Birinchi bolim. Biznes-rejada Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi
Download 38 Kb.
|
kichik biznes va tadbirkorlik oraliq 5-mavzu 5-6 savol
1. Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qatiyan chegaralanmagan. Fikrimizcha, etti bolimdan iborat biznes-reja eng maqbuldir (5.1.1 -rasm). Birinchi bolim. Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi. Biznes-loyihani amalga oshirishdan avval shuni etiborga olish kerakki, olinadigan foyda omonat bankka qoyilgan shu miqtsordagi mablag keltiradigan foizdan kop bolishini taminlashi lozim. Biznes-reja tuzuvchilarning diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan tashqari, boshqa maqsad va vazifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, tadbirkorlik maqomini kotarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va boshqalar. Ikkinchi bolim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va korsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bolib, biznes-reja asosiy goya va mazmunining qisqacha korinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi. Umumlashtiruvchi bolimda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maq-sadning loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining qisqacha tavsifi va ularning ozaro farqi; qoyilgan maqsadlarga erishish yol va usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bogliq sarf-xarajatlar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani qollash sohasi. Umumlashgan natija korsatkichlari: umumiy yakunlovchi korsatkichlar (ishlab chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning korsatilishi; sotishdan tushgan mablag; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); maxsus korsatkichlar (sotilayotgan tovar va korsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning oziga xos xususiyati, istemolchilarnint talabi va didini qoniqtyrishi; qilingan xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajaliligi; rejalashtirilayotgan natijani olish kafolati). Uchinchi bolim. «Tadbirkorning istemolchiga tavdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulot korsatkichlari yoki uning tavsifi: tarifi, modeli, surati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar istemolchilari va u koniqtirmoqchi bolgan istemollar (xaridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar sotib oluvchi xudud, aholi guruhi, tashkilotlar hakdtsa malumot; tovarlarni malum vaqt doirasida istemol qilishi haqida malumot, tovarga nisbatan talabga tasir etuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish. Tortinchi bolim. «Bozor konyunkturasi, talab va sotuv hajmining tahlili» bolimida talabni organish va narxlarni bashorat qilishning davomi bolib, bu bolimda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishi vaqg mobaynida belgilab beriladi. Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, taxlili va baholanishi bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslansa, ikkinchi tomondan, bolajak xaridor yoki savdo tashkiloti bilan bolgan dastlabki bitamga tayanadi. Loyihalarning olchami va muddatiga karab, turli xil sharoitlar yuzaga keladi. Kichik va qisqa muddatli loyihalar amalga oshirilganda mahsulot istemolchilari doirasini aniqlash mumkin. Bu esa, oz navbatida, sotuv hajmi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bozorga tahliliy baho berish bilan birga, biznes-reja bozorni marketing va boshqa faoliyat turlari bilan jadallashtirish yollarini ham belgilab beripsh lozim. Ushbu bolimni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligi, raqobatchilar, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek narx siyosatini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan holda trvarning sotilish hajmi kiritiladi. Beshinchi bolim. «Harakat dasturi va tashkshshy chora-tadbirlar» bolib, bu bolimning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bogliq. Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni oz ichiga oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste`molchilar bilan aloqa boglash, ularning talabini hisob ga olish); b) mahsulotni ishlab chiqarish; v) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorligiga oid); g) tovarni sotish jarayoni va sotgandan keyin xaridorga xizmat korsatish. Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bolib, biznes-reja bajarilishining boshqaruv uslubi; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro etuvchi harakatlarni muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mexnat haqining maxsus shaklini ornatish, ragbatlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi. Oltinchi bolim. «Bitimning resursli taminoti». Bu bolimda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun zarur resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida malumotlar beriladi. Resursli taminot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiaplar, yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqalar); mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablaglari, kapital qoyilmalar, kreditlar, qimmatbaho qogozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-texnik axborot). Ettinchi bolim. «Bitimning samaradorligi». Bu bolim biznes-rejaning yakunlovchi qismi bolib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy korsatkichlari orasida foyda va rentabellik korsatkichlari ustuvor mavqega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qolga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu bolimda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini taxlil qilish maqsadga muvofiqdir. Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablaglarning qoyilishi haqidagi qarorni tayyorlashda bir necha umumiy korsatkichlar qollaniladi. Ular quyidagilardan iborat: sof joriy qiymat; rentabellik; samaradorlikning ichki koeffitsienti; kapital qoyilmalarning kaytarilish davri; pulning maksimal sarf-xarajati; zararsizlik meyorlari. Sof joriy qiymat bazida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi. 2.Yangi biznes korxonalarini tashkil qilish bir necha bosqichdan iborat. Ular tasis etilgan joyidagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan davlat royxatidan otadi. Davlat royxatidan otkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat royxatidan otkazilganligi togrisidagi kdrorlaridan kochirma, hokimiyat royxatidan otkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning royxatdan otkazilganligi togrisidagi davlat orderi topshiriladi. Korxona faoliyatini olib borishda biznes-reja muhim rol oynaydi. Biznes rejaning tuzilishi va mazmuni qatiyan chegaralanmagan. Fikrimizcha, etti bolimdan iborat biznes reja eng maqbul biznes rejadir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda foydalilik koeffitsenti usulidan foydalanish oddiyligi va qulayligi bilan ajralib turadigan usul bolib, u etarlicha asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Faoliyatining dastlabki bosqichlarida ishbilarmon qator muammolarga duch keladi. SHulardan biri oz xojalik yuritish makomiga ega bolishidir. SHu bilan birga ishbilarmon bozor holati, tapab va taklifni organishi lozim. Bundan tashqari, oldida qanday tosiq va chegaralar uchrashi, qanday imtiyozlar olishi mumkinligini bilishi zarur. SHu tariqa investitsiya kiritishning umumiy shartlari belgilanadi. Bunday malumotlar ochiq va ular matbuotda, statistik axborotlarda, qonunchilik xujjatlarida mavjuddir. Mutasadtsi shaxslardan ham bunday malumotlarni olish mumkin. Ishbilarmon xojalik yuritish yonalishini aniqlab olgach, oz korxonasining ixtisoslanishini belgilaydi. Buning uchun bolajak istemolchilarning imkoniyatini aniqlash, raqobatchilar haqida barcha malumotlarga ega bolishi lozim. Faoliyat shakli, yani individual yoki jamoa ishbilarmonligidan birini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Individual shakl tanlaganda ishbilarmon ixtiyoriy ravishda tavakkalga qol uradi. Ish muvaffaqiyatsiz tutaganda mulkdor korxona majburiyati uchun ozi javob beradi va oz mulki hisobqtsan zararni qoplaydi. Jamoa shakli tanlanganda ishbilarmon masuliyatni korxonaning boshqa ishtirokchilari bilan bolishadi. Ushbu shakl qollanganda tavakkal kamayadi, bundan tashqari, qoshimcha resurslarni jalb etish mumkin boladi. Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbilarmon ishlab chiqarish va omborxona, asbob-uskunalarni ijaraga olishi, xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tublash qismlarini sotib olishi, ishchi kuchini jalb etishi kerak. Korxona asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar, xomashyo va materiallar taminotchilari, vositachi firmalar bilan munosabat ornatadi. Kerakli ishchilarni mehnat birjalari, elonlar yordamida jalb etishi mumkin. Moliyaviy vositalarni jalb qilish muhim bosqichlardan hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki paytlarida ishbilarmonning ishni boshlashi uchun moddiy mablaglari etarlicha bolmaydi. Pul mablaglari kamchiligini aktsiyalarni chiqarish, yani korxona kapitali va daromadiga huquqni qisman boshqalarga berish, tijorat banklaridan qarzlar olish yoli bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona aktsiya yoki qarz majburiyatlarini sotib oluvchi yuridshs va jismoniy shaxslar, tijorat banklari bilan ozaro aloqa qila boshlaydi. Bank kreditlari qisqa muddatli, orta muddatli va uzoq muddatli bolishi mumkin. Bozor munosabatlariga otish jarayonida banklar tomonidan qisqa muddatli kredit berish shakli keng qollanilmoqda. Banklarning korxonalarga kredit berishi turli sugurta operatsiyalari bilan boglikdir. Inshoot, moddiy zaxiralar va korxonaga qarashli boshqa mulklar sugurta qilinishi mumkin. Bu hollarda korxonalar sugurta kompaniyalar bilan munosabat ornatadi. Aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qogozlarni sotib olish yoki ularni sotishda korxonalar jamgarma bozori, yani qimmatbaho qogozlar bozoriga murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar soni juda kop boladi. Ular ichida turli xil fond birjalari, kredit-moliya institutlari, investitsion jamgarmalar, individual investorlar etakchi o`rinni egallaydilar. Korxonaning boshqaruv organini tashkil etish, YAngi tashkil etilgan korxonaning asosiy muammolaridan biri faoliyatli organizmni bunyod etishdir. Uning doirasida ishchilar oz faoliyat maqsadlari va unga erishish yollarini aniq anglashlari lozim. Agar yangi tashkil etilgan korxona yaxshi ishlaydigan va yaxshi boshqariladigan ishlab chiqarishga aylanmasa, u tanazzulga duch kelib, jalb etilgan katta kapital ham, mahsulotning yuqori sifati ham, hatto unga talab ham yordam bermaydi. Nyu-York universiteti Biznes maktabining professori Piter Drukerning fikricha, yangi korxonadagi boshqaruv quyidagilarni talab qiladi: - bozorda diqqatni biror narsaga qaratishi; - naqd pullarni rejalashtirish va tartiblashtirish bilan bogliq jarayonlar rivojini oldindan kora bilishni; - oliy boshqaruv boganini unga muhtojlikdan oldin tuzishni. Agar mahsulot muayyan maqsadlarda uchun foydalanishga moljallab chiqarilgan bolsa, u bozorda oz ornini topadi. SHu bilan birga, kiritilayotgan yangiliklar yangi turdagi bozorlarni shakllantiradi. Masalan, kop yil mobaynida barcha ishlarda nusxa kochirish qollanilmas edi. «Kseroks» firmasi nusxa kochirish apparatini ixtiro qilib» bozorga chiqargandan keyin nafaqat AQSH, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham ushbu yangilik juda keng tarqalib ketdi. SHuni takidlash kerakki, «bozorni organish» atamasi dinamik jarayon tushunchasi bilan bogliqdir. P.Druker «YUnivem» kompaniyasi bilan bogliq bir misolni keltiradi. Taxminan 1950 yillarda bozorni ilmiy tahlil qilish asosida 2000 yilga kelib, kompyuterlar soni 1 mingga etadi, degan faraz qilingan. Lekin 1984 yilning ozidayoq 1 milliondan ortiq kompyuter sotilgan edi. Usha davrda otkazilgan tadqiqotlarda kompyuterlar faqat jiddiy ilmiy ish olib borish uchun qollaniladi, degan fikr ustuvor edi. SHu voqea «Kseroks» kompaniyasi bilan ham sodir boldi. CHunki otkazilgan tadqiqotlarda poligrafiya korxonalari nusxalash avtomatlariga muhtoj emas, degan fikr asosiy orin egallagan edi. Lekin hech kim bu asboblar idora, maktab, universitet, kollejlarga ham kerak boladi, deb oylamagan. Bundan shunday xulosa chikarish mumkinki, yangi korxona tashkil etilganda uning mahsuloti yoki xizmati rejalashtirilmagan bozorlarda yangi istemolchilarini topadi. Faqat ananaviy qotib qolgan ishbilarmonlik dunyoqarashni ozgartirish kerak, xolos. Agar malum maqsad uchun chiqarilayotgan mahsulotga yangi istemolchilar tomonidan qiziqish bildirilsa, kompaniya shu kiziqishga jidtsiy etibor berib, taxlil qilib chiqishi lozim. Agar bozordan uzilish yangi korxonalar uchun dastlabki vaqgda «kasallik» bolsa, moliyaviy omil, yani notogri moliyaviy siyosat olib borish bunday korxonalar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jidtsiy xavf tugdiradi. Muammo shundan iboratki, ishbilarmonlar yangi korxonalarni tashkil etganda, birinchi navbatda, katta daromad olishga intiladi. Lekin dastlabki vaqtda, asosiy etiborni ishlab chiqarish, rivojlanish, faoliyat, pul oqimini tartiblashtirish uchun moliyalashtirish manbaini topish lozim. YAngi korxona qoshimcha kapital bilan taminlangandagina rivojlanishi mumkin, yani ishbilarmonlik moliya boshqaruvisiz bolmaydi. Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling