Biriktiruvchi to’qimalarning xilma-xiligi o’ziga xosligi reja


YOG’ HUJAYRALARI (ADIPOCYTI)


Download 0.77 Mb.
bet6/6
Sana12.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1768507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biriktiruvchi toʻqima

YOG’ HUJAYRALARI (ADIPOCYTI) 
Yog’ hujayralari yoki adipotsitlar asosan qon tomirlar bo`ylab joylashadi. Ba’zi joylarda esa yog` hujayralari to`planib, yog` to`qimasini hosil qiladi.Yog` hujayralari biriktiruvchi to`qi- maning kambial elementlaridan, retikulyar va adventitsial hujayralardan hosil bo`lishi mumkin. Bu hujayralar sitoplazmasida yig`ilgan mayda-mayda yog` tomchilari yirik tomchilarni hosil qiladi (75-rasm). Sitoplazma organellari va yadro chetga surilib, yog` hujayrasi sharsimon shaklni oladi. Maxsus bo`yovchi moddalar (sudan III va boshqalar) yog`ni bo`yasa, spirt uni eritadi. Gematoksilin-eozin bilan bo`yalgan preparatlarda yog` hujayralari oqish bo`lib ko`rinadi. 


75-rasm. Yog` hujayralari. Charvidan tayyorlangan. 0b. 10. ok. 10.
1-yog` hujayralari; 2-biriktiruvchi to`qima; 3-qon tomir. 
Elektron mikroskopda endoplazmatik to`r va Golji kompleksining juda sust rivojlanganligini ko`rish mumkin. yog` tarkibi turlicha bo`lib, iqlim sharoitiga va ovqatlanish turiga bog`liq («Yog` to`qimasi» ga q.)
Adipotsitlar (ba’zan lipotsitlar deb ham ataladi) ancha yuqori modda almashtirish qobiliyatiga ega. Qon va limfaga so`rilgan yog` tomchilari yoki xilomikronlar (diametri 1 mkm atrofida) tomirlar endoteliysidagi fermentlar ta’sirida yog` kislotalari bilan glitseringa parchalanadi. Bu moddalar adipotsitlar tomonidan so`rilib hujayralarda glitserolkinaza fermenti yordamida yana qayta triglitseridlarga sintezlanadi va yog` zapasi shaklida to`planadi. Adipotsitlarda to`plangan yog` zaruriyat tug`ilgan paytda hujayradan chiqarilib lipaza fermenti yordamida parchalanadi, hosil bo`lgan glitserin va yog` kislotalari qondagi albumin bilan bog`lanib to`qimalarga «yoqilg`i» sifatida yetkaziladi.
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling