Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Download 0.59 Mb.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 176-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati
- -modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning manzili, bank rekvizitlari o‘zgarganligi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish
1752-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1752-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1752-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Uncha ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor tushuniladi. (1752-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 28-bobi. Oldingi tahrirga qarang. 1753-modda. Soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo‘llanish tartibini buzish Soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo‘llanish tartibini buzish — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1753-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 78-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-sonli “O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘isida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomning 23-bandi. Oldingi tahrirga qarang. 1754-modda. Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1754-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. 1755-modda. Xodimlar sonini yashirish Xodimlar sonini yashirish — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1755-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1755-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. 1756-modda. Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzish Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzish — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1756-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 85-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 176-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, — Oldingi tahrirga qarang. huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (176-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, — Oldingi tahrirga qarang. huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (176-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, — Oldingi tahrirga qarang. huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (176-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi. (176-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4 va 5-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 8, 11 — 13-bandlari. (176-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Oldingi tahrirga qarang. 1761-modda. Shartnoma intizomini buzish Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1761-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 670-I-sonli “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sud Plenumining 2002-yil 4-martdagi 103-sonli “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunini xo‘jalik sudlari amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi. LexUZ sharhi Qarang: sud amaliyoti. Oldingi tahrirga qarang. 1762-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning manzili, bank rekvizitlari o‘zgarganligi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi yoki o‘zi qayta ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘n kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish— Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1762-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga 7-ilova Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) shart bo‘lgan o‘zgartirishlari va qo‘shimchalarining ro‘yxati. Oldingi tahrirga qarang. 1763-modda. Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1763-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari”ning 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisi. Oldingi tahrirga qarang. 1764-modda. Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarish, — Oldingi tahrirga qarang. transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1764-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan to‘liq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yo‘lovchilarni tashish, — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (1764-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomning 7-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisi. Oldingi tahrirga qarang. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling