Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
50. Mulohazalar Sardorning tahminiy kun tartibini belgilaydi:
p: Sardor erta turdi;
q: Sardor nonushtaga qaymoq yedi;
r: Sardor tushlikka sho‘rva ichdi;
s: Sardor kechki ovqatga palov yedi;
u: Sardor sport bilan shug‘ullandi;
v: Sardor kitob o‘qidi.
Quyidagilarni tabiiy tilda ifodalang (ayting):
a) q; b) s; c) q ∧ u; d) r ∧ s; e)r ∨ s.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
Ma’nosigaqarab tabiiy tildagi sodda mulohazalarni harflar bilan erkin belgilab
inkor, kon’yunksiya va diz’yunksiya kabi mantiqiy bog‘lovchilar yordamida murakkabroq mulohazalarni rost−yolg‘onligiga e’tibor bermasdan simvolik (ramziy) ko‘rinishlarini tuzaylik.
2−misol. p ∨ ¬pmulohaza tavtologiya ekanligini isbotlang
Rostlik jadvalini tuzamiz:
p ∨ ¬pmulohaza doimo rost qiymatlarni (uchinchi ustunga qarang)qabul qilgani
bois u tavtologiya bo‘ladi.
Ikkita mulohazalarning rostlik jadvallaridagi mos ustunlar bir hil bo‘lsa, bu
mulohazalar mantiqiy teng kuchlideyiladi.
3−misol. ¬(p∧q)va ¬p∨¬qmulohazalar mantiqiy teng kuchli ekanligini
isbotlang.
¬(p∧q)va ¬p ∨ ¬qmulohazalar uchun rostlik jadvallarni tuzamiz:
¬(p∧q)va ¬p ∨ ¬qmulohazalar ning rostlik jadvallaridagi mos ustunlar bir xil,
demak bu mulohazalar mantiqiy teng kuchli. Bu munosabatni ¬(p∧q)= ¬p ∨ ¬q kabi yozamiz.
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
53. Mantiqiy teng kuchliliklarni isbotlang:
a) ¬(¬p) = p; b) p∧q=p; c) p ∨ (¬p ∧ q)= p∨q;
d) ¬(q ∧ ¬p)= ¬q ∧ (p∨q).
54. Mulohazalar berilgan bo‘lsin:
p:Sardor olmalarni yaxshi ko‘radi;
q:Sardor uzumni yaxshi ko‘radi.
Quyidagi mulohazalarni tabiiy tilda ifodalang:
a) p ∨ q; b) ¬(p∨q); c) ¬p; d) ¬p ∧ ¬q.
55. Rostlik jadvalini tuzib, ¬(p∨q)va ¬p ∧ ¬qmulohazalar mantiqiy teng
kuchli ekanligini isbotlang.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
O`IBDO`: _______ Ismailov Murod
Do'stlaringiz bilan baham: |