Bir soatlik dars ishlanma. Sana


Download 24.76 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi24.76 Kb.
#1773203
Bog'liq
Bir soatlik dar-WPS Office


Bir soatlik dars ishlanma.
Sana________________
Mavzu: O‘ZBEKISTONNING GEOGRAFIK O‘RNI VA
CHEGARALARI, MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
Maqsad:
1)Ta’limiy – yangi mavzu bo’yicha tushuncha berish.
2)Rivojlantiruvchi – yangi mavzu bo’yicha ko’nikma malakalrini rivojlantirish.
Dars turi: Nazariy.
Dars o’tish usuli: Suxbat, savol-javob.
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism:
A)Salomlashish B)Davomatni aniqlash
II O’tilgan mavzuni takrorlash:
O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarni savol-javob asosida baholash.
III Yangi mavzuni bayoni:
Mavzu: O‘ZBEKISTONNING GEOGRAFIK O‘RNI VA
CHEGARALARI, MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI



O‘zbekistonning geografik o‘rni va chegaralari. O‘zbekiston Respublikasi
Shimoliy va Sharqiy yarimsharlarda, Yevrosiyo materigining markaziy qismida,
Dunyo okeanidan ancha uzoqda (eng yaqin okean Hind okeani bo‘lib, ungacha
bo‘lgan masofa 1000 kmdan ko‘proq), O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining
markaziy qismida, asosan, ikkita yirik daryo - Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida
joylashgan.
O‘zbekiston geografik o‘rniga ko‘ra O‘rta dengiz bo‘yidagi Ispaniya, Italiya,
Gretsiya kabi mamlakatlar bilan taxminan bir geografik kenglikda joylashgan.
Lekin O‘zbekiston Yevrosiyo materigining ichki qismida okean va dengizlardan
uzoqda joylashganligi tufayli uning tabiiy sharoiti O‘rta dengiz bo‘yi subtropik
hududlardan farq qiladi. Buning ustiga Hind okeanidan kirib keladigan nam va iliq
havo oqimlarini tog‘lar to‘sib turadi. Aksincha, shimoliy qismi ochiq bo‘lganligi
tufayli sovuq havo oqimi bemalol kirib keladi. Natijada, O‘zbekiston subtropik
mintaqada joylashsa-da, cho‘lga xos bo‘lgan tabiiy sharoit (yozi bulutsiz,
serquyosh, jazirama issiq va quruq, qishi esa nisbatan sovuq) vujudga keladi.
O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli sharqida
bo‘lib, 45° 36′ shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi Termiz shahri yonida,
Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37° 11′ shimoliy kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi
Ustyurt platosida bo‘lib, 56° 00′ sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa
Farg‘ona vodiysining sharqiy qismida, 73° 10′ sharqiy uzunlikdadir.
O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi orasidagi masofa 925
km ga, eng g‘arbiy nuqtasi bilan sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km ga
teng.
Respublikamiz shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston bilan, sharqda
Qirg‘iziston bilan, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubi-g‘arbda Turkmaniston
bilan chegaradosh. Janubda O‘zbekiston Surxon-Sherobod vodiysida Afg‘oniston
bilan (Amudaryo orqali) chegaradoshdir. O‘zbekiston Respublikasi davlat
chegaralarining umumiy uzunligi 6221 km bo‘lib, shundan 2203 km, ya’ni 1/3
qismi, Qozog‘iston, 1721 km Turkmaniston, 1161 km Tojikiston, 1069 km
Qirg‘iziston hamda 137 km Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston
chegarasining ko‘p qismi tekisliklar, ozroq qismi adir va tog‘lar orqali o‘tadi.
O‘zbekistonning iqtisodiy geografik o‘rni. Mamlakatlarning geografik o‘rni
nafaqat ularning tabiiy sharoitiga, balkim xo‘jaligi va savdo aloqalarining
IV Yangi mavzuni mustahkamlsh:
Savol - Javob
1)Afrikaning asosiy sanoat tarmog’i nima?
2)Afrikada qaysi tabiiy boyliklar juda ko’p?
V Darsni yakunlash, uyga vazifa berish:
O’tilgan mavzuni o’qib o’rganib kelish.
Download 24.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling