Biriktiriladi. Ish kuni yoki soatlik qilib belgilanadi. Juftlangan usulda haydovchilar mehnatini tashkil etish
Shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida “tig’iz soat”larda tashishni
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1- mavzu 4- soat Harakat jadvali ishlab chiqilayotganda e’tibor beriladigan omillar (1)
5.4. Shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida “tig’iz soat”larda tashishni tashkil etish Shahar ichi yo‘nalishlarining boshqa yo‘nalishlardan keskin farq qiladigan belgilaridan biri – yo‘lovchilar oqimining kunning soatlari va yo‘nalish uzunligi bo‘yicha notekis taqsimlanishi koeffisiyentining kattaligidadir. “Тig’iz soat”larda yo‘nalishdagi avtobuslar sonining zarur bo‘lgan miqdoridan kamligi, ular sig’imidan foydalanish koeffisiyentining birdan ortib ketishiga sabab bo‘ladi, natijada transport vositasiga chiqish va tushishda hamda unda harakatlanishda juda ko‘p noqulayliklar tug’iladi. Bazi yo‘lovchilar boshqa transportlardan foydalanishga majbur bo‘ladilar. Agar yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish uchun avtobuslar sonining cheklanganligini va “tig’iz soat”larda zarur bo‘lgan qo‘shimcha avtobuslarning yo‘qligini hisobga olsak, ko‘rinib turibdiki, yo‘lovchilarga yuqori sifatli transport xizmati ko‘rsatish uchun harakatni tashkil etishning eng samarali usullarini ishlab chiqsh va qo‘llash zarur bo‘ladi. “Тig’iz soat”larda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishning ilg’or usullariga birinchi galda quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Тezkor harakatni tashkil etish; 2. Ekspress harakatni tashkil etish; 3. Qisqartirilgan yo‘nalishlarni tashkil etish; 4. Oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini qisqartirish hisobiga ekspluatatsion tezlikni oshirish, ya’ni, harakat intervalini kamaytirish va 111 harakat chastotasini oshirish lozim; 5. Kombinasiyalashgan usulda harakatni tashkil etish. “Тig’iz” soatlarda harakatni tashkil etishning bazi bir usullarini ko‘rib chiqaylik. Misol. Avtobusning sig’imi q n =50 yo‘lovchi, oddiy yo‘nalishda aylanma qatnov vaqti t ayl = 100 min, oraliq bekatlarda to‘xtash vaqti t ob =1 min va oxirgi bekatda to‘xtash vaqti t ox =5 min. “Тig’iz soat”lardagi yo‘lovchilar oqimining maksimal qiymati Q max =375 yo‘lovchi/soat bo‘lsin: 1. Oddiy yo‘nalishda yo‘lovchilarni tashish uchun zarur bo‘lgan avtobuslar soni va harakat intervali quyidagicha topiladi: . 12 60 50 100 375 ) 5 ( max avt q t Q А n ayl oddiy y ; . min 3 , 8 12 100 y ayl А t I 2. Тezkor yo‘nalish tashkil etilishi hisobiga oraliqdagi 5 ta bekatda avtobus to‘xtamay o‘tsin, u holda: . 11 60 50 90 375 avt А tezkor y ; . min 2 , 8 11 90 y ayl А t I 3. Ekspress yo‘nalish tashkil etilganda: . 10 60 50 80 375 avt А ekspr y ; . min 8 10 80 y ayl А t I 4. Qisqartirilgan yo‘nalish tashkil etilganda, qancha yo‘lovchi qisqartirilgan yo‘nalishda, qanchasi oddiy yo‘nalishda tashilishi hamda qisqartirilgan yo‘nalishda avtobuslarning aylanma qatnov vaqtlarini aniqlash kerak bo‘ladi. Masalan, yo‘nalish bo‘yicha bir soatda Q max =375 yo‘lovchi tashilayotgan bo‘lsin, ulardan Q qisq =255 yo‘lovchi qisqartirilgan yo‘nalishda tashilsin. Oddiy yo‘nalishdagi aylanma qatnov vaqti t ayl = 100 min, qisqartirilgan yo‘nalishda esa t ayl = 64 min bo‘lsin. U holda, oddiy yo‘nalishda kerak bo‘lgan avtobuslar soni: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling