IKKINCHI BOB
Yoqmay qolgach butun qishloqqa,
Jelsomino ketdi uzoqqa.
Jelsomino bir kuni ertalab bog'iga borib, noklar pishib
yotganini
ko'rdi.
Noklar
doim
shunday
qiladi:
sizga
bilintirmasdan, o'z holicha yetilaveradi, bir kuni ertalab
qarabsizki, ular pishib, uzadigan payti kelib qolgan bo'ladi.
"Attang, narvonni ola kelmabman, deb o'yladi Jelsomino. —
Uyga borib, tepa shoxdagi noklarni qoqish uchun xoda ham olib
kelaman".
Lekin shu topda uning miyasiga yana bir fikr keldi -to'g'risi,
qittak dangasaligi tutdi: "Ovozimni ishga solib ko'rsam nima
qiladi?"
Shunday qilib, u daraxtning, tagiga bordi-da, hazillashibmi,
chindanmi, qichqirdi:
— Qani, noklar, to'kiling!
"Do'pir-do'pir"
qila
ketdi
noklar,
yerga
yomg'irdek
to'kilarkan.
Jelsomino boshqa daraxtning tagiga borib ham shunday qildi.
Har safar u: "To'kiling!" deb qichqirganida noklar go'yo shu
Janni Rodari. Jelsomino yolg‘onchilar mamlakatida
Do'stlaringiz bilan baham: |