Biriitchi bob «piligrim» kemasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
jyul vern. on besh yoshli kapitan
"Jon Franklin — ingliz dengizchisi va qutb oikalarini tekshirgan shaxs
(1786-1847). — Janob Benedikt, bu so‘zlarni Franklindan ancha ilgari boshqa bir kishi aytganligini bilmaysizmi? — Boshqa bir kishi?!14 — Ha. Uning oti Tobi tog'a edi. — U kishi entomologmidi? — deb shoshib so'radi Benedikt tog'a.
— Hech-da. Stemning Tobi tog'asi entomolog bo'lmasa ham, lekin yonida g'o'ng'illayotgan pashshaga sensirab: «Qoch-ey, qurib ketkur! Seni o'ldirib nima qilaman? Olam keng, bir- birimizga xalal bermasdan bemalol yashayverishimiz mumkin». — deb aytgan ekan. — Balli, Tobi tog'aga! — deb xitob qildi Benedikt tog'a. — U o'lganmi? — Shunday bo'lsa kerak, — deb bosiqlik bilan javob qaytardi kapitan Gul, — chunki uning o'zi aslida dunyoda bo'lgan emas. Hammalari Benedikt tog'aga qarab qotib-qotib kulishdi. U zoq ch o 'zilg an sayo hat m ahalid a bunday d o 's to n a suhbatlar kishilarga ancha yengillik berar edi. Hech so'zsiz, Benedikt tog'a borida suhbat doim hasharotlar ustida bo'lar edi.
Dengiz doim tinch edi. Yengil esgan shamol yelkanlarni sal- pal qimirlatib tursa ham, lekin «Piligrim» sharq tomonga sira siljimas edi. Kapitan Gul kemaning o'ng tomonidan shamol esadigan joylarga yetib borishini sabrsizlik bilan kutar edi. Shuni ham aytish kerakki, Benedikt to g 'a Dik Sendga entomologiya fanining sirlarini o'rgatmoqchi bo'lgan esa-da, lekin Dik bundan ustalik bilan qochib yurdi. Shundan keyin olimimiz negrlarga leksiya o'qiy boshladi. Natijada Tom, Bat, Ostin va A kteonlar Benedikt to g 'ad an qochadigan b o'lib qoldilar; tog'a kema sahnida paydo bo'lishi bilan ular hujraga qochib kirib ketar edilar. Muhtaram entomologning gaplariga quloq soladigan birgina Gerkules edi, Gerkules tekinxo'rlarni parda qanotlilardan ajrata biladigan qobil shogird chiqib qoldi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling