Bir membranali organoidlar
Download 21.89 Kb.
|
Bir membranali organoidlar
Golji kompleksi
1898 yilda italiyalik olim Golji nerv hujayralardan optik mikroskop yordamida kumush nitrat va osmiy kislotasi bilan bo‘yaladigan to‘rsimon organoidni topdi va uni diktiosoma (grekcha “to‘r” demakdir) deb atadi. Bu organoid hayvon hujayralaridagina emas, balki bir hujayrali organizmlarda, tuban va yuksak o‘simliklarning hujayralarida uchrashi ham aniqlandi. Kuzatishlarga qaraganda Golji tomonidan nerv hujayralarida kuzatilgan to‘rsimon strukturalar, boshqa hujayralarda to‘r (Golji kompleksida) ko‘rinmaydi. Shunga ko‘ra bu organoidning nomini olim nomida Golji kompleksi yoki Golji apparati deb ataldi. Elektron mikroskop kashf etilgandan keyin Golji kompleksining qo‘shqavatli membranalari yassi paketlarning taxlaganiga o‘xshashligi borligi aniqlandi (16-rasm). Bu pakelarga o‘xshash taxlangan sistemaning proksimal qutbida yangi sisternalar shakllanib, uning membranalarida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berishi orqali distal qutibi tomonga yetilib boradi. Distal qutbidagi yetilgan sisternalarning qirg‘oqlaridan mayda pufakchalar ajralib chiqib turishidan tashqari, o‘sha yetuk sisternalarning o‘zi ham Golji membranasi bilan qurshalgan yirik pufaksimon fazolarga aylanib, Golji kompleksidan uzoqlashib ketib turadi. Uning o‘rniga proksimal qutbidan yangi sisternalar yetilib kelib turadi. Sisternalar oralig‘idagi 200-250 A0 keladigan oraliq sitoplazma matriksi bilan to‘la bo‘ladi. Sisternalarda diametri 600-700 A0 keladigan kovaklar, kovaklar kanalining markazida granulalar bo‘lib, ular Golji kompleksi proksimal qutibiga yaqin, ular Golji kompleksi proksimal qutibiga yaqinda joylashgan ribosomalarga aloqador bo‘lsa kerak. Distal sisternalarda kovaklar soni proksimal qutb sisternalaridagidan ancha ko‘p bo‘ladi. Ehtimol, sisternalarni yetilib borishi uchun zarur makromolekulalar proksimal qutbdan distal qutb tomon tashiladi. Elektron mikroskopik tadqiqotlar Golji kompleksi uch xil qismdan tashkil topganligini ko‘rsatdi. 1. Yassi sisternalar sistemasi-silliq membranalar bilan chegaralangan. Yassi sisternalar 5-8 ta bo‘lib, bir-biriga yaqin yotadi. 2. Mayda mikropufakchalar-sisternalar oxirida joylashadi. Ularning diametri 30-50 nm dan katta emas. 3. Yirik vakuolalar. Bular ham sisternalar va mikropufakchalar singari membrana bilan o‘ralgan. Vakuolalar kattaligi 0,2-0,8 mk va ko‘pincha ular yassi sisterna bog‘lamlarining o‘rta jismida yotadi. Golji kompleksining ontogeneziga kelsak, Golji kompleksi sisternalari granulyar endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘ladi. Granulyar endoplazmatik to‘r membranasidan ajralib chiqadigan ko‘p sondagi pufakchalar o‘zaro qo‘shilib Golji kompleksi sisternalarini hosil qiladi. Pufakchalar plazmolemmaga yetganlarida, ularning membranasi plazmolemmaga qo‘shilib, ichidagi moddalarni hujayra po‘stiga ekzositoz yo‘l bilan chiqaradi. Bu jarayon Golji kompleksi funksiyasiga kiradi. Golji kompleksi murakkab sekresiya jarayonlarida ishtirok etadi. (17-rasm) Golji kompleksi glyukoproteidlar sintezida ishtirok etadi. Ribosomalarda sintez bo‘lgan oqsil shu yerga kelib karbonsuvlar bilan qo‘shiladi. Golji kompleksi yog‘ so‘rilishida ham ishtirok etadi. 17-rasm. Golji kompleksining hosil bo‘lishi va sekresiya jarayonida ishtirok etish sxemasi. 1-donador endoplazmatik to‘r; 2-ribosomalar; 3-protein; 4- Golji kompleksi; 5-sekretor proteinlar. Download 21.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling