Bir necha qatlamlarni bir quduq orqali bir vaqtda alohida ishlatish
Download 292.62 Kb.
|
BIR NECHA QATLAMLARNI BIR QUDUQ ORQALI BIR VAQTDA ALOHIDA ISHLATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Suv tоzalоvchi jihоzlari
BIR NECHA QATLAMLARNI BIR QUDUQ ORQALI BIR VAQTDA ALOHIDA ISHLATISHReja: 1. Suv haydash ta’minoti tizimi2. Suv haydash yo’li bilan QBST tizimini qo’llanilish texnika va texnologiyasi 3. Qatlamga haydaladigan suvning xossasi va sifati4. Suv оluvchi ishnооtlar 5. Suv tоzalоvchi jihоzlari6. Qatlamga suv haydash tizimining jihоzlari 1. Suv haydash ta’minoti tizimi Qatlamning bosimini saqlab turishda suv ta’minoti tizimini izlash va kerakli miqdoridagi sifatli suvni qazib olish kerakligi, haydovchi quduqlar orqali taqsimlash va qatlamga haydash jarayonining asosiy maqsadidir. Suv ta’minoti tizimini tanlash konlarni ishlatishning asosiy bosqichlariga bog’liqdir. Hozirgi vaqtda suv haydash ko’p holatlarda konni ishlatishning boshlang’ich davrlaridan qo’llanilmoqda. Shuni hisobga olish kerakki, neft konini ishlatishning boshlang’ich davrida suvsiz qazib olinadi. Konni qurishda va jihozlashda, qazib olishda neftning so’nggi davrida suvlanishini o’sib borishi loyihada hisobga olingan bo’lishi kerak, chunki neftni tayyorlashda qatlam oqova suvlari 100 % zararsizlantiriladi. Konni ishlatishning so’nggi davrida 1 tonna neft qazib olishda unga 10-12 m3 va undan ham ko’p miqdorda suv haydaladi. Bu suv ta’minoti tizimini murakkablashtiradi va qimmatlashtiradi. Qatlam suvini qazib olish, tayyorlash va mexanik aralashmalardan, neft pardalaridan tozalash hamda jihozlarni, suv havzalarini, yopuvchi armaturalarni texnologik korroziyadan himoya qilish ishlari ko’payib ketadi. Shu bilan birgalikda oqova suvlarni suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmasidan keyin, neft tarkibida sirt faol moddalar bo’ladi, ya’ni qatlamga haydalganda yaxshi yuvuvchi va neftni siquvchi xususiyatlarga ega bo’ladi, so’nggi neft oluvchanlikni kuchaytirishga olib keladi. Suv ta’minoti tizimi, binolar jamlanmasi, qatlamga suv haydash va me’yorlash inshootlari, suv oluvchi inshootlar, suv tozalash stansiyasi, nasos stansiyasi, ko’p qatorli nasos stansiyalari va suvlarni tarqatish inshootlaridan tashkil topgan. (10.1-rasm). 1-rasm. Qatlamlarga suv haydashning suv ta’minoti sxemasi: 1-nasos stansiyasi; 2-ikkinchi marta ko’taruvchi nasos; 3-magistral suv uzatgich; 4rezervuar; 5- shoxsimon nasos; 6-tarqatgich; 7-haydovchi quduqlar. Suv uzatuvchi haydovchi quvurlar suv havzasidan suvni olib etkazib beradi. Suv uzatgich magistral (bosh) (3) va tarqatgichlarga (6) bo’linadi. Magistral uzatgich (3) suvni suv havzasidan yoki birinchi stansiya va ko’targichdan (2) shoxsimon (5) NS-ga uzatadi. Yirik konlarda magistral uzatmalar ko’proq maydon halqasi bo’ylab, kichik konlarda esa tuzilma o’qidan uzoqlashtirilgan holda o’rnatiladi. Taqsimlovchi (tarqatuvchi) suv uzatmalar shoxsimon nasosdan (5) to haydovchi quduqqacha (7) o’rnatiladi. Bitta kovlanmaning o’ziga bir nechta taqsimlash suv uzatmalari yotqizilishi mumkin. Suv taqsimlashgichlarni yotqizish chuqurligi, qish paytida gruntlarni muzlash chuqurligiga bog’liqdir. Taqsimlash suv uzatmalari 20 MPa bosimgacha ishlaydi. Yirik shoxsimon nasos stansiyalarida (ShNS) maydon kattaligiga qarab to’rtta (3÷5 ming m3) rezervuarlar quriladi. Bu rezervuarlar avariya paytida ham xizmat qiladi: nasos stansiyalari ba’zi bir sabablarga ko’ra to’xtatilganda, suv uzatmalar yorilganda, quduq to’xtatilganda suv haydashni ta’minlaydi. Download 292.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling