Bir kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, ko’ziga qum tiqila boshladi
Download 17.62 Kb.
|
diktantlar to`plami
Aqlli bola Bir kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, ko’ziga qum tiqila boshladi. Kunduz kuni salqin bir buloq bo’yida chodir tikib, hamma orom olgan paytda, Alisher bir- ikki bola bilan saxrodagi katta kaltakesaklarni quvib, juda charchadi. Mana endi yarim kechada uyqu bosib, boshi garang bo’lib qoldi. Kichkina chavandozning egar ustida uxlab qolganini sezgan ot esa yurishini sekinlatib orqada qolib ketdi. Tong payti Alisherning oti nimanidir xurkib ketib, uni yiqitib yubordi. U qaerdaligini bilmay hayron bo’lib o’tirdi. Nihoyat, xushi o’ziga kelgach, bepoyon cho’lda bir o’zi qolganini ko’rib, juda qo’rqdi. Alisher otasidan, Iroq viloyati kun botish tomonda, Hirot- kun chiqishda, degan gapni eshitgan edi. Aqlli bola kun yorishib kelayotgan tomonga qarab yurib ketdi. (111 ta so`z) Alla O`tgan zamonda bir oilaning qizchasi yo`qolib qoladi.Qizchasi katta bo`lib voyaga yetgan chog`ida ota-onasi uni topishga muvaffaq bo`lishadi.Biroq qizcha ota-onasiga yotsirab qaraydi,uydan chiqib ketishini hamda avvalgi joyiga qaytishini istaydi.Shunda bechora ota-onasi hech bo`lmasa bir kecha tunab ketishini undan iltimos qiladi.Qiz rozi bo`ladi.Yarim kechada onasi uyqudan turib beshikda yotgan ukasini uxlatish maqsadida alla aytadi.Shu payt qizning uyqusi qochib allaga quloq tutadi va ona mehrini tuyib,o`zini ona bag`riga otadi. Siz mening chin onam ekansiz,-deydi u onaizorni quchoqlab.Chunki uni ham yoshligida onasi alla aytib uxlatar edi.Alla sehri orqali ular murod-maqsadiga yetishadi. (100 ta so`z) Musiqa Musiqa odamlar e'tiboridagi san'at bo`lgani holda, uning o`ziga xos yashirin, sirli jihatlari ham bor. Yaratgan biz – insonlarga ko`rish, hid bilish, ta'm bilish, sezish kabi xislatlar bilan bir qatorda eshitish, tinglash ne'matini ham ato etgan. Og`zaki nutq orqali bayon qilingan fikrlarni eshitib idrok etamiz. Lekin musiqa ba'zan til tasvirlashga ojiz tuyg`ularni kishi qalbiga, ongiga osongina yetkaza oladi. Musiqalar turlicha bo`lib, ba'zilari insonni ruhlantirib, qalbini yumshatib, ezgu his-tuyg`ular uyg`otgani holda, ba'zilari odamlarning asabiga tegib, ongida parokandalik uyg`otadi. (75 tа so`z) Download 17.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling