Bir va uch fazali hisoblagichlarning ish prinsipini tadqiq etish


Download 316.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi316.48 Kb.
#1428055
1   2   3   4
Bog'liq
TAJRIBA ISHI BIR VA UCH FAZALI HISOBLAGICHLARNING ISH PRINSIPINI

Hisoblagichni dasturlash.
1. Hisoblagich parametrlarini quyidagicha dasturlash mumkin:
-ketma-ket port bo`yicha kompyuter yurdamida boshqarish;
-parametrlarni almashtirish qurilmasidan foydalanish
– optoport yordamida.
2. Hisoblagichni dasturlash energiya ta’minoti korxonasi tomonidan ishlatish 
joyiga o’rnatishdan oldin yoki ishlatilishi jarayonida “Energiya” masofadan 
boshqarish tizimi vositalari orqali amalga oshiriladi.
3. Dasturlash «Konsol» dasturi yordamida amalga oshiriladi.
4. Agar shanba, yakshanba va bayram kunlari alohida tariflar bo`yicha 
tariflashtirish zarurati bo`lgan hollarda, bu kunlar uchun xam ish kunlariga 
o`xshash tariflarni tayinlash va vaqt zonalarini dasturlash zarur. Bayram 
kunlarida ishlatish uchun bayram nishonlanadigan kun sanalarini ko`rsatish 
lozim.
5. Statistik axborotlarni yig`ish va dasturlashni o`tkazish «Konsol» DTining 
“Dasturlash bo`yicha ko`rsatmalar” bo`limida keltirilgan.
Bir fazali hisoblagich klaviaturasi bilan ishlash va tugmalarning vazifalari
1.Bir fazali hisoblagich turli ish rejimlariga qayta ulashga, yakuniy registrlar 
qiymatlarini ko`rishga va foydalanuvchi uchun ruxsat etilgan parametrlarni 
tuzatishga imkon beradigan ikki tugma bilan jihozlangan.
2. “O`RNATISH” tugmasining bosilishi hisoblagichning “Asosiy ish rejimi” 
rejimidan “Servis” rejimiga qayta ulanishiga olib keladi. “Servis” rejimi – bu 
tugmaning bosilishi tuzatish amalga oshirilishi kerak bo`lgan pozitsiyaning 


tanlanishiga yoki tuzatilgan qiymatni xotirada saqlanishiga yoki buyruqning 
bajarilishiga (masalan, yuklamani uzish zaruratida) olib keladi.
3. “Servis” rejimida “TANLOV” tugmasining bosilishi menyu bo`limlari 
bo`yicha siklik surilishga olib keladi. Qiymatlarni tuzatishda bu tugmaning 
bosilishi ruxsat etilganlar ro`yxatidan tuzatiladigan qiymatni o`zgartirishga 
yoki yakuniy registrlarni “varaqlash” ga olib keladi.
3.1- jadval Bir va uch fazali hisoblagichlarning texnik xarakteristikalari va 
ularning tavsifi jadvali 

Download 316.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling