Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi: belgilangan vaqt ichida o’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish. Guruhda iqtisodiy muammolarni yechish orqali mavzuni o’zlashtirish.
O’quvchi: Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalarga doit malakasini oshiradilar. Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo’ladilar, o’ fikrini himoya qila olish, ustivor fikrni aniqlash malakalarini rivojlantiradi, qaror chiqarish, ko’nikmalarini rivojlantiradilar, mantiqiy fikrlaydilar.
|
Kelgusi rejalar (tahlil va o’zgarishlar)
|
O’qituvchi:Yangi pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etadi va o’z ustida ishlaydi. Mavzularni hayotga bog’lashni o’rganadilar.
O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. Fikrni tahlil qilib bir qarorga kelish ko’nikmasini hosil qiladi.
|
Mavzu: Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalar.
Dars shiori: Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh
Maqsad:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalar mavzusiga olgan bilimlarini mustahkamlash. Guruhlarda bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalarni bajarish ko’nikmalarini rivojlantiradilar.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni milliy istiqlol g’oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning tenglama va uning ildizlariga doir o’quvchilarning bilim va malakalarini shakllantirish.
Dars uslubi: Guruh bilan ishlash, Aqliy hujum.
Vosita: Darslik, guruhlar uchun topshiriqlar yozilgan jadvallar.
Usul: guruhlar ishi.
Dars shakli: savol -javob, aralash, taqdimot,
Do'stlaringiz bilan baham: |