Birgalikda o’qiymiz


Download 45.86 Kb.
bet2/5
Sana23.03.2023
Hajmi45.86 Kb.
#1290022
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biologiyani o’qitishda Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining “birgalikda o’qiymiz” metodidan foydalanish.

Mashg’ulot maqsadi. Hamkorlikda o’qitish texnolgiyasining metodlarini qo’llashning texnolgik bosqichlari va xaritasini tuzishni o’rgatish. Mashg’ulot natijalari.
1. Hamkorlikda o’qitishning “Birgalikda o'qiymiz” metodi haqida tushunchalarga ega bo’ladilar.
2. Texnologik bosqichlarni tuzishni o’rganadilar.
3. Darslarda “ Birgalikda o'qiymiz metodini” qo’llay oladilar.
Zarur bo’ladigan materiallar: Kodoskop, lineyka, ma’ruza matnlari.
Mashg’ulotning borishi: Hamkorlikda o'qitishning «Birgalikda o'qiymiz» metodi 1987- yili Minnesota universiteti professorlari J. Jonson, R. Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o'quvchilari 3-5 boladan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqning m a’lum qismini bajaradi.Guruhlar topshiriqlami to'liq bajarishi natijasida o'quv materialiningyaxlit o'zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy tamoyillari — komandani taqdirlash, o'quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish sanaladi.
Darsning mavzusi. Qon va uning vazifalari.
Darsning ta’limiy maqsadi. O'quvchilarni qonning umumiy xususiyatlari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi. O'quvchilarni qonni tarkibiy qismlari, umumiy xususiyatlari bilan tanishtirish, ularning foydasi va zararini tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, gigiyenik va ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi.O'quvchilarning inson organizmi organlar xilma-xilligi haqidagi bilimlarini, darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash. Qon aylanish sistemasiga doir rasmlar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya:Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi («Birgalikda o'qiymiz» metodi)
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O'quvchilar dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o'quv topshiriqlarini bajarishga yo'llash.

Download 45.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling