Biriitchi bob «piligrim» kemasi
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
jyul vern. on besh yoshli kapitan
'Send— inglizcha: qum.
chaqqon, serharakat va baquvvat odamlarni ikkita o ‘ng q o ‘l va ikkita chap oyoq bilan tug'ilgan deyish murakin; bunday kishilar nimaiki ish qilmasinlar — uddasidan chiqadilar, kim bilan birga yurmasinlar — baravar qadam tashlab keta oladilar. Dik tarbiyaxonada o'sgan deb yuqorida aytib o'tilgandi. U to ‘rt yoshidayoq o'qishga o ‘rgandi. Sakkiz yoshida u janubiy m am lakatlarga qatnaydigan kemaga yunga b o iib kirdi: u yoshligidayoq dengizga ishqiboz edi. Kemada u dengizchilik hunarini o‘rgana boshladi. Kemadagi ofitserlar bu tirishqoq bolaga yaxshi muomala qildilar va uning mashg‘ulotiga astoydil yordam berdilar. Mehnat qilish hayotning qonuni ekanligini, faqat peshana teri to ‘kib non topish mumkinligini yoshligidanoq tushungan odamgina qahramonlik ko'rsatishga qodir bo'ladi; chunki unda buning uchun har bir kun va har bir soatda iroda va kuch topiladi. Dik xizmat qilgan kemaga qo'mondonlik qiluvchi kapitan Gul bu qobiliyatli shogirdga e’tibor bera boshladi. Jasur kapitan bu dadil bolani yoqtirib qoldi. San-Fransiskoga qaytganda. uning to ‘g‘risida kemalar xo‘jayiniga gapirib berdi. Jems Ueldon bolaning kelajagiga qiziqib. uni boshlangich maktabga o ‘qishga berdi va o'qishni bitirib olishiga yordam qildi. Dik havas bilan o ‘qidi, u ayniqsa geografiya bilan sayohatlar tarixiga juda ko'ngil q o ‘ydi; maktabda oliy matematika bilan navigatsiya7 nazariyasini o'qitmaganliklariga juda-juda achinar edi. M aktabni tam om lagandan keyin Dik U eldonning kit ovlovchi kemasiga matros b o iib kirdi. Dik uzoq sayohat qilish kabi kit ovlashdek kattakon kasb ham asl dengizchi tayyorlash uchun ko‘p foydali bir ish ekanligini tushunardi. H ar qanday tasod ifiy v oq ealarga uchraydigan dengizchilik h u n arin i o'rganayotgan yosh o ‘smir uchun kit ovlovchi kemada xizmat qilish eng yaxshi tajriba edi. Shu bilan birga, bu «Piligrim» kemasiga o ‘zining homiysi kapitan Gul qo‘mondonlik qilar edi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling