Bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
Download 64.78 Kb.
|
5 sinf najmiddin kubro va jaloliddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik vositalar
- Yangi mavzu bayoni. Mogullarga qarshi mardonavor kurash.
Darsning didaktikasi:
jihozlar: mavzuga oid tarqatma materiallar, slayd, rag`batlantiruvchi kartochkalar, rasmlar, “Kompyuter Osiyo” ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi foydalanib (“O‘zbekiston oltini”) lavha, tarix darsligi. Texnik vositalar: multimediya, monitor, S inf chizmasi. Guruhlarning joylashush holati O’quvchilarning e’tiborini darsga jalb qilish BKMlarni takrorlash maqsadida blits so’rov o’tkaziladi. /. Vatanimiz qaysi jihatlari bilan arablar e'tiborini o'ziga tortgan edi? 2. Muqanna qo 'zg 'olonining sabablari haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Muqanna qo 'zg 'oloni nima uchun mag 'lubiyatga uchragan edi? 4. Muqanna qo 'zg'olonining ahamiyati nimalardan iborat bo'lgan? Yangi mavzu bayoni. Mo'g'ullarga qarshi mardonavor kurash. 1206-yilda Mo'g'ulistonda «Yakka mo'g'ul ulusi» deb atalgan davlat tashkil etildi. Bu davlatni o'z davrining mashhur sarkardasi Temuchin tashkil etgan edi. Davlat hukmdori Temuchin -Chingizxon unvoni bilan atalaboshlangan. Chingizxon o'z davri uchun qudratli lashkar tuza olgan. Endi, u dunyo hukmdori bo'lishga intilgan. Qisqa vaqt ichidajuda katta hududlarni bosib olib o'z davlatini ulkan davlatga aylantirgan. Nihoyat, uning davlati chegaralari yana bir ulkan davlat - Xorazmshohlar davlati chegaralarigacha yetib kelgan. BudavrdaXorazm-shohlar davlatining hukmdori Alouddin Muhammad edi. Chingizxonning maqsadi - Xorazmshohlar davlatini qulatish va Osiyoda tanho hukmdor bo'lib olish edi. 1219-yilda Chingizxon Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yuborgan. Xorazmshoh sulton Alouddin Muhammad mamlakat mudofaasini tashkil etishda xatoga yo'l qo'yadi. Xorazmshohlarning har bir qal'asi dushmanga qarshi mardonavor kurashadi. Ammo qudratli Chingizxon Movarounnahr shaharlarini birin-ketin vayronaga aylantira borgan. Tez orada mamlakat poytaxti Urganch shahriga hujum boshlagan. Urganchliklar zamonasining buyuk allomasi Najmiddin Kubro boshchiligida dushmanga qattiq qarshilik ko'rsatganlar. Najmiddin Kubro mudofachilarga qarata: «Yo Vatan, yo sharafli o'lim», - deb murojaatqilgan. Shaharda ko'chajanglari yetti oy davom etgan. Oxiri, qo'lidaqurolushlashga holi qolmagan shahar mudofaachilari ilojsizlikdan taslim bo'lganlar. Urganch mudofaasida Najmiddin Kubro ham mardlarcha halok bo'lgan. Urganchni egallagan mo'g'ullar shaharga o't qo'yib yuborganlar. Natijada, uzoq yillar davomida barpo etilgan bu ko'rkam shaharda hayot to'xtagan. Download 64.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling