Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
-modda. Tugaganidan so‘ng shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan muddat
Download 0.59 Mb.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 38-modda. Etkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash
- 39-modda. Bajarilmaganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani ijro etish
- 41-modda. Haqorat qilish
- 42-modda. Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
- 43-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
- 44-modda. Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish
- 45-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
- 46-modda. Fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish
- 47-modda. Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik
37-modda. Tugaganidan so‘ng shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan muddat Basharti ma’muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. 38-modda. Etkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan zararni qoplashi shart. Oldingi tahrirga qarang. Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona, muassasa, tashkilotga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy zarar belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan ko‘p bo‘lmasa, organ (mansabdor shaxs) jazo qo‘llanish paytida aybdor bu zararni qoplashi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishga haqlidir, ma’muriy sud esa — bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar hal qilaveradi. (38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash fuqarolik-huquqiy tartibida hal qilinadi. 39-modda. Bajarilmaganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani ijro etish Ma’muriy jazoni qo‘llanish ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni bajarilmaganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani bajarishdan ozod etmaydi. MAXSUS QISM V bob. FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK 40-modda. Tuhmat Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (40-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi 41-modda. Haqorat qilish Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (41-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Jinoyat kodeksining 40-moddasi. 42-modda. Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish Fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (42-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-sonli “Davlat tili haqida”gi Qonunning 24-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 43-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (43-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Jinoyat kodeksining 144-moddasi, 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni. 44-modda. Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish Fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (44-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 45-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish Turar joyga unda istiqomat qiluvchilarning xohish-irodasiga xilof ravishda noqonuniy tarzda kirish, mansabdor bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (45-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Jinoyat kodeksining 142-moddasi. 46-modda. Fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish Oldingi tahrirga qarang. Tibbiy yoki tijorat sirlarini, yozishma va boshqa xabarlar, notarial harakatlar, bank operatsiyalari va jamg‘armalar sirlarini, xuddi shuningdek fuqaroga, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ma’naviy yoxud moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor etish, basharti ushbu Kodeksning 461-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmasa, — (46-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda) Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (46-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunning 3, 5 — 7-moddalari, “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonun 3-moddasining ikkinchi, oltinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 21-iyundagi 01/26-26/40-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizom”, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning 180-bandi. Oldingi tahrirga qarang. 461-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (461-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: Jinoyat kodeksining 1411-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 462-modda. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, — Oldingi tahrirga qarang. fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (462-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 47-modda. Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (47-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasi uchinchi, to‘rtinchi qismlari. Oldingi tahrirga qarang. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (47-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son) Oldingi tahrirga qarang. Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (47-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. (47-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son) Oldingi tahrirga qarang. 471-modda. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar berish — Oldingi tahrirga qarang. mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (471-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksining 472, 48-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvardagi O‘RQ-364-sonli “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunning 48-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida nizom”ning 56-bandi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling