Bir kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, ko’ziga qum tiqila boshladi


Download 17.62 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi17.62 Kb.
#248538
1   2   3
Bog'liq
diktantlar to`plami

Vatan tuyg`usi
Bizning orzu- niyatlarimiz ko`p va ulug`. Xalqimizda o`zi pok, dili pok, niyati holis kishilarni yaratganing o`zi qo`llaydi, degan gap bor. Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan to`siq va g`ovlarni yengib o`tishimizga ishonchim komil. Butun aql –zakovatimiz, salohiyatimizni yurtimizning gullab –yashnashi, xalqimizning farovon hayoti, xalqaro maydondagi obro`-e'tiborining yanada oshishi uchun safarbar eta olishimizga shubha yo`q.

Bugun har bir vatandoshimizning Vatan menga nima berdi, deb emas, men o`zim xalqim, jonajon vatanim uchun nima qilmoqdaman, mustaqillikka, elimga qanday hissa qo`shmoqdaman, degan tuyg`u bilan yashashiga erishsak, yurtimiz obod, davlatimiz ozod, bobolarimiz ruhi shod bo`lar edi. (91 ta so`z)




ASALARI
Asalning asalari uyasidagi mum kataklaridan olinishini hamma yaxshi biladi. Asalarilarni bolari deb ham atashadi. Asalari ne'matidan qadim zamonlardan beri foydalanib kelinayotganiga qaramay, yaqin-yaqingacha odam uning fe'1-atvori haqida deyarli hech narsa bilmas edi. Kuzatishlardan shu narsa ma'lum bo'ldiki, «razvedkachi» asalari-ning raqsga tushishiga qarab boshqa asalarilar uyadan qancha masofa uzoqda gulzor borligini, ular qanday gul ekanligini va oz-ko'pligini bilib olishar ekan! Bo'lajak ona asalarini boqadigan maxsus aralashma - asalari suti qimmatbaho shifobaxsh dori hisoblanib, u yurak faoliyatini yaxshilaydi. (76 ta so`z)



Download 17.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling