1. O‘zbekiston tarixi, xususan mustaqilik davri tarixini o‘rganishda prezident I. A. Karimovning asarlari nafaqat metodologik asos balki asosiy manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. I. A


Download 18.03 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi18.03 Kb.
#262383
Bog'liq
7-seminar manbashunoslik


1. O‘zbekiston tarixi, xususan mustaqilik davri tarixini o‘rganishda prezident I.A. Karimovning asarlari nafaqat metodologik asos balki asosiy manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. I.A.Karimovning kitoblari, nutq va ma’ruzalarida respublikamiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari turli soxalarda erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, mavjud muammolar va ularni echish yo‘llari o‘z aksini topgan. Prezident asarlari respublikamiz xalq xo‘jaligi taraqqiyoti, siyosiy va ijtimoiy xayotiga doir boy materiallar, ishonchli fakt va raqamlar mavjud.
2. 1991 yil 31 avgustda o‘zbek xalqining asriy orzusi ushaldi. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Utgan 16 yil davomida respublikamiz asrlarga teng bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Mamlakatimizda chuqur siyosiy va iqtisodiy isloxotlar amalga oshirilmoqda. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat va xuquqiy davlat barpo etish xaqida dadil qadam tashlamoqda. O‘zbekiston xalqaro jamiyat tamonidan to‘la tan olinib BMT ning teng xuquqli a’zosi bo‘ldi.

O‘zbekistonning mustaqillik davrida bosib o‘tgan yo‘lini chuqur tadqiq etish ilmiy axamiyatga egadir. Bu davr tarixi xilma-xil manbalarda o‘z aksini topdi. Ular orasida davlatimizning oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari xujjatlari birinchi darajadagi manbalar qatoriga kiradi. 1990 yilda saylangan O‘zbekiston parlamenti-Oliy Kengash mustaqilligimizning dastlabki yillarida (1991-1994 yillar) ham faoliyat ko‘rsatdi. XII chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari» to‘g‘risidagi tarixiy qonun qabul qilindi. Oliy Kengash o‘z faoliyati davomida ______ dan ortiq qonunlar qabul qildi va mustaqil davlatimiz faoliyatining xuquqiy asoslarini yaratdi.

1994 yilda saylangan yangi parlament I chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlis, 1999 yilda saylangan II chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlisi va 2005 yildan faoliyatini boshlagan ikki palatali parlament mustaqil davlatimiz uchun zarur bo‘lgan qator qonun va qarorlarni qabul qildi va amalga oshirilayotgan isloxotlarni xuquqiy negizini yaratish borasida ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Bular orasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi katta axamiyatga egadir. Konstitutsiyasida yangi davlatimizning siyosiy, iqtisodiy tizimi, tashqi siyosatining asosiy tamoyillari o‘z aksini topdi. Oliy Kengash va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar va qarorlar muxim tarixiy manbalar bo‘lib, ularda mustaqillik davrida amalga oshirilgan ichki va tashki siyosatning asosiy mazmuni o‘z ifodasni topgan. Mustaqil davlatimizning ikki palatali parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlarni ijro etuvchi oliy organ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasidir. Respublika Prezidentining farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘zida aks ettirgan muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Mustaqillik davri tarixini o‘rganishda ulardan foydalanish zarurdir.

Respublika oliy qonun chiqaruvchi va ijroya organlari xujjatlari o‘z vaqtida matbuot saxifalarida, qisman bo‘lsada, nashr qilingan. Bu xujjatlarning asl nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivida saqlanadi.

3. Xalq xo‘jaligining ayrim sohalari rivojlanishiga doir ma’lumotlar respublika vazirliklariga tegishli xujjatlarda, «O‘zistiqbolstat» bosh boshqarmasi to‘plagan materiallarda o‘z aksini topgan. Mazkur manbalardagi fakt va raqamlarni sinchkovlik bilan o‘rganish, ularni taqqoslash, boshqa manbalar bilan solishtirish respublikamizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti tendensiyalarini aniqlash imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o‘rganish uchun mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining xujjatlari muxum rol o‘ynaydi. XDP, «Fidokorlar», «Vatan taraqiyoti», «Adolat», «O‘zLDP» kabi partiyalarning xarakatlari va darsturlari, ularning maromnomalari, quriltoy va boshqa anjumanlarda qabul qilingan rezolyusiya va qarorlari ularning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va faoliyati yo‘nalishi xaqida respublikamizning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkoniyatni beradi. Kasaba uyushmalari, «Kamolot» yoshlar jamg‘armasi, kasbiy va ijodiy uyushmalar xujjat va materiallari mamlakatdagi ijtimoiy jarayonlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Mustaqillik davri matbuot saxifalarida xam o‘z aksini topgan. Informatsiya zamoni bo‘lgan xozirgi davrda jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini topgan. Mustaqillikka erishgandan so‘ng, O‘zbekistonda matbuot organlarining soni keskin ko‘paydi. Sovet davrida tashkil etilgan gazeta va jurnallar bilan bir qatorda «Xalq so‘zi», «Narodnoe slovo», «Jamiyat va boshqaruv», «Oila va jamiyat». «Fidokor», «Adolat», «Andijonnoma», «Iqtisodiyot va hayot» singari o‘nlab yangi nashrlar chiqa boshladi. Gazeta va jurnalarda ijtimoiy xayotning turli qirralari o‘z aksini topmoqda. SHunday ekan, mustaqqillik davri tarixini o‘rganishda davriy matbuot materiallaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ammo gazeta va jurnallarda e’lon qilingan materiallar, fakt va raqamlarni boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan taqqoslash foydadan xoli emas.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro xamjamiyat bilan teng xuquqlik asosida xamkorlik qilmoqda, faol tashqi siyosat yurgizmoqda. Respublikamiz tashqi siyosatini o‘rganishda O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalari matni diplomatik muqotiba, xorijdagi elchi va konsullarimizning axborotlari, tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari xujjatlari muxim axamiyatga egadir. Prezident I.A.Karimov hamda Respublikamiz delegatsiyalarining chet ellarga safarlari to‘g‘risidagi xisobotlar ham tashqi siyosiy faoliyat xususida muxim manbalar qatoriga kiradi.



SHunday qilib, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tarixi juda ko‘p manbalarda o‘z aksini topgan. Bu manbalardan kompleks tarzda foydalanish istiqlol davri tarixini chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi.

4.
Download 18.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling