www.ziyouz.com кутубхонаси
27
saroyiga kiradigan bosh darvoza yaqinidagi devorga bunday deb
yozdi:
QIROL JAKOMONNING SOCHI YASAMA!
— Bu yozuv xuddi joyiga tushdi, — dedi u yozuvni kuzatib.
— Endi saroyga kiradigan boshqa eshik tomonga yozish
kerak.
Chorak soat ichida u bu so'zlarni yuz joyga yozgandir.
Nihoyat, u darsda qilgan xatosi uchun berilgan vazifani ko'chirib
bo'lgan o'quvchidek, charchadi.
— Endi yotib uxlash kerak.
Maydonning qoq o'rtasida qirol Jakomonning mardliklarini
ko'rsatuvchi haykallar bilan bezatilgan marmar ustunlar bor edi.
Albatta, bularning hammasi uydirma edi. Bu yerda Jakomonning
kambag'allarga o'z
boyliklarini qanday
berayotganligini,
dushmanlarni qanday tormor qilganini, o'ziga qaram kishilarni
yomg'irdan asrash uchun soyabonni qanday yaratganini ko'rish
mumkin edi.
Ustunning tepasida uch oyoqli mushukning, barcha xavf-
xatardan yashirib, cho'zilib uxlashiga yetarli joy bor edi. Cho'loq
mushuk haykallarga tirmashib tepaga chiqdi-da, ustunning ustiga
joylashib yotdi. Yiqilib tushmaslik uchun yashin qaytarg'ichga
dumini o'rab, ko'zini yumishi bilanoq uyquga ketdi.