Bir ma’nolilik va ko’p ma’nolilik reja: Monosemiya – bir ma’nolilik. Polisemiya – ko’p ma’nolilik
Download 22.41 Kb.
|
BIR MA’NOLILIK VA KO’P MA’NOLILIK
Avvalo, bular qanday hodisa?
Evfemizmlar, qisman disfemizmlar ham, til taraqqiyotida shu tilda so'zlashuvchi xalq ruhiyati bilan bog'liq holda shakllanadigan lug'aviy birliklardir. Evfemizmlar ham til, ham nutq hodisasi bo'lib, odatda, tilda biror aytilishi noqulay bo'lgan so'z yoki ibora o'rnida boshqa so'z qo'llash orqali uni yumshatish asosida yuzaga keladi. Bu, asosan, uch yo'l bilan amalga oshiriladi: 1. Ochiq aytish man qilingan, ta'qiqlangan (tabu) so'zlar o'rnida boshqa so'zlar qo'llash. 2. Nutqiy muomalada (nutqiy odob nuqtai nazaridan) aytilishi noqulay bo'lgan so'zlarning o'rnini almashtirish. 3. Ochiq aytish mumkin-u, biroq etik-estetik talabga mos kelmaydigan so'zlarning almashtirilishi. Tabu ( Tabu tilda o'z ifodasini topgan etnografik tushuncha bo'lib, u qadimgi polinezlar hayoti va tilida keng qo'llanilgan. Qabila a'zolarining tabiiy, ijtimoiy hodisalarga diniy-mifologik nuqtai nazardan qarashlari, ba'zi hodisalarni o'z nomi bilan atashni man qilishlari, ilohiylashtirishlari, ya'ni tabu hisoblashlari natijasida, masalan, qabila boshliqlari yoki oila a'zolari-dan birortasi vafot etsa, uning nomini atash, u foydalangan ashyolarni ishlatishni man' qilganlar. Keyinchalik bu odatlar qabilalararo ommalashib boshqa voqea, hodisa, narsa, predmet va ularning nomlarini ham tabulashtir-ganlar, man qilganlar. Evfemizmlar tabulashtirilgan so'zlar o'rnida qo'llanadigan, uni almashtira-digan lug'aviy birliklardir. Evfemizm so'zi grekcha euphemio so'zidan olingan bo'lib, «yumshoq gapiraman» degan ma'noni anglatadi. Ochiq aytish man etilgan yoki noqulay hisoblangan, odobsizlik axloqsizlik sanalgan, tasavvurda qo'rqinch noxush-lik uyg'otadigan, hamma vaqt ham ochiq talaffuz qilaverish mumkin bo'lma-gan so'z va iboralarning yashirin, beozorroq tusga kiritib aytish, mum-kinqadar «pardali» tarzda bayon etish evfemizmlardir. Masalan, Download 22.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling