Biriitchi bob «piligrim» kemasi
n Nelson — ingliz admirali ( 1758-1805)
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
jyul vern. on besh yoshli kapitan
n Nelson — ingliz admirali ( 1758-1805).
— O'zim ham bilaman! — deb afsuslangandek yelkasini qisdi Benedikt tog'a. — Men kayutalarni allaqachon xo'b titkilab chiqdim... — Agar qiziqsangiz, tryumda suvaraklar topilib qolsa ajab emas, — dedi kapitan Gul, yana gapini davom ettirib. — A lb atta qiziqam an! S u v ara k la r ham m a n arsan i yeyveradigan hasharotlar bo'lib. ular... — Hamma joyni iflos qiladilar... — deb qo'shimcha qildi kapitan Gul. — Ular kemada podsho bo'lib olishibdi! — deb uning so'zini tuzatdi Benedikt tog'a maqtanganday bo'lib. — Suvaraklar podsholigi ekan-a! — Ana xolos. taqsirim. entomolog emasligingiz ko'rinib turibdi!
— Zinhor. — Menga qarang, Benedikt tog'a, — dedi kulimsirab missis U eldon, — ishqilib. fanga foyda b o 'lsin deb bizlarni suvaraklarga yem qilib qo'ymang tag'in? — Yo‘g'-e, men sizlardan hech narsa talab qilayotganim yo'q, jiyanim Ueldon! Men kolleksiyamni boyitadigan bironta nodir hasharot topilib qolmasmikan, degan umiddaman. — Demak. siz Yangi Zelandiyada topgan hasharotlaringizdan rozi emas ekansiz-da? — Yo'q, jiyanim Ueldon, juda ham roziman. Men u yerda bir dona yovvoyi qo'ng'iz topdim. Mendan ilgari olimlar bunday qo'ng'izni faqat Yangi Kaledoniyadagina bo'ladi. der edilar. Shu topda Jek bilan o'ynayotgan Dingo Benedikt tog'a oldiga chopib keldi. — Qoch, ket! — deb haydadi itni tog'a tushmagur. — Iye. janob Benedikt! — deb xitob qildi kapitan Gul. — Bu qanaqasi. suvaraklarni yaxshi ko'rasiz-u, itni yomon ko'ra- sizmi?
— Yana tag'in shunaqangi yaxshi itni-ya?! — dedi kichkina Jek, ikki qo'li bilan Dingoning boshidan quchoqlab. — Ha, shunday... — deb g'uldiradi Benedikt to g 'a. — C h un ki bu y aram as jo n iv o r m ening um idim ni puchga chiqardi.
— Qanday qilib, Benedikt tog'a! — dedi missis Ueldon. — Nahotki, siz Dingoni ham ikki qanotlilar yoxud parda qanotlilar qatoriga kirgizmoqchi bo'ldingiz? — Yo'q, — deb jiddiy javob qaytardi olifnimiz. — Dingo Avstraliya naslidan bo'lsa ham. G 'arbiy Afrika qirg'og'idan topib olingan-ku! — T o 'g 'ri aytasiz, — deb uning gapiga qo'shildi missis Ueldon. — Tom buni «Valdek» kemasida eshitgan ekan. — Shuning uchun... men... bu jonivorning ustida faqat G 'a rb iy A frik ad a b o 'la d ig a n b iro n ta h a sh a ro t to p ilib qolmasmikan. deb umid qilgan edim. — Yo xudo! — deb nido qildi missis Ueldon. — Ehtimol, undan bironta nom aium turdan bo'lgan burga- murga topilib qolsa deb... — Hoy, Dingo, eshitayotibsanmi? — dedi kapitan Gul. — Eshitayotibsanmi? Sen o'z vazifangni bajarmabsan. — Uning yungini tarashim behuda ketdi, — dedi entomolog alamidan. — Unda birorta ham burga topilmadi-ya! — Aminmanki, agar burga topganingizda o'ldirardingiz- qo'yardingiz-da? — dedi kapitan. — Shuni bilib qo'yingki, taqsir, — deb quruqqina qilib javob qaytardi Benedikt tog'a, — janob Jon Franklin15 hasharotlarni, h a tto k i b u rg ad an ham yo m onroq ch aq ad ig an am erika chivinlarini ham hech qachon o'ldirmas edi. Janob Jon Franklin dengizchi b o'lganda ham tengi y o 'q dengizchi bo'lganini bilsangiz kerak deyman? — T o'g'ri aytasiz! — deb bosh egib javob qaytardi kapitan Gul.
— Bir kuni uni iskabtopar qattiq chaqib olibdi. Ammo Franklin unga qarab bir puflabdi-da: «Marhamat qilib, jo'nab qoling. H ar ikkimiz uchun ham olam keng!» — debdi. — Ha-ha! — dedi kapitan Gul m a’nodor qilib. — Shunday, taqsir!
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling