Birinchi bo‘lim. Asosiy prinsiplar


XXII bob. O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati


Download 195.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/28
Sana19.12.2022
Hajmi195.56 Kb.
#1032673
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Konistituciya ozbekshe

XXII bob. O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati
106-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan,
siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
107-modda.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va
Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent
shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo
ma’muriy sudlardan iboratdir.
(107-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-671-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son)
Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(107-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy
Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
108-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat
hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar
orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi o‘z tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini saylaydi.
(108-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-430-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R
QHT, 2017-y., 22-son, 406-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 195.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling