Bir pog’onali reduktorni hisoblash
Eskiz chizmaning birinchi bosqichi va dumalash podshipniklarni tanlash
Download 1.98 Mb.
|
Bektoshev
8. Eskiz chizmaning birinchi bosqichi va dumalash podshipniklarni tanlash
Reduktor kompanovkasining chizmasi masshtab M 1:1 millimetrovka qog'ozda chiziladi. Taxminan o'rta qismidan o'q chizig'ini o'tkazamiz. Bu o'q chiziqdan aW mm o'lchab o'qlararo masofasini chizib olamiz. Shundan so'ng chizilgan o'qning markazidan shesternya va g'ildirakni d1, d2, da1, da2 B1, B2 o'lchamlarini chizib olamiz. Harakatlanuvchi detallar va reduktor ichki devori orasidagi masofani 6-15mm gacha qabul qilib ichki devorni chizib olamiz. Yetaklovchi valda shesternyani o'rtasidan bir xil masofada ikki tayanchga dumalash podshipniklarini o'rnatamiz. Ikki podshipnik orasidagi masofa mm. Chiqish valida g'ildirak o'rtasidan bir xil masofada sharikli podshipniklarini o'rnatamiz. Ikki podshipnik orasidagi masofa mm. Podshipnik gabarit o'lchamlari dP2 mm bo'yicha radial sharsimon o'rta seriyali podshipniklarni qabul qilamiz. 17- jadval Yengil seriali podshipniklarning standart qiymatlari
Podshipnikning qabul qilingan qiymatlarini jadvalga kiritamiz. 16-rasm. Radial podshipnikning konstruksiyasi 17- jadval bo'yicha 18-jadvalni to'ldiramiz: 18-jadval Podshipnikni geomektrik va dinamik parametrlari
Ushbu eskiz chizmadan, podshipnik o'rtasidan g'ildirak o'rtasigacha bo'lgan masofani aniqlaymiz. Yetaklovchi valda kirish qismidan val podshipnigi o'rtasigacha bo'lgan masofa mm, podshipnik o'rtasidan shesternya o'rtasigacha, ikkinchi podshipnik o'rtasigacha bo'lgan masofa mm. Yetaklanuvchi valda chiqish qismidan podshipnik o'rtasigacha bo'lgan masofa mm, podshipnik o'rtasidan g'ildirak o'rtasigacha bo'lgan masofa mm. Hozirgi vaqtda mashinalar loyihalashda dumalash podshipniklari ISO tavsiyalariga binoan ikki xil usul bilan tanlanadi. Yurtimizda dumalash podshipniklari tanlash usuli standartlashtirilgan (GOST 18854-73 va 18855-73). Standartda ko'rsatilishicha valning aylanish chastotasi 1 min-1 dan katta bo'lmagan hollarda podshipniklar statikaviy yuk ko'taruvchanlik bo'yicha, qolgan hollarda esa, dinamikaviy yuk ko'taruvchanlik bo'yicha tanlanadi. 9. Shponkani tanlash va uning mustahkamligini tekshirish
Prizmatik shponkali birikmaning konstruksiyasi 9.1. Yetaklovchi val uchun shponka tanlash va uning mustahkamligini tekshirish. Material po'lat 45, normallangan prizmatik shponka. Ruxsat etilgan ezish kuchlanish. GOST 23360-78 bo'yicha (jadval 8.9) [1] shponkaning o'lchamlarini aniqlaymiz: Mufta o’rnatiladigan qismi uchun: dВ1=…mm; hш=….mm; bш =….mm; t1 = …mm; shponkaning uzunligi ℓ = ℓmufta – 10 mm; burovchi moment Т2= …Nmm. - Ezish kuchlanish ≤ [σSM] - - bo'lishi shart (ya'ni mustahkamlik sharti bajarilgan bo'ladi) 9.2. Yetaklanuvchi val uchun shponka tanlash va uning mustahkamligini tekshirish. Material po'lat 45, normallangan prizmatik shponka. Ruxsat etilgan ezish kuchlanish. GOST 23360-78 bo'yicha (jadval 8.9) [1] shponkaning o'lchamlarini aniqlaymiz: g'ildirak o'rnatilgan qismi diametri: dК2=…mm; hш=….mm; bш =….mm; t1 = …mm; shponkaning uzunligi ℓ = ℓST4 – 10 mm; burovchi moment Т3= …Nmm - Ezish kuchlanish. ≤ [σсм] - bo'lishi shart (ya'ni mustahkamlik sharti bajarilgan bo'ladi) Mufta bilan ulanadigan qismi diametri: dВ2=…mm; hш=…mm; bш =….mm; t1 = …mm; shponkaning uzunlig ℓ = ℓmufta – 10 мм; burovchi moment Т3= …Nmm - Ezish kuchlanish ≤ [σсм] - - bo'lishi shart (ya'ni mustahkamlik sharti bajarilgan bo'ladi) Reduktor kompanovkasining ko’rinishi Tishli g’ildirakning ishchi chizmasi Adabiyotlar: Суханов Г.П., Методическое указание. «Расчет валов» часть II. Ташкент, 1989 г. ТашИИТ. 32 стр. С. А. Чернавский и др. Курсовое Проектирование деталей машин- М: Машиностроение, 1987г, 414 стр. Леликов О.P., Дунаев Г.Д. «Конструирование узлов и деталей машин» - М: «Высшая школа», 1985 г. 415 стр. Иванов М.Н. «Детали машин» - М: «Высшая школа», 1984 г. Tojiboyev R.N., "Mashina detallari fanidan masalalar to'plami" - Toshkent. "O’qituvchi", 1991 y. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling