Bir ma’nolilik va ko’p ma’nolilik reja: Monosemiya – bir ma’nolilik. Polisemiya – ko’p ma’nolilik


Download 22.41 Kb.
bet4/4
Sana26.01.2023
Hajmi22.41 Kb.
#1129053
1   2   3   4
Bog'liq
BIR MA’NOLILIK VA KO’P MA’NOLILIK

pora bermoq o'rnida tarnov-parnovini ho'llamoq individual evfemasidan foydalanadi: Qodirqul: –Biz ham o'shalarchalik tarnov-parnovingizni ho'llab qolarmiz.
Evfemik vositalar aytish nojoiz bo'lgan, tabulashtirilgan so'zlar o'rnida qo'llaniladigan so'z va iboralar emas, balki kishilarning kundalik turmushida eng faol qo'llaniladigan, umumiste'moldagi ko'lami keng nutq birliklaridir. Demak, evfemizmlardan turli jabhalarda, chunonchi, shaxsning kundalik biologik assimilyatsion-dissimilyatsion ehtiyojlari (dashtlamoq, tashqariga chiqmoq, yozilmoq va b.), oila nutqi (otasi, onasi, turmush o'rtoq, rafiqa; ota-ona, qaynota-qaynona nomlari va b.), ayollarning ichki kiyimlari (lozima, siynaband va b.), intim muno-sabatlar (qovushmoq, aloqa qilmoq, ko'nglini olmoq va b.), tug'ish-tug'ilish bilan bog'liq (ko'zi yorimoq, tavallud topmoq va b.), kasallik (xastalanmoq, tobi qochmoq, betob bo'lmoq va b.), o'lim (vafot etmoq, dunyodan o'tmoq, ko'z yummoq, nobud bo'lmoq va b.) kabi tushunchalarni ifodalashda keng foydalaniladi.
Ko'rinadiki, evfemizmlar ham, disfemizmlar ham, qanday ma'noda qo'llanganligidan qat'i nazar, ko'p ma'nolilikni keltirib chiqaradi. Chunki evfemizm ham, disfemizm ham ma'lum tomoni bilan hosila ma'noni yuzaga keltirish imkoniyatini yaratadi.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, evfemizm va disfemizmlar ko'pincha so'z shaklida ma'lum lug'aviy birlikni tashkil qiladi (nolisoniy, tagma'noli, inplisit holatlar mustasno). Shuning uchun evfemistik yoki disfemistik hosila ma'no (leksik evfemizmlar) bilan so'zning asl leksik ma'nosi ko'p ma'nolilikni keltirib chiqaradi. Masalan, eshak uy hayvoni va chayon, to'nka – daraxtning kesilgan ildiz qismi va manqurt odam, dadajonisi – jon er va bolamning dadajoni, it – hayvon, poyloqchi (u uyimizning iti) va badfe'l, badjahl odam kabi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, evfemik vositalar nafaqat aytish man etilgan, mumkin bo'lmagan narsa­predmet, voqea­hodisaning nomini yashi-rish maqsadida, balki madaniy, badiiy nutq hosil qilishda, shuningdek, uslubning rang­barang ko'rinishlarini yaratishda xizmat qilar ekan.
Download 22.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling