Birinchi bob. Uyushgan qo’shma gaplarni nazariy jihatdan tahlili asoslari
Masalaning qisqacha o’rganilish tarixi
Download 74.51 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari
Masalaning qisqacha o’rganilish tarixi.O’zbekiston tilshunoslari tomonidan qo’shma gap ancha ko’p o’rganilgan.O’zbek tilshunoslari A.G’ulomov, M.Asqarova, A.Nurmonov, N.Mahmudov,R.Sayfullaeva bu sohada katta ishlar olib borgan. Uyushgan qo’shma gaplar borasida R.Sayfullaeva ishlari diqqatiga sazovor. Tadqiqot ob’ekti o’zbek tilidagi uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalarning o’ziga xos xususiyatlari. Tadqiqot predmeti o’zbek tilidagi uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalar. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:Tadqiqotning maqsadi - o’zbek tilidagi uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalarlarning o’ziga xos jihatlarini aniqlash. Bu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi. uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalar tushunchasiga ta’rif berish; tilshunoslikda uyushish nazariyasini tahlil qilish; o’zbek tilida uyushgan to’ldiruvchi ergash gapli konstrukstiyalarni kuzatish. Ilmiy tadqiqot natijalarini "Nazariy grammatika", "Sintaksis"kurslarini o’qishda va maktab hamda kasb-hunar kollejlarida qo’shma gap mavzusini o’tishda qo’llash mumkin. Ilmiy ishning yo’nalishi. O’zbek tili Tadqiqotning metodologik asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi prezidenti I. A. Karimovning asarlari, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risidagi", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" haqidagi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlari olindi. Xorijiy mashhur tilshunoslar N.D. Arutyunova, L.S.Barxudarov, A. V. Bondarko, I. I. Meshchaninov, O. Esperson, I. R. Galperin, E.V.Gulыga, E.I. Shendels, V. G. Gak, O. I. Moskalskaya, N. I. Filicheva, N. Yu. Shvedova, M.I.Cheremisina, T. P. Lomtev va boshqalarning asarlari lingvistik metodologik asos sifatida foydalanildi. Yurtimiz tilshunos olimlari A.Nurmonov, R.Sayfullaevalarning ilmiy ishlari malakaviy ishni yozishda muhim rol o’ynadi. Download 74.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling