Sinf: 4-“A” Fan: Matematika Sana


Download 66.29 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi66.29 Kb.
#1521582
  1   2   3   4
Bog'liq
Sonni-ikki-xonali-va-uch-xonali-songa-kopaytirish


Sinf: 4-“A”
Fan: Matematika
Sana:14-mart 2012-yil
Mavzu: Sonni ikki xonali va uch xonali songa ko`paytirish.
Maqsad:

  1. talimiy maqsad – o`quvchilarning sonni ikki xonali va uch xonali son-ga ko`paytirish yuzasidan olgan bilimlarini takomillashtirish.

  2. tarbiyaviy maqsad – o`quvchilarda vatanparvarlik, yuksak axloqiy si-fatlarni shakllantirish, iqtisodiy bilim berish, vaqtdan unumli foydala-nishga undash, o`quvchilarda estetik dunyoqarashni shakllantirish.

  3. rivojlantiruvchi maqsad – o`quvchilarning og`zaki va yozma hisob-lash malakalarini shakllantirish, mantiqiy fikrlashga undash, ularning fanga bo`lgan qiziqish va faolliklarini oshirish.

Dars tipi: Takomillashtiruvchi dars.
Dars uslubi: Ko`rsatmali amaliy.
Dars usuli:Noan`anaviy.(aqliy hujum, hamkorlik, guruhlar bilan ishlash.)
Dars jihozi: Mavzuga oid ko`rgazmalar, texnik jihozlar, tarqatma materiallar, rag`batlantiruvchi materiallar.
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism.(3 min)
a) psixologik iqlim yaratish.
b) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish va baholash me`zoni bilan tanishtirish.
2.O`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash.(5 min)
a)matematik diktant(3 min)
b)tezkor savol-javob(2min)
3.Yangi mavzu bayoni.(15 min)
a) yangi mavzuni tushuntirish
b) darslik bilan ishlash.
4.Dam olish daqiqasi.(2 min)
5.Mustahkamlash.(18 min)
a) iqtisodiy masala
b) amaliy ish
c) sehrli kvadratcha
6.Yakunlash.(2 min)
a) g`olib guruhni aniqlash.
b) uyga vazifa
c) darsni yakunlash.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
a) psixologik iqlim yaratish.
O`qituvchi: Bolajonlar hozir sizga ertak aytib beraman.
Bir bor ekan, bir yo`q ekan.O`tgan zamonda emas hozirgi zamonda bir ajoyib maktab bor ekan.Har tong shu maktab tomon bir-biridan aqlli,odobli, bilimdon bolajonlar bilim egallash uchun shoshib kelarkan.14- mart ayni bahor tongida, ha shu bugun tongda 4 o`rtoq maktab tomon kelayotib yo`lda uchrashib qolishibdi. Ularga yana bir bola yetib olibdi.O`rtoqlar bir-birlari bilan qo`l berishib salomlashibdilar. Qani bolalar aytingchi qo`l berib ko`ri-shishlar soni jami nechta bo`ladi? Chizmada ko`rsating.
J avob: 10 ta

Javoblar tinglanadi. To`g`ri javob tanlanib rag`batlantiriladi.


“Salom” she`ri.
O`qituvchi: Qaysi darsni boshlaymiz?
O`quvchi: O`rgangaymiz hisob-kitob ilmini,
Matematika jumboqlarning tilisimi.
b) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish va baholash mezoni bilan tanishtirish.
O`qituvchi: Rahmat barakalla, bolajonlar! Bugun biz sizlar bilan sonni ikki xonali va uch xonali sonlarga ko`paytirishning yozma usullarini o`rganamiz.
Sinf o`quvchilari uch guruhga bo`lingan: 1.Bilimdonlar
2.Zukkolar
3.Topqirlar
Demak,har bir guruhda beshtadan o`quvchi bo`lib, har bir topshiriq bajaril-ganda guruh uchun bitta baho qo`yiladi. Baholash mezoni quyidagicha:
Topshiriqlar to`liq va aniq bajarilganda – 5 bahoni bildiruvchi gul bilan;
Topshiriq chala bajarilganda – 4 bahoni bildiruvchi to`rtburchak bilan;
Topshiriq qoniqarsiz bajarilganda – 3 bahoni bildiruvchi uchburchak bilan o`quvchilar baholanadi.

Download 66.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling