ekskovator er qazuvchi mashina bo‘lib, chuqurlar, kotlovanlar, ariq va zovurlarni qazish uchun qo‘llaniladigan davriy ishlaydigan mashinadir. Ekskovatorlar quyidagi sinflarga: bajaradigan ishlariga; ishchi organining boshqarilishiga; ichki organining o‘rnatilishiga; yurish qismiga; dvigateliga qarab bo‘linadi.


Ishni bajarishda grafik bo‘yicha rasmni chizib, o‘rtacha burilish burchagini (n) aniqlab topamiz.


Ishni bajarish usuli

1. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra (8 jadval), ekskovatorning modeli va boshqa ma’lumotlar olinadi. Ekskovatorning texnik xarakteristikasi (9 jadval) dan olinadi. Hamma variantlar uchun ekskovatorning 3-rasmda ko‘rsatilgan ishlash sxemasi olinib, variantlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘yicha ish bajariladi.


2. Masshtab 1:100 da sxema navbat bilan chiziladi. Kesimda 0–0 liniya chiziq olinib, chuqurning kengligi V, balandligi N, talab qilingan reja (plan) asosida chiziqlar 1-1, 2-2 (o‘qlar) ekskovator harakat yo‘nalishi olinadi. Keyin esa kesim bo‘yicha qiyalik balandligi 0,3N o‘lchamda o‘lchab olinadi. So‘ngra olingan nuqtadan 45o asosida qiyalik chiziqlari (3 va 4) o‘tkaziladi.
Rejada dastlabki ekskovatorning turar joyi tanlanadi (a nuqta). SHu joydan (a nuqtadan) Rt.j radius bilan ey chiziladi. YOy 3-3 va 4-4 bilan kesishadi. A nuqtadan R radius bilan 1-1 va 2-2 bilan kesishguncha ey chizamiz. So‘ngra esa a nuqtadan masofasi lk ga teng bo‘lgan joyni tanlaymiz (b nuqta), shu b nuqtadan Rb radiusli ey chizamiz. So‘ngra ekskovator tuproqni yuklash uchun avtomobil samosvalni ko‘chish nuqtasi O1 ni aniqlaymiz. Buning uchun harakatlanish chizig‘i bilan kesishguncha markazi b joy bo‘lgan Rb radiusi buyicha ey chizamiz. SHu O1 joy esa samosvalning kuzov markazi bo‘ladi.
Ishlanayotgan chuqurlik ikkita ketma-ket (I-II) tekislik bilan chegaralangan qiyshiq chiziqli parallelipiped tuproq hajmini belgilaydi. Ekskovator bilan kovlab olinadigan joy elementi bo‘ladi. O‘rtacha burilish burchagi b transporter bilan o‘lchab olinadi. U shunday aniqlanadiki, Rb radius bilan aniqlangan O1 joy (radiusi) oraligidan og‘irlik markazi (tortish markazi) I-II diaganallar o‘rtasigacha bo‘lgan oraliqdir.



3-rasm. Ekskovatorning ishlash sxemasi.


3. Kovlangan zaboy elementining hajmini quyidagicha aniqlaymiz:
Vz.e = VNlk m3 (29)
4. Ekskovatorning ish davri quyidagicha aniqlanadi:
te.d = tk + tbur.bur.+ tto‘k.+ tqay. sek.t (30)
bu erda, tk – kovlashga ketgan vaqt, sek.
, sek (31)
Bu erda Vk – kovshning ko‘tarilish tezligi, m/sek.
to‘r.bur – ekskovator kovshining to‘ldirilgandan keyin burilishiga ketgan vaqt:
, sek. (32)
Bu erda b - o‘rtacha burilish burchagi, radian hisobida;
e – ekskovatorning burilishidagi burchak tezligi, rad/sek.:
(33)
bu erda, n – ekskovatorning platformasining aylanish soni, min. Bu 8- jadvaldan olinadi.
Ekskovator kovshini bo‘shatgandan so‘ng orqaga kaytishga ketgan vaqt tqayt. = tbur. bo‘ladi.
Tuproqni kovshdan to‘kishga ketgan vaqt tto‘k. = 5 sek. Hamma ekskovatorlar uchun bir xil olinadi.

5. Samosval kuzoviga necha kovsh tuproq ketishini aniqlaymiz:


(34)
bu erda, G – samosvalning yuk ko‘tarish qobiliyati, kN;
q – kovshning hajmi, m3,
γ – gruntning solishtirma og‘irligi, kN/m3; γ = 18 kN/m3 ,
Kyu va Kt - to‘ldirilish va yumshoqlik koeffitsientlari
(9- jadval),
nk - kovshlarning soni, eng yaqin butun songacha yaxlitlanadi.

6. Samosvalga ortish davriga ketgan vaqt


Tsd = nk te.d. + tsm. – tqayt - tk, sek (35)
bu erda tsm. – ekskovator samosvalni to‘ldirguncha ketgan vaqt, smena. 9-jadvaldan olinadi.

7. Zaboyning bir elementini kovlash uchun zarur bo‘ladigan samosvallar sonini aniqlaymiz:


(36)
bu erda, nc – samosvallar soni yaxlitlab olinadi.

8. Bir zaboy elementini kovlash uchun ketgan vaqtni hisoblaymiz:


te.z. = ns te.s. + tko‘ch. + td. , sek, (37)
bu erda, tko‘ch. – ekskovatornning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi uchun ketgan vaqt; (8 jadval),
td. – ekskovatorning dam olish uchun sarfladanigan vaqt norma bo‘yicha 1 soatda 5 minutga teng.
formuladagi td. minutda qo‘yiladi, qolganlari esa sekundda hisoblanadi.
9. Ekskovatorning bir smena davomida kovlaydigan zaboy elementlarining sonini aniqlaymiz:
(38)
bu erda Tsm – smenadagi vaqt davomiyligi Tsm = 8,2 soat yoki 29520 s.
tt.sm. – ekskovatorni navbatdagi smenada ishlaydigan brigidaga topshirish uchun ketgan vaqt. Buni 15 min. (900 sek) miqdorda qabul qilish tavsiya qilinadi.

10. Ekskovatorni ishlatish vaqtida ish unumini hisoblay­miz:


, m3/smena (39)
bu erda, Kv – vaqtdan foydalanish foeffitsienti. (KV = 0,65…0,75).
T – ishlash uchun sarflangan vaqt 8,2 soat hisobida.

EKSKOVATORNING TEXNIK XARAKTERISTIKASI.


8 - jadval

Ekskovatorlar

Eng kata kovlash
radiusi, R, m

Turgan joy sathida kovlash radiusi, R, m

Ko‘chish uzunligi, lk, m

To‘kish radiusi, Rt

Kovlash balandligi (turgan joyida),
N, m

Ekskovatorning aylanish tezligi, n, ay/min

Kovshning ko‘tarilish tezligi, Vk, m/s

Ekskovatorning
ko‘chish uchun ketgan vakt, tko‘ch, sek

E-652B

7,65

4,80

2,00

6,90

3,54

5,90

0,46

150

E-10011D

9,00

5,90

2,10

7,70

3,80

5,10

0,48

160

E-1252B

9,50

6,40

2,20

8,40

4,00

4,60

0,49

180

EKG-4

13,55

8,23

3,05

12,35

6,11

5,00

0,87

300

ISHNI BAJARISH UCHUN ASOSIY MA’LUMOTLAR.


9–jadval



Variantlar

Ekskovatorlar

Kovshning hajmi, q, m3

Kovlash balandligi, N, m

Kovlash kengligi, V, m

Avtosamosval

YUkning yumshoqlik koeffitsienti, Kyu

Kovshning to‘ldirilish koeffitsienti, Kt

Markasi

YUk ko‘tarish qobiliyati, G, kN

Eksk. yuklash vaqti, tsm

1

E-652 B

0,65

4,10

6,20

ZIL-555L

35

45

1,20

1,15

2

E-652 B

0,65

4,40

6,40

ZIL-555

45

50

1,15

1,20

3

E-652 B

0,65

4,50

6,80

MAZ-205

60

60

1,10

1,15

4

E-10011D

1,00

4,60

8,20

MAZ-205

60

60

1,25

1,25

5

E-10011D

1,00

4,70

8,30

MAZ-503B

70

65

1,30

1,20

6

E-10011D

1,00

4,80

8,40

ZIL-555

45

50

1,35

1,15

7

E-1252B

1,25

5,5

7,00

MAZ-503B

70

65

1,20

1,20

8

E-1252B

1,25

5,0

7,50

MAZ-205

60

60

1,15

1,10

9

E-1252B

1,25

5,75

8,50

KrAZ-256B

110

90

1,10

1,15

10

EKG-4

4,00

8,00

12,00

MAZ-525

250

90

1,05

1,10

11

EKG-4

4,00

9,00

13,00

MAZ-530

400

100

1,35

1,20

12

EKG-4

4,00

8,50

13,50

KrAZ-540A

270

45

1,30

1,15

13

E-652 B

0,65

4,30

6,50

ZIL-555

45

50

1,30

1,15

14

E-652 B

1,25

5,30

8,00

MAZ-503B

70

65

1,35

1,20

15

EKG-40

4,00

8,20

12,50

MAZ-525

250

90

1,15

1,21

Tekshirish uchun savollar

1. Ekskovatorning vazifasi va qo‘llanish sohasi haqida gapirib bering.


2. Ekskovatorlar qaysi belgilari bo‘yicha tavsiflanadi?
3. Ekskovator kovshini to‘ldirish qanday aniqlanadi?
4. Kovlangan zaboy elementining hajmini qanday aniqlaymiz?
5. Ekskovator ish jarayoni davrini tashkil etuvchi vaqtlar qanday aniq
lanadi?
6. Bir zaboy elementini kovlash uchun ketgan vaqt qanday
hisoblanadi?
7. Ekskovatorning texnik va ish jarayoni unumdorligi qanday aniqla
nadi?
8. Bir davrda kerak bo‘ladigan avtomobillar soni qanday aniqlanadi?
9. Samosval kuzoviga necha kovsh tuproq ketishi qanday aniqlanadi?
Download 194.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling